7-mavzu. Payvand birikmalar. Reja: Umumiy ma’lumot. Uchma-uch birikmalar


Download 1.12 Mb.
bet4/6
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#194612
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Payvand

Yonbosh chok
Bu yerda 0,7k≈ksin45° chokning bissektrisasi bo`ylab o`tuvchi kesimning balandligi.

Odatda,yonbosh choklarning uzunligi l≤50 k qilib olinadi. Bordi-yu, chokning bu shartdan olingan uzunligi qo`yilgan talabga javob bera olmasa, u holda detallarning o`rtasidan qo` shimcha chok o`tkazib, birikmaning mustahkamligini oshirish mumkin. Bu holda mustahkamlik sharti quyidagicha bo`ladi:

τ =P/2k(0,7lyon+l1)≤[τ'],

bu yerda k=s ekanligi nazarda tutilgan. Agar yonbosh choklar kuch ta`sir etayotgan yo`nalishiga nisbatan ikki tamonda har xil masofalarda joylashgan bo`lsa, u holda, har tomondagi chokning uzunligi shu chokdan detalning og’irlik markazigacha bo`lgan masofaga teskari proporsional tarzda olinadi. Masalan, har tomondagi chokdan detalning



markazigacha bo`lgan masofa e1 va e2 bo`lsin.U holda har tomondagi chokning uzunligi har xil bo`lib, ularning qiymatini e1/l2=e2/l1 munosabatdan aniqlash mumkin. Bu holda ikki tomondagi

chok bir xil ishlaydi. Shuning uchun mustahkamlik quyidagicha hisoblanadi:

τ= P/0,7k(l1+l2) ≤[τ'],

Agar yonbosh chokli birikmaga moment ta`sir qilsa, chokdagi kuchlanish quyidagicha bo`ladi:

τ=M/Wp,

bu yerda Wp-chokning yemiriladigan kesimining buralishiga bo`lgan qarshilik momenti; uning qiymati, kesimining shakliga qarab, materiallar qarshiligi kursida keltirilgan formulalar asosida topiladi. Amalda ko`proq uchraydigan choklar(luchunWp0,7k l b qilib olinadi.





Garchi ro`para chokda normal va urinma kuchlanishlar vujudga kelib, ularning ta`siri murakkab bo’lsa-da, ammo uni hisoblash yonbosh chokni hisoblashdagi kabidir. Agar birikmada ro`para chok bitta bo’lsa,

τ= P/0,7k l ≤[τ'],

ikkita bo’lsa (ustma-ust qo`yilgan listlar ham ustidan, ham ostidan

payvandlangan bo`lsa),

τ= P/2·0,7k l ≤[τ'],
bo’ladi. Zarur hollarda ustma-ust qo`yilgan listlarning bir-biriga tegib turgan qismlari har tomonidan payvandlanishi, ya`ni bir vaqtning o`zida yonbosh va ro`para chok ishlatilishi mumkin

Bunday hollarda, cho`zuvchi kuch ta`sir etayotgan bo’lsa, kuchlanish quyidagicha ifodalanadi:

τr= P/0,7k(2lyon+lp) ≤[τ'],

moment ta`sir etayotgan bo’lsa, kuchlanish

τm= M/0,7klyonlp+1/6·0,7kl ≤[τ'],
formuladan topiladi, bir vaqtning o`zida ham kuch, ham moment ta`­sir etayotganda esa kuchlanish quyidagicha bo`ladi:

τ= τm+ τp≤[τ'].

Detallarning bir-biriga tik qilib payvandlashda uchma- uch yoki burchakli chokdan foydalanish mumkin. Agar uchma-uch chokdan foydalanilsa, detalning payvandlanadigan qirrasiga qo`shimcha ishlov beriladi; burchakli chokdan foydalanilganda esa qirraga qo`shimcha ishlov berish shart emas. Shaklda keltirilgan birikma birinchi holda

σ=6M/s l²+P/sl≤ [σ']. (32)






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling