7-mavzu: Respublikada boshqarish tizimini takomillashtirish yo’llari Reja
Download 59.05 Kb.
|
7 мавзу.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
7a-Mavzu: Bank moliya tizimi
Reja: Davlat byudjeti: asosiy ko’rsatkichlar va miqdoriy baholash muammolari. Davlat byudjetining birlamchi taqchiligi va qarzning o’z-o’zini yaratish mexanizmi. O’zbekiston bank tizimidagi islohotlar. Tayanch so’z va iboralar: moliya tizimi, pul-kredit siyosati, moliya-kredit tizimi, davlat byudjeti, byudjet taqchilligi, ijtimoiy sug’urta jamg’armalari, sug’urta, markaziy bank, ihtisoslashtirilgan banklar, fond birjalari, valyuta birjalari. 1- savol bayoni: Davlat qarzi–avvalgi davlat byudjeti taqchilligiga teng bo’lgan davlatning qimmatli qog’oz egalari oldidagi davlat qarzlari, davlat ichki qarzlari-davlatning qimmatli qog’oz egalari bo’lmish fuqarolar firmalar, tashkilotlar odidagi qarzlaridir. Tashki qarzlar- davlatning chet el fukarolari, firmalari va tashkilotlari oldidagi qarzlari. Xususiy qarzlar- nodavlat sektorining xususiy qimmatli qog’oz egalari oldidagi qarzlarining umumiy hajmi. Davlat qarzlari va xususiy qarzlar- “Daromad-xarajat” aylanmasining tarkibiy elementidir. Daromadlar ortgan sayin, uy ho’jaliklari, firmalar, davlat va boshqalar tomonidan ishlatilishi lozim bo’lgan jamg’armalar ham ortib boradi. Qarzlarni tashkil qilish- xarajat qiluvchi shaxslarga jamg’armalarni berish mexanizmidir. Agar iste’molchilar va biznes qarz berishga layoqatli bo’lmasalar, xususiy qarzlar ortib borayotgan jamg’armalar hajmini absorbirovka qilish uchun etarli tezlikda o’smaydi va vazifa davlat qarzining oshishi hisobiga amalga oshiriladi. Aks holda iqtisodiyot resurslarining to’liq bandlik sharoitidan chiqib qoladi. Byudjet taqchilligi–davlat daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi farqdir.2 Byudjet taqchilligi va qarzni baholash quyidagi omillar ta’sirida murakkablashadi: Odatda davlat xarajatlari hajmini baholashda iqtisodiyotning davlat sektoridagi amortizatsiya hisobga olinmaydi, Bu esa byudjet taqchilligi va davlat qarzlarini ob’ektiv tarzda oshishiga olib keladi. Davlat xarajatlarining muxim moddalaridan biri qarzlar bo’yicha % larni to’plab asta-sekin asosiy qarzni o’chirish. Davlat xarajatalri davlat qarzining nominal foizlarini emas, balki real foizlarini o’z ichiga olishi shart. Byudjet taqchilligining ortishi, davlat xarajatlari qarz bo’yicha to’lanadigan inflyatsion foizlarning ko’payishi hisobiga o’sishidan yuzaga keladi. Ba’zan bir vaqtning o’zida davlat byudjetining nominal taqchilligi va qarzi o’sib, real defitsit va qarz esa pasayib borayotganini ham kuzatish mumkin. Bu xil vaziyat davlatning byudjet soliq siyosati samaradorligini baholashda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham byudjet defitsitini baholashda inflyatsiya ham hisobga olinishi lozim. Odatda, davlat byudjeti defitsitlarini makroko’lamda baholashda, orttirmalariga ega bo’lishi mumkin bo’lgan mahalliy byudjetlar hisobga olinmaydi. Ko’p hollarda mahalliy hokimiyat organlari federal byudjet hisobiga undiriluvchi soliqlarni pasaytirish maqsadida ataylab mahalliy byudjetlarga tegishli ma’lumotlarni bo’zib ko’rsatadilar. Bu xil qonuniyat fiskal detsentralizayiyalash kuzatilgan barcha o’tish davridagi iqtisodiyotlar uchun hos. Natijada esa federal byudjet taqchilligini baholashda oshirib ko’rsatilishi kuzatiladi. Industrial va o’tish davridagi iqtisodiyotda baholanayotgan (rasmiy) davlat byujeti taqchilligidan tashqari uning Markaziy bank hamda davlat tashkilotlari va tijorat banklarining kvazi-fiskal faoliyatiga asoslangan yashirin defitseti ham mavjud. Kvazi fiskal operatsiyalari qatoriga quyidagilar kiradi: A) To’liq banlikning davlat tashkilotlari tomonidan moliyalashtirilishi va bank ssudalari yoki o’zaro qarzlarni to’plash hisobiga ish haqining bozor stavkalarida yuqori ravishda to’plash; B) Iqtisodiy isloxatlarning boshlang’ich davrida Markaziy bankda ajralib chiqqan notijorat banklari jamg’armalari, ya’ni hozirda ishlamayotgan ssudalar (uy ho’jaliklari, firmalar va hokazolarga ajratilgan kreditlar). Bu kreditlar asosan Markaziy bankning imtiyozli kreditlari hisobiga to’lanadi, bunda “yomon qarzlarning” o’tish davridagi iqtisodiyoti uchun ahamiyati kattadir. V) Markaziy bank tomonidan valyuta almashinuvi kursini barqarorlashtirishdan yuzaga kelgan chiqimlarini, davlatga foizsiz imtiyozli kreditlar ( bug’doy, gurunch, kofe va boshqalar xarid uchun) bo’yicha xarajatlarning moliyalashtirishi; Yashirin byudjet taqchilligi haqiqiy byudjet taqchilligi va davlat qarzining hajmini kamaytirib ko’rsatadi, kupincha ataylab ( masalan, saylovdan oldin) hamda davlatning har bir yil uchun muvozanatlashtirilgan byudjetning “qattiqqo’l” kursi qoliblaridan kelib chiqqan holda. Demak byudjet taqchilligi va davlat qarzining mutlaq o’lchamlari uzoq muddatga ishonchli makroiqtisodiy ko’rsatkich bo’la olmaydi, ustiga-ustak YaMM bilan bir qatorda qarzlarning ham o’sishi hisobga olinsa... Byudjet taqchilligini turg’unlikka va davlat qarzi oshishiga olib keluvchi assosiy sabablar quyidagilar: A) harbiy yoki boshqa ijtimoiy kelishmovchiliklar sharoitida davlat xarajatlarining oshishi. Byudjet taqchilligini uzoq muddat davomida moliyalashtirish, pul massasining ortib ketishi holatini chetlab o’tgan holda, inflyatsion bosimning yumshatish imkonini beradi; B) iqtisodiyotning davriy pasayishlari va o’rnatilgan stabilizatorlar; V) iqtisodiyotni stimullashtirish maqsadida soliqlarning qisqartirilishi. Download 59.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling