Davlat boshqaruv tizimi takomillashtirildi.
Davlat organlari faoliyatining oshkoraligi va shaffofligi, davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi oshirildi;
Aholi va tadbirkorlarga xizmat ko’rsatuvchi Davlat xizmatlari
markazlari tashkil etildi, 254 turdagi davlat xizmatlaridan my.gov.uz portali orqali foydalanish imkoniyati yaratildi;
Fuqarolar tomonidan davlat organlari oldiga masala qo’yish imkoniyatlari kengaytirildi;
Xiva, Shahrisabz, Nurafshon, Yangiyo’l, Ohangaron, G’azg’on shaharlari va Taxiatosh, Toshkent, Bandixon, Bo’zatov, Davlatobod, Yangihayot, Tuproqqal’a tumanlari tashkil qilindi.
Jamoatchilik boshqaruvi tizimi takomillashtirildi.
Ommaviy axborot vositalariga erkinlik berildi;
Fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy va siyosiy faolligi oshirildi;
Davlat organlarining veb-saytlariga ular tomonidan amalga oshirilayotgan byudjet xarajatlari haqida to’liq ma’lumotlarni
joylashtirish majburiyligi belgilandi;
Ommaviy axborot vositalariga erkinlik berildi;
Hokimlarning barcha qarorlari va farmoyishlari “E-qaror” elektron tizimida (e-qaror.gov.uz) doimiy ravishda e’lon qilib borilishi va ularni har bir fuqaro tomonidan ko’zatib borish imkoni paydo bo’ldi.
Parlamentning davlat va jamiyat boshqaruvidagi roli oshirildi.
Hukumatni shakllantirishda Qonunchilik palatasining vakolatlari kengaytirildi, jumladan, Bosh vazir o’rinbosarlari, vazirlar va davlat qo’mitalari raislari nomzodini Bosh vazir taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullash va Prezident tomonidan tasdiqlash tartibi, viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlarini lavozimga tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlash tartibi joriy etildi;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Hukumat soati”ni o’tkazib
borish amaliyoti yo’lga qo’yildi. 2018-2021 yillar mobaynida 30 marotaba “Hukumat soati” o’tkazildi;
Do'stlaringiz bilan baham: |