7-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja
Download 463.88 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу
Ar-Roziy psixologik qarashlari
Ar-Roziy (864-925)ning tо‘liq ismi sharifi Abu Bakr Muhammad Ibn Zakariyo ar-Roziydir. U eronlik bо‘lib, Ray shahrida dunyoga keladi. Roziy yoshligidan arab va qadimgi yunon tillarini о‘rganadi, Ray va Bag‘dod shaharlarida о‘qiydi. U ayniqsa, tibbiyot, kimiyo, botanika, astronomiya, matematika, mantiq va falsafaga oid ilmlarni chuqur egallab, Sharqning buyuk ensiklopedist olimi, adib va mutafakkiri bо‘lib yetishadi. Roziy keyinchalik Ray va Bag‘dod shifoxonalarini boshqaradi. Bu paytda u О‘rta Osiyo, jumladan, Buxoro ilm ahllari bilan ilmiy aloqada ham bо‘ladi. Roziy о‘z davrining Galeni (Jolinusi) deb tanilib, Yevropada uning nomi lotincha Razes deb ataladi. U inson bilimlarining uch sohasiga: tibbiyotga, kimyoga va falsafaga juda katta hissa qо‘shadi. Roziy tabobatga, kimyoga, falsafaga, mantiqqa, etikaga, ilohiyotga, astronomiyaga, fizikaga oid 184 ta asar qoldiradi, shulardan bizgacha faqat 61 tasi yetib keladi (ulardan 36 tasi tibbiyotga, 4 tasi kimyoga oid). Roziyning falsafiy qarashlari Eron, Turon, arab, Hind, Xitoy falsafiy sistemalari hamda qadimgi yunon falsafiy ta’limotlari asosida shakllanadi. Uning dunyoqarashida materialistik tendensiyalar ustun о‘rin oladi. Roziyning ilmiy tadqiqotlari tajriba va eksperementlarga asoslangan о‘z davri dogmatik qarashlaridan holi, tabiatshunoslikning falsafiy muammolariga kо‘proq oiddir. Shu bilan birga, u о‘z davrida о‘zining original falsafiy qarashlari bilan zamondoshlaridan ancha ilgarilab ketib, qator ilg‘or falsafiy g‘oyalarni olg‘a suradi. Roziy о‘z dunyoqarashida hukmron mafkura-islom ortodoksal ta’limotini inkor qilibgina qolmay, balki Aristotel va uning izidan borgan о‘z о‘tmishdoshlari Al-Kindiy, Ravandiy va shu kabilarga nisbatan butunlay boshqacha yо‘l tutdi. Uning falsafiy ta’limoti bо‘yicha, real dunyo beshta azaliy boshlang‘ichning bir-biriga qо‘shilishidan tashkil topgan. Bu beshta azaliy boshlang‘ich: materiya (xayulo), makon, zamon, jon (an-nafas) va xudo (borib)dan iboratdir. Roziy bunda xudoni azaliy boshlang‘ich sabablardan faqat biri, deb biladi, u dunyoning vujudga kelishida boshqa azaliy boshlang‘ich sabablar qanday rol о‘ynasa, xudo ham shunday rol о‘ynadi, deb hisoblagan. Shu sababli u xudoni dunyoni yaratuvchi emas, balki boshqaruvchi kuch, deb tasavvur qiladi. Kо‘rinib turibdiki, Roziy xudoni butunlay inkor etuvchilar jumlasiga kirmaydi. U shu bilan birga, materiyaning abadiyligi, uning makon va zamonda cheksizligi, dunyo hech kim tomonidan yaratilmaganligi, harakat esa narsalarning ajralmas xususiyati, harakatning manbai narsalarning о‘z ichida, deb biladi. Ar-Roziy materiyani olamning asosiy negizi, deydi. U о‘zining materiya haqidagi ta’limotida Demokrit atomistik nazariyasiga asoslangan holda materiyani “bо‘linmas zarrachalar” (“ajzou loyata jazza”) dan iborat, deb tushunadi. Bu zarrachalarning bо‘shliq (xolo) zarrachalari bilan turlicha birikishi natijasida tо‘rtta unsur: suv, tuproq , havo va olov paydo bо‘ladi. Dunyodagi barcha predmetlar va hodisalar shu unsurlarning turlicha miqdorda о‘zaro qо‘shilishidan tashkil topadi, deydi u. Bular shuni kо‘rsatadiki, Roziy о‘zining dunyoning tuzilishi haqidagi ta’limotida ma’lum darajada qadimgi yunon faylasuflarining atomistik qarashlariga suyangan. Uning bu ta’limotiga kо‘ra atomlar massa va og‘irlikka ega bо‘lgan abadiy moddiy narsalar. Bu moddiy narsalardan moddiy dunyo tashkil topadi. Roziy bunda moddiy dunyoning, tabiatdagi jismlarning asoslari va tuzilishlari haqida gapirib, ular ikki narsadan: materiya va shakldan iborat, lekin materiya mohiyati jihatdan shakldan ustun turadi, deydi. U bunda о‘z davri falsafasida qabul qilingan terminlardan foydalanib, materiyani javhar (substansiya), shaklni esa oraz (aksidensiya), deb hisoblaydi. Roziy inson aql-idrokining qudratiga yuqori baho berib, insonni tabiatdagi predmet va hodisalarning mohiyatini bilishda benihoya qudratga ega, deb ta’kidlaydi. Uning falsafiy ta’limoti bо‘yicha, inson о‘zining aql va tafakkur qobiliyati bilan butun hayvonot dunyosidan farq qiladi. Inson dunyo hodisalarini bilishda о‘z sezgi va idrok kо‘rsatmalariga tayanishi va aqliy qobiliyatiga ishonishi lozim. Shundan kelib chiqqan holda, u har xil payg‘ambarlar va din mutaassiblari tomonidan qilingan va qilinadigan mо‘jizalarga, kо‘rsatiladigan karomatlarga ishonmaslikni aytadi. Roziy, inson- idrokining qudrati va kuchiga, uning bilish qobiliyatiga ishongan holda, kishilarni ilm-fan va ma’rifatni egallashga chaqiradi, u insonlarning baxtli hayotga erishishi ularning ilm-fanni egalashi orqali rо‘yobga chiqadi, deb tushuntiradi. Bizning uchun eng sharafli bо‘lgan narsa, deydi u, - faqat jismoniy lazzatlarga intilish emas, balki ilm va ma’rifat orttirish va haqiqatga erishishdir. Uning falsafiy ta’limoticha, inson hayotining mohiyati baxtli turmushga erishishdir. Shuning uchun har bir kishi baxtli hayot uchun kurashishi kerak. Bu kurash ikki yо‘ldan iborat. Birinchisi: hayotning hamma moddiy ne’matlaridan foydalangan holda, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish: ikkinchisi, eng oliy axloq iqtisodiy yetuklikka erishishdir. Bunga erishish insonning о‘ziga bog‘liq. Inson о‘z taqdirini, о‘z hayotini о‘zi yaratadi. Eng baxtli kishi insonlarga eng kо‘p foyda keltirgan kishidir. U о‘zining “Kitob tibbi ar-ruhoniy” risolasida insonlarning eng oliy axloqiy-iqtisodiy yetuklikka erishish yо‘llari haqida fikr yuritib, bu yо‘lda uchraydigan tо‘siqlar, kishidagi bо‘lidigan kamchiliklar va ularni yengib о‘tish yо‘llarini ham kо‘rsatib beradi. Uningcha, eng oliy ahloqiy-iqtisoiy yetuklikka erishgan odam, ya’ni haqiqatdan, eng mu’tabar faylasuflar intilgan hol qisqacha shundan iborat: kishilar bir-biriga nisbatan adolatli munosabatda bо‘lishi, bir-birini ochiq kо‘ngillik va xushmuomalalik, rahmdillik bilan qabul qilishi, yordam qilishi, kishilarga nisbatan yaxshi munosabatda bо‘lish, baxt va saodatga intilishidir. Download 463.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling