7-mavzu. Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa


Aksiologik modal mulohazalarda


Download 197.23 Kb.
bet21/49
Sana05.11.2023
Hajmi197.23 Kb.
#1750031
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
Bog'liq
7.мавзу мантиқ

Aksiologik modal mulohazalarda obyekt muayyan qadriyatlar tizimi nuqtai nazaridan tavsiflanadi. Alohida obyektning aksiologik mavqei, baholovchi mulohazalarda, odatda, “yaxshi”, “yomon”, “baribir (farqi yo‘q)” kabi mutlaq (absolyut) baholovchi tushunchalar yoki “yaxshiroq”, “yomonroq”, “bir xil” kabi qiyosiy baholovchi tushunchalar orqali ifodalanadi. Mas. “Uning shaxmat o‘ynashni bilgani yaxshi bo‘ldi”, “Nozima ingliz tilini rus tiliga nisbatan yaxshiroq biladi.” Ba’zan “yaxshi”, “yomon” so‘zlari o‘rniga “ijobiy”, “salbiy” yoki “ezgulikdir”, “yovuzlikdir” so‘zlari, “yaxshiroq” so‘zi o‘rniga esa “afzalroq, ma’qulroq” so‘zlari ishlatiladi. Baholovchi mulohazalarning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu tushunchalar baholash mantig‘ida o‘rganiladi.
Vaqt modalligini ifodalovchi mulohazalarda “kecha”, “bugun”, “ertaga”, “avval”, “keyin” kabi vaqtni ifodalovchi modal operatorlar ishtirok etadi. Bunday mulohazalar vaqt mantig‘ida o‘rganiladi.Vaqt mantig‘i zamonaviy modal mantiqning bo‘limlaridan biri bo‘lib, mulohazalardagi vaqt parametrining mantiqiy bog‘liqligini o‘rganadi. Vaqt mantig‘ini o‘rganish XX asrning 50-yillarida ingliz mantiqshunos olimi A.N.Prayorning ishlaridan boshlandi. Vaqt mantig‘ining vazifasi vaqtda mavjud bo‘lgan predmet va hodisalar haqidagi mulohazalarning yanada aniq, to‘liq va to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlovchi formallashgan tilni yaratishdan iborat. Vaqt mantig‘i ko‘plab mantiqiy sistemalarni o‘z ichiga oladi. Ular A-vaqt modalligi va V-vaqt modalligiga bo‘linadi.
A – vaqt modalligida “bo‘ladi”, “bo‘lgan”, “har doim bo‘ladi”, “har doim bo‘lgan” va b. mulohazalar ko‘rib chiqiladi. “Bo‘ladi” (“bo‘lgan”) va “har doim bo‘ladi” (“har doim bo‘lgan”) tushunchalar o‘zaro aniqlanadi. “A bo‘ladi” (A bo‘lgan) tushunchasi “har doim A bo‘lmasligi noto‘g‘ri” (har doim A emas bo‘lganligi noto‘g‘ri). Masalan, “Sovuq bo‘ladi” mulohazasi “har doim issiq bo‘lishi noto‘g‘ri” ekanligini bildiradi. Quyidagi mulohazalar A-vaqt modalligi qonunlarini ifodalaydi:
– har doim bo‘ladigan narsa bo‘ladi; har doim bo‘lgan narsa bo‘lgandir (“To‘rt fasl doimo almashib turgan va shunday bo‘ladi”);
– ziddiyatli hodisaning bo‘lishi yoki bo‘lganligi noto‘g‘ridir (“Ham yorug‘, ham yorug‘ emas bo‘lganligi noto‘g‘ri”);
– agar nimadir bo‘ladigan bo‘lsa, u bo‘ladi. (“Agar yaxshilikka yaxshilik qaytadigan bo‘lsa, unda yaxshilik bo‘ladi”);
– agar har doim bo‘lganligi noto‘g‘ri bo‘lsa, nimadir har doim bo‘lmaydigan bo‘lsa, unda u hozir bo‘lmoqda (“Har kuni momaqaldiroq bo‘lishi yoki bo‘lmasligi noto‘g‘ri, u hozir bo‘lmoqda”);
– nimadir bo‘lgan bo‘lsa, bo‘ladi (agar va faqat agar u hozir bor bo‘lsa, yoki endi bo‘lsa yoki bo‘lgan bo‘lsa) (“Avval zilzila bo‘lgani uchun, zilzila bo‘lishi mumkin”);
– doimo nimadir bo‘ladigan bo‘lsa, har doim bo‘lgan, faqat agar u bor bo‘lsa, doim bo‘lgan va bo‘ladigan bo‘lsa. (“Inson doimo orzu qilgan va har doim orzu qiladi”);
Fin faylasufi va mantiqshunosi G.X.fon Vrigt (1916-2003y.) A-vaqt mantig‘ini “...va undan so‘ng”, “...va keyingi holatda” ifodalarini qo‘llash orqali shakllantiradi. “A va undan so‘ng V” ifodasini “Hozir A, so‘ngra V bo‘ladi” deb, shuningdek, “A o‘zgarib V ga o‘tadi” deb tushunish mumkin. Vaqt modalligining terminlarida “zaruriylik” va “imkoniylik” modal tushunchalarini aniqlash mumkin:
– doimo bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan narsa zaruriydir:
– nimadir bo‘lgan bo‘lsa, yoki bo‘layotgan bo‘lsa yoki endi bo‘lsa, uning bo‘lishi imkoniydir.
V-vaqt mantig‘ida “avval”, “keyin”, “bir vaqtda” iboralari qo‘llaniladi.
“Avval” va “keyin” iboralari bir-birini aniqlaydi: “A V dan avval” degani “V A dan keyin” ekanligini bildiradi. Bir vaqtda bo‘ladigan hodisalarning hech biri boshqasidan avval kelmaydi. V-vaqt mantig‘ida quyidagi holatlar qonun hisoblanadi:
– hech bir narsa o‘z-o‘zidan avval emas;
– agar birinchisi ikkinchisidan avval bo‘lsa, ikkinchisining birinchisidan avvalligi noto‘g‘ri;
– agar birinchisi ikkinchisidan avval bo‘lsa, ikkinchisi uchinchisi bilan bir vaqtda bo‘lsa, unda birinchisi uchinchisidan avvaldir.
“Avval” tushunchasini “bo‘lgan”, “bo‘layapti”, “bo‘ladi” tushunchalari orqali aniqlab bo‘lmaydi, chunki biri-ikkinchisidan avval bo‘lgan yoki bo‘ladigan hodisalar ikkita bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida, “hozir”ni ifodalovchi vaqt tushunchalari “avval”ni bildirmaydi. Shunday qilib, A-vaqt modalligi va V vaqt modalligi bir-biridan mustaqil bo‘lgan, birini ikkinchisiga keltirib bo‘lmaydigan alohida tarmoqlardir. Vaqtni ifodalovchi “o‘tmish-hozir-kelajak” va “avval – bir vaqtda - keyin” tushunchalarini bir-biriga keltirib bo‘lmaydi. Ular bir xil buyum va hodisalarni tasvirlashning bir-birini to‘ldiruvchi ikki usuli, olamga bo‘lgan ikki xil nuqtai nazardir.
Me’yoriy mulohazalar, ya’ni normativ mulohazalar buyruq, qonun, qoidani ifoda etadi. Norma, ya’ni me’yoriy qonun huquqshunoslik, etika kabi fanlarning ham o‘rganish obyektidir. Me’yoriy qonun amaliy faoliyatning normalar sistemasi nuqtai nazaridan xarakteristikasi bo‘lib, inson faoliyatining normativ mavqei “majbur”, “mumkin”, “befarq”, “taqiqlangan” kabi modal tushunchalarni o‘z ichiga olgan mulohazalarda ifodalanadi. Mas., “Keksalarga g‘amho‘rlik qilish shart”. “Jamoat joylarida chekish taqiqlanadi”. Me’yoriy qonun modal mantiqning yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan normalar mantig‘i yoki deontik mantiqda o‘rganiladi.

Download 197.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling