7-Mavzu: Tarmoqda ma’lumotlar havfsizligining uskunaviy va dasturiy ta’minoti Reja


Kriptografiya bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlar


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana17.12.2022
Hajmi0.73 Mb.
#1026733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-Mavzu

 
Kriptografiya bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlar 
Kriptografiya haqidagi ma‘lumotlarni uning atamashunosligiga oid ayrim 
terminlar mazmunini ochib berishdan boshlaymiz. 
Axborotlarni himoya qilish — bu tarmoqdagi aloqa hamda axborotlarning 
uzluksizligi, yaxlitligi va mahfiyligini ta‘minlovchi barcha vosita va amallar 
mamuasi bo‗lib, nosozliklardan asrovchi vosita va funksiyalarni o‗z ichiga 
olmaydi. Axborotlarni himoya qilish kriptografiya, kriptoanaliz (kriptotahlil) va 
kompyuterlarga ruhsatsiz kirishdan saqlash kabi bo‗limlarni o‗z ichiga oladi.
Kriptografiya – amaliy matematikaning bir bo‗limi bo‗lib, axborotlarni 
mazmunini yashirish yoki ruxsatsiz foydalanishdan asrash maqsadida axborotlarni 
bir ko‗rinishdan boshqa ko‗rinishga o‗tkazish uchun mo‗ljallangan modellar, 
metodlar, algoritm, dasturiy va texnik vositalarni o‗rganadi. 
Kriptosistema — bu axborotlarni kriptografik almashtirilishini dasturiy
texnik yoki dasturiy-texnik usullar yodamida amalga oshiruvchi tizimdir.
Kriptoanaliz (kriptotahlil) — bu amaliy matematikaning bitta bo‗limi bo‗lib, 
kiruvchi yoki chiquvchi signallardan foydalanib maxfiy parametrlarni aniqlab olish 
(yashirin matnni ochish) maqsadida kriptosistemalarni tahlil qilishga qaratilgan 
usul, model, algoritm, dasturiy va texnik vositalarni o‗rganadi. 
Yuqoridagi ma‘lumotlardan ko‗rinib turibdiki, kriptoanaliz matematik 
ma‘noda kriptografiyaga teskari bo‗lgan masalalar bilan shug‗ullanadi. 
Kriptografiya va kriptoanaliz birgalikda yangi fan — kriptologiyani tashkil 
qiladi.Kriptologiya tarixini uch bosqichdan iborat deb hisoblash mumkin. 
Birinchi bosqich - (eng qadimgi davrlardan to 1949 yilgacha) tor doiradagi
hususiy xamda sodda hisoblashlardan iborat kriptografik va kriptotahlil 
algoritmlari bilan harakterlanadi va tabiiyki, kompyuterlardan foydalanishni 


nazarda tutmaydi. Bu bosqichni ko‗pincha kompyuterlargacha bo‗lgan davr deb 
ataladi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling