7-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja
Download 463.88 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anaksagor hayoti
Demokrit hayoti: Demokrit miloddan avvalgi 460 yildan 370
yilgacha yashagan deb hisoblanadi. Binobarin u Platonning katta zamondoshi bо‘lgan. Demokrit Frakiyadagi Abderi koloniyasida tug‘ilgan. Ma’lumki, u Afinaga tashrif buyurgan va Sharq hamda Misrga bir necha uzoq muddatli sayohatlarga chiqqan. Ehtimol, u bilish va tadqiqotchilik maqsadlarida sayohat qilgan. U badavlat oilaning farzandi edi. Ammo boylikdan kechib, butun umrini kambag‘allikda о‘tkazdi. Bor umrini donishmandlikka bag‘ishladi. Demokrit shahar tashqarisida joylashgan yer ostidagi sag‘anada kechayu-kunduz tinmay ijod bilan mashg‘ul bо‘lgan. Demokrit keng bilimlarga ega bо‘lgan. U о‘z zamonidagi fanning kо‘pgina sohalarida samarali ish olib borgan. Uning bir necha asarlari nomini keltirish bilanoq qiziqishlarining keng doirasini kо‘rsatish mumkin bо‘ladi. Buyuk diakosmos, Vrachlik fani, О‘limdan keyingi narsalar haqida, Tabiatning tuzilishi haqida, Jahon tartiboti va tafakkur qoidalari haqida, She’riyat tо‘g‘risida, Dehqonchilik tо‘g‘risida, Matematika tо‘g‘risida, Tо‘g‘ri nutq va tushunarsiz sо‘zlar tо‘g‘risida, Yoqimli va yoqimsiz harflar tо‘g‘risida va hakozo. Demokrit asarlaridan 200 dan 300 gacha parcha saqlanib qolgan. Muayyan ma’noda bu kо‘pdir, lekin Demokritning ulkan ijodiy mahsuldor bо‘lganligini hisobga olsak, biz faqat uning asarlarining nisbatan kam qismiga egamiz. Shuning uchun bizning uning qarashlarini talqin etishimiz Demokrit haqidagi mavjud ikkilamchi axborotlardan foydalanadigan qayta ta’mirlashlardan iborat bо‘ladi. Anaksagor hayoti: Anaksagor taxminan miloddan avvalgi 498 yildan 428 yilgacha yashagan. U yoshlik yillarini Klazomena shahrida о‘tkazgan, balog‘at yoshida Afinada istiqomat qilgan va u yerda intelektuallar о‘rtasida kо‘zga kо‘ringan о‘rinni egallagan. Anaksagor Perikl (taxminan miloddan avvalgi 495-429 yillar) muhitiga mansub bо‘lgan, lekin о‘zining an’anaviy e’tiqodlarga zid bо‘lgan qarashlari sababli Afinani tashlab chiqib ketishga majbur bо‘lgan. Boshqa narsalardan tashqari, u quyosh xudo emas, balki katta yolqinlanib turgan tanadir deb ta’kidlagan. Anaksagor asarlarining 22 ta parchasi saqlanib qolgan. Yunon faylasufi Anaksagor tug‘ilganidan sо‘ng uning na kulgani va na tabassum qilganini kо‘rishgan. U faylasuf Anaksimendan tahsil olgan. Anaksagor falsafaga shu qadar shо‘ng‘ib ketganki, xо‘jalik ishlari qarovsiz qolib, butun yer mulki poda boqiladigan yaylovga aylangan. Anaksagor hur, noan’anaviy fikrlash tarzi tufayli ta’qiblarga duchor bо‘lgan. Bir qancha muddat turmada о‘tirgan. Anaksagorning faqat “Tabiat haqida” nomli asari bizgacha yetib kelgan. Download 463.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling