Ayiruvchi inkor mulohazani inkor qilish.
Hunar o‘rganmagan yoki ilm olmagan insonlar hayotda o‘z o‘rnini topmaydi.
Hunar o‘rgangan, ilm olgan insonlar hayotda o‘z o‘rnini topadi.
ù (ù p Ú ù q) ≡ p Ù q
Birlashtiruvchi mulohazani inkor qilish.
Halol va vijdonli odamlar axloqli bo‘ladilar. Halol bo‘lmagan yoki vijdonli bo‘lmagan odamlar axloqsiz bo‘ladilar.
p Ù q ≡ ù p Ú ù q
Birlashtiruvchi inkor mulohazani inkor qilish.
A’lochi va jamoatchi bo‘lmagan talabalar tanlovda ishtirok etmaydilar. A’lochi yoki jamoatchi bo‘lgan talabalar tanlovda ishtirok etadilar.
ù (ù p Ùù q) ≡ p Ú q
Agar murakkab mulohaza tarkibida shartli mulohaza bo‘lsa, formula unga aynan teng bo‘lgan, implikatsiyasi bo‘lmagan boshqa formulaga almashtiriladi. Masalan, Agar bo‘sh vaqtim bo‘lsa, unda televizor ko‘raman. Bo‘sh vaqtim bo‘ldi, lekin televizor ko‘rmadim.
2.Analitik va sintetik mulohazalar
Analitik va sintetik mulohaza – predikatning subyekt mazmunida qay darajada aks etishiga ko‘ra farq qiluvchi mulohazalar bo‘lib, ularni birinchi marotaba nemis faylasufi I.Kant (1724-1804y.) aniq ajratib bergan.
Analitik mulohaza deb, chinligi tarkibiy qismlarini mantiqiy-semantik tahlil qilish yo‘li bilan voqelikka murojaat qilinmagan holda aniqlanuvchi mulohazaga aytiladi. Masalan, “Har bir bo‘ydoq uylanmagandir” mulohazasi analitik bo‘lib, “uylanmaganlik” belgisi “bo‘ydoq” tushunchasining mazmunida fikrlanadi. Analitik mulohazaning predikati subyektning mazmuniga kirgan bo‘ladi. Sintetik mulohaza deb, chinligi unda aks etgan voqelik bilan solishtirish orqali aniqlanuvchi mulohazaga aytiladi. Masalan, “Tilladan zargarlik buyumlari yasaladi” mulohazasi sintetik bo‘lib, unda predikat subyektning mazmuniga yangi belgilarni qo‘shadi. Analitik va sintetik mulohazalar o‘rtasidagi tafovut qat’iy va aniq emas, chunki bilish jarayonining taraqqiy etishi tushunchalar mazmunining o‘zgarishiga, ularga yangi belgilarning qo‘shilishiga olib keladi, natijada, ba’zi sintetik mulohazalar analitik mulohazalarga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |