7-mavzu. Payvand birikmalar. Reja: Umumiy ma’lumot. Uchma-uch birikmalar
Download 1.12 Mb.
|
Payvand
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
7-mavzu. Payvand birikmalar. Reja: 1. Umumiy ma’lumot. 2. Uchma-uch birikmalar 3. Ustma-ust birikma 4. Kontaktlab payvandlash Ushbu mavzuni o’zlashtirishdan maqsad: Birikmalar haqida to’liq ma`lumotga ega bo’lish, birikmalarning mashinasozlikdagi va sanoatdagi rolini o’rganish, ishlatilish sohalarini va birikmalarga qo’yiladigan talablar bilan batafsil tanishish. Payvand birikmalarni o’rganish, payvandlash turlari bilan tanishish, payvand choklarni hisoblashga doir ma`lumotlarga ega bo’lish. Tayanch iboralar: Payvand birikma, payvandlash, birikma, ustma-ust payvandlash, uchma-uch payvandlash, elektr yoy yordamida payvandlash, kontaktlab payvandlash, yonbosh chok, detal, normal, botiq, qavariq, ro’para chok, qiyshiq chok, kuchlanish va boshqalar. Payvand birikmalar ajralmas birikmalarning asosiy turi bo’lib, ulardan mashinasozlikda va qurilishlarda keng ko’lamda foydalaniladi, chunki payzand birikmalarda ajralmas boshqa birikmalardagiga qaraganda birmuncha afzalliklar bor; chunonchi, payvand birikma kam mehnat talab qilishi bilan birga, metallni tejashga imkoniyat yaratadi; ma`lumki, parchin mixli birikmalar tayyorlashda parchin mix uchun teshik ochilishi kerak. Payvand birikmada esa teshikka ehtiyoj bo’lmaydi. Bundan tashqari, murrakkab shaklli yirik cho’yan quymalar o’rniga payvand birikma vositasida tayyorlangan yengil po’lat detallar ishlatish materialni 30-40% tejashga imkon beradi. Detallar oz ishlab chiqariladigan joylarda payvand birikmalar ayniqsa qo’l keladi. Chunki bunday detallar qo’yish yo’li bilan tayyorlanadigan bo’lsa qolip tayyorlashning o’zigayoq bir talay mablag’ sarf bo’ladi va ko’p vaqt ketadi. Payvand birikmalardan turli sohalarda foydalaniladi. Masalan, payvandlash yo’li bilan baland yerlarga va suv ostiga o’rnatilagan metal qismlar biriktiriladi, katta bosim ostida ishlaydigan truba va idishlar tayyorlanadi. Payvand birikmalardan gaz va neft` magistrallari o’tkazish kema korpuslari yasash va shu kabilarda foydalaniladi. Payvand birikmalarining kamchiliklari materialning termik deformasiyalanishi va hamma materiallarni ham payvandlab bo’lavermasligidir. Payvandlash usullarining turi ko’p, ulardan eng ko’p qo’llaniladigani elektr energiyasidan va gaz alangasidan foydalanib payvandlash usullaridir. Sanoat va qurilishda, asosan, elektr energiyasi yordamida payvandlash usulidan foydalaniladi, chunki bu usul boshqa usullarga qaraganda qulay va tejamli bo’lib, payvandlash ishlash ishlarini keng ko’lamda avtomatlashtirish mumkin. Muayyan bir joyda bajariladigan ishlarda (sanoat korxonalarida) butunlay avtomatlashtirilgan payvandlash usulidan foydalanish yuqori sifatli chok hosil qilishga va ish unumini 20 baravar oshirishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda Sovet Ittifoqida flyus qatlami ostida avtomatik va yarim avtomatik payvandlash moslamalari ishlamoqda. Elektr energiyasidan foydalanib payvandlash ikki turga: elektr yoyi yordamida va kontaktlab payvandlash turlariga bo’linadi. 1. Elektr yoyi yordamida payvandlash. Bu usulda ulanadigan joy elektr yoyi vositasida qizdiriladi va unga payvandlash metali suyuqlantirib tushiriladi. Payvandlash metali sifatida sirtiga bo’r bilan suyuq shisha aralashmasi qoplangan metall sterjen - elektroddan foydalaniladi. Bunda elektror tok manbaining bir qutbiga, payvandlanadigan metall esa ikkinchi qutbiga ulanadi. 2. Kontaklab payvandlash. Bu usul ulanadigan detallardan kuchi bir necha ming amper bo’lgan elektr toki o’tkazilganda ularning bir-biriga tegib turgan (kontaktda bo’lgan) joyida qarshilik yuqori bo’lganligidan ko’p miqdor issiqlik hosil bo’lishiga asoslangan. Bunda hosil bo’lgan issiqlik detallarning ulanadigan joylarini juda plastik holatga keltiradi yoki suyuqlantiradi. Bunda detallar bir-biriga ma`lum kuch bilan siqilsa, payvand chok hosil bo’ladi. Payvandlash vositasida detallarni uchma-uch, ustma-ust va burchak ostida ulash mumkin. Payvand choklar, shakliga qarab, uchma-uch va burchakli choklarga bo’linadi. Turli shakldagi detallarni bir-biriga ulashda yuqorida aytilgan choklarning bir turidan yoki detal` uchlarining joylashuviga qarab, bir yo’la ikkita turidan foydalanish mumkin. Bir tekislikda joylashgan detallarni ulash uchun, ko’pincha uchma-uch chokdan foydalaniladi Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling