7-Mavzu: Tarbiyaviy faoliyatda pedagogik texnika. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi. Nutq texnikasi va madaniyati Reja


Download 0.59 Mb.
bet1/5
Sana21.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1369630
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Pedagogik texnika haqida tushuncha.


7-Mavzu:
Tarbiyaviy faoliyatda pedagogik texnika.Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi. Nutq texnikasi va madaniyati
Reja:
  • Tarbiyaviy faoliyatda pedagogik texnika mazmuni
  • Tarbiyaviy faoliyatda pedagogik texnika imkoniyatlaridan foydalanish
  • Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.
  • Tarbiyachining pedagogik texnikasini shakllantirish yo’llari.

Adabiyotlar:
  • Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
  • Азизхўжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 2006.
  • Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Дарслик. Н.Т.Омонов, Н.Х.Хожаев, С.А.Мадиярова, Е.И.Эшкулов. Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009.
  • Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2011.
  • Hikmatnoma. //To‘plovchi N.Eshonqulov. Toshkent: Cho‘lpon, 1992.

Blits-so’rov savollari
  • Nutq nima?
  • Nutqning qanday shakllarini bilasiz?
  • Nutq madaniyati deganda nima tushuniladi?
  • Mimika nima?
  • Pantomimika deganda nima tushuniladi?
  • Nafas olish qoidalariga rioya qilish rahbarga nima uchun zarur?

Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo‘lib o‘rganiladi. Birinchi guruh komponentlari rahbarning yoki boshqaruvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog‘liq bo‘lib, faoliyat jarayonida o‘z–o‘zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) namoyon bo‘ladi:
  • faoliyat jarayonida o‘z xatti-harakatlarini boshqarishi, (mi­mi­­ka, pantomimika);
  • faoliyat jarayonida o‘z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay oli­shi va turli nojo‘ya ta’sirlarga berilmaslik;
  • mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuv­chan­lik, xayol) egaligi;
  • nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish, nutq tempi) bili­shi va o‘z o‘rnida qo‘llay olishi.

Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari rahbar yoki boshqaruvchining shaxs va jamoaga ta’sir ko‘rsatish malakalari bilan bog‘liq bo‘lib, bu guruh jarayonning texnologik tomonini qamrab oladi:
  • rahbarningning didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommu­nika­tiv qobiliyatlari;
  • ma’lum bir reja asosida o‘z oldiga qo‘yilgan talablarning baja­rilishini nazorat qilishi;
  • ta’lim muassasasida va boshqa jamoasida ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi;
  • xodimlar bilan muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara olishi.

Tarbiyachining tashqi ko‘rinishida, pedagogik texnikasi tizimidagi mimik, pantomimik holatlar muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachining hatti-harakatini bevosita namoyish etuvchi mimik va pantomimik ifodasi, rahbarning imo-ishorasida, ma’noli qarashlarida, rag‘bat­lantiruvchi yoki istehzoli tabassumida namoyon bo‘ladi va ular rahbar-xodimning ta’sir ko‘rsatishida, mashg‘ulotlarni samarali va mazmunli o‘tishida puxta zamin tayyorlab beradi.
Pantomimika - bu gavda, qo‘l va oyoqlarning harakatidir. U asosiy firkni ajratib ko‘rsatishga imkon beradi.
Rahbar o‘z gavdasi, qo‘li, oyoq harakatlarining holati orqali har qanday ma’­lu­motlarning obrazini “chiza” olsa, xodimlar bundan zavq­lana­dilar, ular ichki his-tuyg‘ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo‘shilib butun ongini topshiriq mazmunini o‘zlashtirishga qaratadilar.
Mimika - yuz muskullari orqali o‘z sezgisi, fikri, kayfiyatini ifodalashdir. Rahbarning yuz ifodasi va qarashi ba’zan o‘quvchilarga so‘zdan ham qattiqroq ta’sir ko‘rsatadi. Mimika axborotning xususiy ahamiyatini oshiradi, uni puxtaroq o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Rahbarlar qo’l ostidagilarning kayfiyati va munosabatini uning yuzidan uqib oladilar.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling