7-Mavzu: Tarmoqda ma’lumotlar havfsizligining uskunaviy va dasturiy ta’minoti Reja


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana17.12.2022
Hajmi0.73 Mb.
#1026733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-Mavzu

Ikkinchi bosqich - (1949-1976) amaliyotchi matematik K. Shennonning 
―Mahfiy tizimlarda bog‗lanish nazariyasi‖ nomli ilmiy ishining chop etilishi bilan 
boshlanadi. Bu davrda EHM lardan foydalangan holda kriptologik izlanishlar keng 
miqyosda olib borildi. Kriptologiya matematik fanga aylandi. Ammo, bu fan 
mevalaridan faqat diplomatik va harbiy tashkilotlarning aloqa xizmati 
foydalangani uchun, kriptologiya "yopiq" (mahfiy) fan bo‗lib qoldi. 
Uchinchi bosqich - (1976 yildan hozirgi davrgacha) kriptologiya ochiq fanga 
aylandi. Bu jarayon amerikalik matematik U. Diffi, M. Xellmanlarning 
"Kriptografiyadagi yangi yo‗nalishlar" ilmiy ishining chop etilishidan boshlandi. 
Bu ishda ―mahfiy‖ ma‘lumotlarni ―yopiq kalitlarsiz‖, ya‘ni ochiq usulda uzatish 
mumkinligi (K. Shennon ishlaridan aynan shu jihati bilan farqlanadi) ko‗rsatildi. 
Bu bosqichda kriptografik usullar amaliyotda ommaviy ravishda qo‗llana 
boshlandi. Bu holatni bank ishida, kompyuter tarmoqlarida (masalan, Internet da) 
va boshqa bir qator sohalarda kuzatish mumkin bo‗ldi. Masalan, AQSH da bir 
yilda kriptologiyaga 15 mlrd. dollargacha mablag‗ sarf qilinadi. 
Kriptologiya informatikaning fanining rivojlanishiga ham katta ta‘sir ko‗rsata 
boshladi. Zamonaviy kriptologiya matematikaning ehtimollar nazariyasi, 
matematik 
statistika, 
algebra, 
sonlar 
nazariyasi, algoritmlar 
nazariyasi, 
hisoblashlarning murakkabligi kabi sohalari bilan chambarchas bog‗langan. 
Shifrlash jarayonini avtomatlashtirish uchun shifrlash qurilmasi deb ataluvchi 
maxsus va o‗ta kuchli kompyuterlar ishlab chiqildi. G‗arbiy mamlakatlarda B-
CRYPT, IBM-4755, Datacryptor kabi shifrlash qurilmalaridan keng foydalaniladi. 
Kriptologiya tarixiga oid ayrim malumotlarni keltirib o‗tamiz.
Mesopotamiyada olib borilgan areologik qazish ishlarida eramizdan avvalgi 
XX asrga mansub bo‗lgan eng qadimiy shifrlangan matnlardan biri topildi. U sopol 
taxtachaga o‗yib yozilgan bo‗lib, sopol idishlarni bo‗yash uchun ishlatiladigan 
bo‗yoqning retsepti haqidagi matn bo‗lib chiqdi. XVII asrda kardinal Rishele 
tomonidan dunyoda birinchi bo‗lib, shifrlash xizmati tashkil qilindi. Nyuton, Eyler, 
Leybnits, Gauss, Kardano kabi buyuk matematiklar ham bevosita kriptologiya 
bilan shug‗ullanganlar. Kriptologiyada quyidagi atamalar qabul qilingan. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling