7-Mavzu: Tarmoqda ma’lumotlar havfsizligining uskunaviy va dasturiy ta’minoti Reja


Simmetrik (maxfiy) kalitli shifrlash sistemasi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana17.12.2022
Hajmi0.73 Mb.
#1026733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-Mavzu

Simmetrik (maxfiy) kalitli shifrlash sistemasi. Simmetrik shifrlash 
algoritmida quyidagi usullardan keng foydalaniladi: 
1. O`rin almashtirish shifri 
2. Siljitish shifri. 
O`rin almashtirish shifri oddiy shifrlash hisoblanib, bu usulda satr va 
ustundan foydalaniladi. Chunki shifrlash jadval asosida amalga oshiriladi. Birinchi 
bo`lib, shifrlash jadvalidan (XIV asrning oxirlarida) diplomatik munosabatlarda, 
xarbiy sohalarda axborotni muhofazalashda foydalanilgan. 
O`rin almashtirish shifri. Almashtirish (podstanovka) usullarining mohiyati 
bir alfavitda yozilgan axborot simvollarini boshqa alfavit simvollari bilan ma`lum 
qoida bo`yicha almashtirishdan iboratdir. eng sodda usul sifatida to`g’ridan- 
to`g’ri almashtirishni ko`rsatish mumkin.
Ochiq kalitli shifrlash 
Kriptografik sistema qanchalik murakkab va ishonchli algoritmga asoslangan 
bo‗lmasin, uning amaliy qo‗llanishida kelib chiqadigan nozik masala, ya‘ni 
kriptosistemalardan foydalanuvchilarga kalitlarni taqsimlash masalasi muhim 
bo‗lib qolaveradi. Haqiqatan ham, axborotlar tizimida maxfiy aloqani ta‘minlovchi 


kriptografik sistema foydalanuvchilarining o‗zaro aloqasi uchun kalit ularning biri 
orqali yaratilgan bo‗lib, ikkinchisiga maxfiy holda etkazilishi lozim bo‗ladi. 
Bundan kelib chiqadiki, umuman olganda, kalitni etkazish (uzatish) uchun ham 
yana boshqa kriptosistemadan foydalanishga to‗g‗ri keladi. Bu masalani echish 
uchun klassik hamda zamonaviy fan va texnika yutuqlariga, xususan, algebra fani 
yutuqlariga asoslangan holda ochiq kalitli kriptosistemalar yaratish yo‗nalishi 
vujudga keldi. Ochiq kalitli kriptosistemalarning mohiyatini quyidagilar tashkil 
etadi: 
1. Axborotlar tizimi kriptosistemasidan foydalanuvchilarning har biri ma‘lum 
qoida bilan bog‗langan ikkita kalitni yaratadi (tuzadi). 
2. Bu tuzilgan (yaratilgan) kalitlardan biri ochiq e‘lon qilinadi, ikkinchisi esa 
sir (maxfiy) saqlanadi. 
3. Dastlabki ochiq kalit bilan shifrlanib, tegishli foydalanuvchiga uzatiladi
bunda shifrlangan matnni (kriptogrammani) bu ochiq kalit bilan deshifrlash 
imkoniyati yo‗q, ya‘ni shifrlangan matnni bu ochiq kalit bilan ochish imkoniyati 
yo‗q. 
4. Uzatilgan (etkazilgan) kriptogramma faqat kriptogrammaning haqiqiy 
egasigagina ma‘lum bo‗lgan ikkinchi maxfiy kalit bilan deshifrlanadi. 
Ochiq kalitli kriptosistemalar teskarisi mavjud bo‗lmagan yoki teskarisini 
hozirgi zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan foydalangan holda qoplanmaydigan 
darajada juda katta moddiy sarf-xarajatlar bilan hamda keragidan ko‗p vaqt 
sarflash bilan aniqlanadigan funksiyalarga yoki algoritmlarga asoslanadi. Shunday 
funksiyalar yoki algoritmlarni quyidagi xossaga ega bo‗lishi maqsadga muvofiq: 
berilgan x qiymatda f(x) funksiyaning qiymati y etarli darajada oson hisoblanadi, 
ammo biror noma‘lum x qiymatda funksiyaning qiymati y=f(x) ma‘lum 
bo‗lsa, x qiymatni topishning ham moddiy jihatdan ham vaqt nuqtai nazaridan 
etarli darajadagi imkoniyati yo‗q. 
Ochiq kalitli kriptosistemalar algoritmlari ularning asosini tashkil etuvchi bir 
tomonli funksiyalar bilan farqlanadi. Ammo har qanday bir tomonli funksiya ham 
ochiq kalitli kriptosistemalar yaratish uchun va ulardan amaldagi axborotlar 
tizimida maxfiy aloqa xizmatini o‗rnatish algoritmini qurish uchun qulaylik 
tug‗dirmaydi.
Bir tomonli funksiyalarni aniqlash ta‘rifida nazariy jihatdan teskarisi mavjud 
bo‗lmagan funksiyalar emas, balki berilgan funksiyaga teskari bo‗lgan 
funksiyaning qiymatlarini hisoblash amaliy jihatdan maqsadga muvofiq bo‗lmagan 
funksiyalar tushunilishi ta‘kidlangan edi. Shuning uchun ma‘lumotning ishonchli 
muhofazasini ta‘minlovchi ochiq kalitli kriptosistemalarga muhim bo‗lgan 
quyidagi talablar qo‗yiladi: 


1. Dastlabki ochiq matnni shifrmatn ko‗rinishida o‗tkazish bir tomonli 
jarayon va shifrlash kaliti bilan shifrmatnni ochish – deshifrlash mumkin emas, 
ya‘ni shifrlash kalitini bilish shifrmatnni deshifrlash uchun etarli emas. 
2. Ochiq kalitning ma‘lumligiga asoslanib, maxfiy kalitni zamonaviy fan va 
texnika yutuqlari yordamida aniqlash uchun bo‗ladigan sarf-xarajatlar hamda vaqt 
maqsadga muvofiq emas. Bunda, shifrni ochish uchun bajarilishi kerak bo‗ladigan 
eng kam miqdordagi amallar sonini aniqlash muhimdir. 
Ochiq kalitli shifrlash algoritmlaridan axborotlar tizimida ma‘lumotlarning 
maxfiyligini ta‘minlashda zamonaviy ilg‗or uslub sifatida foydalanib kelinmoqda. 
Ochiq kalitli kriptosistemalarni yaratishning RSA algoritmi johon standarti sifatida 
qabul 
qilingan. 
Bu 
haqida 
keyingi bo‗limlarda alohida to‗xtalamiz. 
Umuman olganda, zamonaviy ochiq kalitli kriptosistemalar quyidagi tipdagi 
akslantirishlarga (funksiyalarga) tayanadi: 
1. Katta sonlarni tub ko‗paytuvchilarga yoyish. 
2. Chekli sonli maydonlarda logarifmlarni hisoblash. 
3. Algebraik tenglamalarning ildizlarini hisoblash. 
Shu 
erda 
ta‘kidlash 
lozimki, 
ochiq 
kalitli 
kriptosistemalar 
algoritmlaridanquyidagi maqsadlarda foydalaniladi: 
1. Saqlanuvchi va uzatiladigan ma‘lumotlarning maxfiyligi muhofazasini 
ta‘minlovchi mustaqil vosita sifatida. 
2. Kalitlar taqsimotining muhofazasini ta‘minlovchi vosita sifatida. Ochiq 
kalitli kriptosistemalar algoritmlari an‘anaviy kriptosistemalar algoritmlariga 
nisbatan murakkab bo‗lib, undan ko‗proq kalitlarni taqsimlashda foydalaniladi. 
So‗ngra katta hajmdagi ma‘lumotlarni uzatishda soddaroq bo‗lgan sistemalardan 
foydalaniladi. 
3. Autentifikatsiya, ya‘ni ma‘lumotlarning haqiqiyligini aniqlash uslublari 
vositasi sifatida.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling