7-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja
Download 463.88 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arastu (Arastu) hayoti
Arastu hayoti va ijodi. Antik psixologiyaning eng yuqori chо‘qqisi
Arastuning ruh haqidagi mashhur ta’limoti hisoblanadi. Mashhur faylasuf Gegel aytganidek, “Biz psixologiyada ega bо‘lgan yaxshi narsalar-bu Arastudan olgan narsalarimizdir. Arastu “O dushe” ya’ni “Jon haqida” nomli traktida ruh muammosini sistemali о‘rganishga bag‘ishlangan о‘z g‘oyalarini yoritib beradi. Arastu 17 yoshida Platonga shogird bо‘lib tushgan. Ammo Platonning qarashlari yо‘lidan bormadi. Arastuga kо‘ra, ruh organik tananing shakli. Bu tanani Arastu quyidagi metafora bilan tushuntirdi, “Agar kо‘z alohida tirik mavjudot bо‘lsa, kо‘rish qobiliyati uning ruhi bо‘lar edi. Kо‘rish qobiliyatini yо‘qotgan kо‘z aslida kо‘z bо‘lmaydi, u faqatgina kо‘z degan nomni saqlab qoladi, xolos. Bunday nomni chizilgan yoki biror narsadan yasalgan kо‘zga ham berish mumkin. Tiriklik ruhsiz bо‘lmaydi ruh tanani tirik qiladi. Tananing barcha xususiyatlari о‘sish, nafas olish, fikrlash asosida ruh turadi. Boshqacha aytganda, tana va boshqa organlar ruh xizmatidagi quroldir. “Tana ruh uchun mavjuddir”, deb yozadi. Arastu ruhni tanadan ajratib bо‘lmaydi” degan qa’tiy xulosaga keldi. Arastu barcha ruhning xarakter va xususiyatlarni “entelexiya” degan maxsus tushunchaga birlashtiradi. Ruh harakat qilmaydi, tana harakat qiladi, lekin bunday tana ruhlidir. Shu tariqa Arastu Platonning tana va ruh ajralishi, ruhning qismlarga bо‘linishi haqidagi g‘oyasini о‘tkir tanqid qildi. Arastu (Arastu) hayoti: Qadimiy Yunon faylasufi Arastu Frakiyaning Stagira shahrida tug‘ilgan. Shu tufayli ba’zan Arastuni Stagirit deb ham atashadi. Arastuning otasi Nikomax Makedoniya hukmdori Amint II ning shaxsiy tabibi bо‘lgan. Arastu Makedoniyaning bо‘lg‘usi hukmdori Filipp bilan bolaligidanoq birga о‘ynab katta bо‘lgan. U 17 yoshidan 37 yoshigacha (367-347) yillar faylasuf Aflotunning Akademiyasida tahsil olgan. Miloddan avvalgi 343 yildan boshlab Arastu Iskandar Maqduniy (Aleksandr Makedonskiy)ga murabbiylik qila boshlaydi. Iskandar Maqduniy hukmdorlik taxtiga о‘tirgach, о‘z ustozi va dо‘stiga atab haykal barpo etadi. Bu haykalning poyida shunday yozuvlar bor edi: “Iskandar ushbu yodgorlikni Nikomaxning о‘g‘li, buyuk donishmand va avliyo Arastu xotirasiga о‘rnatdi” . Sharq asotirlarida yozilishicha, bir kuni Iskandar Zulqarnayndan sо‘radilar: - Ne sababdan ustozing Arastuni otang Sulton Faylaqus (Filipp)dan ham a’lo kо‘rasan? Shoh Iskandar shunday javob qaytaradi: - Otam mening jismimni tarbiyalab, osmondan yerga olib tushdi. Ustozim Arastu esa mening ruhimni tarbiya qilib, yerdan osmon qadar yuksaltirdi. Arastu peshonasiga sochini tushirib, kalta soqol qо‘yib yurgan. zamondoshlarining guvohlik berishicha, lablari chetidagi doimiy kinoyali tabassum natijasida paydo bо‘lgan ajinlar Arastu о‘zini faylasuf Aflotunninig shogirdi, deb bilishidan darak berardi. Arastu Yunon ilm fani qо‘lga kiritgan bilimlarni egallash borasida Aflotunni hatto shoh Iskandardan ham ustun qо‘ygan. Miloddan avvalgi 336 yilda Arastu Afina shahrida о‘zining xususiy maktabini ochdi. Bu ilmgoh kurash maktablari qatorida va Afinaning shimoliy darvozasidagi Likey maydonlariga tutash yerda joylashgandi. Arastuni hayajonga soluvchi muammolar favqulodda qiziqarli va teran edi. Masalan: inson eng avvalo о‘zining sevishi kerakmi yo boshqanimi, degan savol uni kо‘p о‘ylantirardi. О‘zini kо‘proq sevgan odamni xudbinlikda ayblaydilar. Boshqa tomondan olib qaralganda esa, inson avvalo о‘zining eng yaqin dо‘sti bо‘lgan kimsani kо‘proq qadrlashi va sevishi lozim, deyiladi. Vaholanki, har bir odamning о‘zidan о‘zga sadoqatli dо‘sti bormi dunyoda? Demak inson avvalo о‘zini hurmat qilishi va sevishi lozim, deb fikr yuritadi Arastu. Agar faylasuf Zenon Eleyskiy Arastuga zamondosh bо‘lganida shu sо‘zlari uchun unga ta’zim qilishi turgan gap edi. Arastu havas qilarli darajada о‘tkir zehn sohibi bо‘lgan. U 445270 satrdan iborat 28 ta kitob yozgan. Faylasufning “Metodika”, “Metafizika”, “Jon haqida”, “Poetika”, “Osmon haqida”, “Fizika”, “Ritorika”, “Sevgi haqida”, “Uyqu va bedorlik haqida” asarlari shu kitoblar sirasiga kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling