7-mavzu. Payvand birikmalar. Reja: Umumiy ma’lumot. Uchma-uch birikmalar
Download 1.12 Mb.
|
Payvand
Ustma-ust birikma
Og’ma chokli uchma – uch birikma Ulanishi lozim bo’lgan ikki detalning, masalan, ikki listning biri- ikkinchisi ustiga quyilib payvandlansa, ustma-ust birikma hosil bo’ladi. Bunday hollarda payvand chokning ko’ndalang kesimi uchburchak shaklida bo’ladi va burchakli yoki valiksimon deb ataladi. Burchakli chokning tomonlari hamma vaqt ham tekis bo’lavermaydi. Uning shakli normal, botiq yoki qavariq bo’lishi mumkin (15-shakl). Qavariq chok detalning ulangan joyidagi kesimini sezilarli darajada o’zgartiradi, bu esa, o’z navbatida, shu yerda kuchlanishlarning qo’shimcha to’planishiga sabab bo’ladi. Ana shu nuqtai nazardan olganda, choklarning botiq bo’lgani yaxshi. Ammo choklarni botiq qilish qo’shimcha mehnat talab etadi. Shuning uchun aksariyat choklar normal shaklda tayyorlanadi. Lekin o’zgaruvchan kuch ta`sir etadigan hollarda chokning botiq bo’lgani ma`qul. Chokning kateti (k) va balandligi (h) burchakli choklarni xarakterlovchi asosiy o’lchamlardir. Qalinligi 3 mm dan katta bo’lgan listlar uchun katetning eng kichik qiymati 3 mm bo’lishi mumkin. Ko’pincha, k s va h=k sin 450 0,7 k bo’ladi. Listlarni ustma-ust payvandlashda choklarni ta`sir etayotgan kuch yo’nalishiga tik qilib (16- shakl), parallel qilib (17- shakl) va ma`lum burchak hosil qilib (18- shakl) joylashtirish mumkin, birinchi holda payvand chok ro’para chok deb, ikkinchi holda - yonbosh chok, uchinchi holda esa qiyshiq chok deb ataladi. Tajribadan ma`lum bo’lishicha, burchakli choklarning qanday joylanishidan qat`iy nazar, ular uchburchak to’g’ri burchagining bissektrisasi orqali o’tgan (m - m) kesim (16- shakl) bo’ylab ta`sir etuvchi urinma kuchlanishdan yemiriladi. Odatda, chokda urinma kuchlanish dan tashqari, normal kuchlanish ham hosil bo’ladi. Lekin ning qiymati nisbatan kichik bo’lgani uchun chokni hisoblashda uning ta`siri e`tiborga olinmaydi. Chokka ta`sir etuvchi kuch va kuchlanish uning hamma nuqtalarida ham bir xil bo’lavermaydi - detallarning bikrligi va chokning uzunligiga bog’liq bo’ladi. Ammo hisoblashni soddalashtirish maqsadida kuch hamma nuqtalarga teng ta`sir etadi va kuchlanish chok kesimining hamma joyida bir xil bo’ladi deb qabul qilinadi (17 shakl). . Yonbosh chok (17- shakl) quyidagi formula yordamida hisoblanadi: (24) Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling