7-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja
Download 463.88 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу
Platon hayoti: Platon taxminan miloddan avvalgi 427 yilda Afinada
tug‘ilgan va 347 yilda shu yerda vafot etgan. Uning asl ismi Aristokl bо‘lgan. “Platon” uning laqabi bо‘lib, yunoncha “keng yelkali”, “bо‘lali” degan ma’noni anglatadi. Bu laqabni unga Suqrot bergan. Aflotunning oilasi badavlat bо‘lmasada, aslzodalar avlodidan edi. Otasi Ariston Afinaning oxirgi shohi Kodr avlodiga mansub bо‘lgan. Aflotun aslzoda Afinaliklarga xos bо‘lgan riyoziyot, musiqa, gramaatika va gimnastikadan ta’lim olgan. Geraklit, Parmenid, Zenon falsafasi bilan tanishgan. Miloddan avvalgi 407 yilda Suqrot bilan tanishgan. Suqrotning о‘limigacha uning eng yaqin shogirdlari qatorida bо‘lgan. Kо‘p vaqtini she’riyatga bag‘ishlagan. Manbalarga kо‘ra, u qator dostonlar, lirik asarlar, fojea va komediyalarning muallifi bо‘lgan. Uning 25 ga yaqin she’riy usulda bitilgan miniatyura- epigrammalari bizgacha yetib kelgan. Bundan tashqari uning 23 ta asl nusxadagi va 11ta uning qalamiga mansub deya taxmin qilinadigan suhbati, “Suqrot madhi” deb nomlangan nutqi, shuningdek, 13ta maktubi ma’lum. Aflotunning suhbatlari quyidagilardan iborat: “Protagor”, “Fedon”, “Parmenid”, “Teetet”, “Timey”, “Kritiy”, “Laxet”, “Davlat”,”Siyosatdon”, “Qonunlar”, “Fedr”, ”Fileb” va boshqalar. Aflotunning Atlantida tо‘g‘risidagi hikoyasi keyingi madaniyatlarning halovatini buzib, avlodlarning ichiga g‘ulg‘ula soldi. Uning yozishicha, 12 ming yil oldin Gibraltar yaqinida sirli qit’a mavjud bо‘lib, bir kecha-kunduz ichida dengiz qa’riga chо‘kib ketgan. Aflotun halokatning aniq о‘rnini kо‘rsatmagan, ammo faylasufning obrо‘yi shu qadar baland ediki, darhol g‘oyib bо‘lgan atlantlar mamlakatini izlashga kirishilgan. Uni hozir ham izlashmoqda. Platon Suqrotning sofistlar relyativizmini nazariy jihatdan inkor qilishga doir ishini davom ettirgan, u bunday oqimni ijtimoiy inqirozning namoyon bо‘lish shakllaridan biri deb qaragan edi. Platon ideal davlatning oqilona siyosatini qurish uchun nasos bо‘lishi mumkin bо‘lgan tamoyillarni ochib berish vazifasini о‘z oldiga maqsad qilib qо‘yadi. U siyosiy faoliyatda ishtirok etish о‘rniga siyosatning о‘zi nima va u qanday bо‘lishi kerak degan masalani tadqiq etishga kirishdi. Bunda Platon ushbu prinsipial masalalar xususida mushohada yuritar ekan, gerkcha polisni nazarda tutgan edi. Platon о‘zining siyosat haqidagi g‘oyalarini bir necha marta amalga oshirishga urinib kо‘rdi. Shunday bir urinish Sitsiliyaning Sirakuzi shahrida hukmronlik qilgan tiran Dionisiy 1 (taxminan miloddan avvalgi 430-367 yillar) hokimiyati qoshida, boshqasi – uning о‘g‘li Dionisiy II ning (miloddan avvalgi 367-344 yillar) hokimligi davrida amalga oshirilgan. Uning har ikkala urinishi ham tо‘la mag‘lubiyatga uchradi va Platon Afinaga sog‘-omon qaytib ketishga bazо‘r muvaffaq bо‘ldi. Platon Sirakuziga qilgan sayohatidan tashqari Janubiy Italiya bо‘ylab ham safar qildi va bu yerda pifagorchilar bilan tanishdi. Aftidan, bu uchrashuv unga jiddiy ta’sir kо‘rsatgan. Ularni quyidagi 1)matematika barcha narsalarning ichki mohiyatidir: 2)olam dualistik tusdadir, bu g‘oyalarning haqiqiy borlig‘i bilan g‘oyalarning soyasi sifatidagi hissiy borliqqa bо‘linishda aks etadi: 3)ruh abadiydir va bir jismdan boshqa jismga kо‘chib yuradi degan umumiy qarashlar birlashtirgan. Platon va pifagorchilarga, shuningdek, nazariy fan diniy mistitsizmga bо‘lgan qiziqish va asketik axloq birdek xos edi. Miloddan avvalgi 388 yilda Platon Afinadagi maktab Akademiyaga asos soldi. U о‘zi joylashgan joy – yarim xudo akademga bag‘ishlangan qayinzor nomi bilan atalgan edi. Akademiya 900 yildan ziyod amal qilib turdi va imperator Yustinian 1 ning (483-565) farmoniga kо‘ra 529 yilda yopildi. Bu Rim imperiyasining tanazzulga uchragan davrida dastlabki xristian monastrlarining ommalashishi bilan qariyib bir vaqtda yuz berdi. 1100-yillarda ilk universitetlar (Balonya, Parij) tashkil etilgan vaqtgacha ayni shu manastirlar jamoalari О‘rta asrlardagi Yevropa madaniy institutlarining asosiy tayanchi bо‘lgan edi. Shunday qilib, Platon akademiyasidan boshlab hozirgi universitetlar va “о‘qituvchilar hamda olimlar sifatidagi akademiklar” bir qismi bо‘lgan uzluksiz an’anaga asos solingan. Afinadagi Akademiyada nafaqat falsafa, shu bilan birga geometriya, astronomiya, geografiya, zoologiya va botanikadan ham ta’lim berilardi. Biroq siyosiy ta’lim markaziy о‘rinni egallagan edi. Ta’lim ma’ruzalar, munozaralar va birgalikdagi suhbatlarga asoslanardi. Har kuni gimnastika mashg‘ulotlari о‘tkazilar edi. Suqrotgacha bо‘lgan olimlar asarlarining faqat bir necha parchalarigina bizning davrimizgacha yetib kelgan. Platondan 30 ga yaqin kichik va katta dialoglar, shuningdek, bir qator xatlar saqlanib qolgan. Bundan tashqari, Platonga bag‘ishlangan ikkilamchi adabiyotlar ham mavjud. Platon ta’limotini qayta tiklashning qiyinligi saqlanib qolgan asarlarning kamligi bilan emas, balki dialoglar yozilgan uslub bilan bog‘liqdir. Ularda uzil-kesil xulosa va qoidalar yо‘q, Platonning о‘zi esa ularda juda kamdan-kam namoyon bо‘ladi. Bundan tashqari, Platonning umri mobaynida uning qarashlarining о‘zgarib borganligini ham hisobga olish kerak. Odatda Platon dialoglari ichidan uch guruhni ajratib kо‘rsatishadi: 1)ilk, “Suqrotcha” dialoglar: 2)Platonning yetuk doktirinasini aks ettiruvchi dialoglar (Davlat shunga kiradi) va 3)sо‘nggi davrdagi dialoglari, qonunlar shularga mansubdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling