7-Mavzu: Tarbiyaviy faoliyatda pedagogik texnika. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi. Nutq texnikasi va madaniyati Reja
Download 0.59 Mb.
|
Pedagogik texnika haqida tushuncha.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- Blits-so’rov savollari
- Pantomimika
7-Mavzu: Tarbiyaviy faoliyatda pedagogik texnika.Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi. Nutq texnikasi va madaniyati Reja:
Adabiyotlar:
Blits-so’rov savollari
Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo‘lib o‘rganiladi. Birinchi guruh komponentlari rahbarning yoki boshqaruvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog‘liq bo‘lib, faoliyat jarayonida o‘z–o‘zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) namoyon bo‘ladi:
Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari rahbar yoki boshqaruvchining shaxs va jamoaga ta’sir ko‘rsatish malakalari bilan bog‘liq bo‘lib, bu guruh jarayonning texnologik tomonini qamrab oladi:
Tarbiyachining tashqi ko‘rinishida, pedagogik texnikasi tizimidagi mimik, pantomimik holatlar muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachining hatti-harakatini bevosita namoyish etuvchi mimik va pantomimik ifodasi, rahbarning imo-ishorasida, ma’noli qarashlarida, rag‘batlantiruvchi yoki istehzoli tabassumida namoyon bo‘ladi va ular rahbar-xodimning ta’sir ko‘rsatishida, mashg‘ulotlarni samarali va mazmunli o‘tishida puxta zamin tayyorlab beradi. Pantomimika - bu gavda, qo‘l va oyoqlarning harakatidir. U asosiy firkni ajratib ko‘rsatishga imkon beradi. Rahbar o‘z gavdasi, qo‘li, oyoq harakatlarining holati orqali har qanday ma’lumotlarning obrazini “chiza” olsa, xodimlar bundan zavqlanadilar, ular ichki his-tuyg‘ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo‘shilib butun ongini topshiriq mazmunini o‘zlashtirishga qaratadilar. Mimika - yuz muskullari orqali o‘z sezgisi, fikri, kayfiyatini ifodalashdir. Rahbarning yuz ifodasi va qarashi ba’zan o‘quvchilarga so‘zdan ham qattiqroq ta’sir ko‘rsatadi. Mimika axborotning xususiy ahamiyatini oshiradi, uni puxtaroq o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Rahbarlar qo’l ostidagilarning kayfiyati va munosabatini uning yuzidan uqib oladilar. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling