7-modul. Elketr stansiy a va podstansiyalarning sxemalari, yerlatgichlari
Tupikli va shoxobchali podstantsiyalarning sxemalari
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
16-ma`ruza. SPEK 3-kurs
Tupikli va shoxobchali podstantsiyalarning sxemalari. Tupikli va shoxobchali
podstantsiyalar yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarga ega boʻlmagan oddiy sxemalar boʻyicha quriladi. Ikki transformatorli podstantsiyalar yuqori kuchlanish tomonida avtomatik yoki noavtomatik peremichka bilan ta`minlanadi (16.2–rasm). Avtomatik peremichkada ikki tomonlama ishlaydigan uzgich va ajratkich oʻrnatilgan (16.2–rasm, a). Normal holatda QS3 ulangan (QR3 esa uzilgan, chunki bir transformatorga peremichka orqali ulashga ikkita liniyaning ishlashiga yoʻl qoʻyib bo`lmaydi: parallel liniyalardan birida buzilish boʻlsa, releli himoya ikkala liniyani ham uzadi. Liniyalarning avariyadan uzilishi transformatorlarga nisbatan koʻproq sodir boʻladi. Bu holatda ham peremichka ishlatiladi. Masalan, QT liniya W1 da turgʻun boʻlsa, ta`minlovchi tomonidagi oʻchirgich Q1 uziladi, minimal kuchlanish himoyasi oʻchirgich Q3 ni uzadi, soʻngra uzgich QR1 uziladi. Transformator T1 ning ishini tiklash uchun peremichkadagi QR3 avtomatik ulanadi, soʻngra oʻchirgich Q3 ulanadi. SHunday qilib, podstantsiyada ikkita transformator va tranzit liniyasi W2 ga ulangan shoxobchalardan biri ishlaydi. Agar peremichka uzilgan holatda T1 transformatorda QT boʻlsa, bu holda Q3 uziladi, qisqa tutashtirgich QN1 ulanadi, Q2 uziladi, QR3 toksiz pauzada uziladi, soʻngra APV ishga tushib, liniya W2 dan kuchlanish beradi demak, transformator T2 ham ishlashni davom ettiradi. Sxemaning turli ish rejimlaridagi tafsilotidan koʻrinadiki, hamma elementlar aniq mos ishlagandagina boshqa tomonga avtomatik qayta ulash mumkin. Masalan, QR1 yoki QR2 uzilmagan boʻlsa, QR3 ni ulash mumkin emas, Q3 yoki Q4 ishonchli uzilgan boʻlsa hamda liniyalar W1, W2 da kuchlanish boʻlmasa, QR1 va QR2 ni uzish mumkin, QN1 yoki QN2 ulangan boʻlsa, QR3 ni ulash mumkin emas. Bu shartlarni bajarish maxsus blokirovkalar orqali amalga oshiriladi. 16.2–rasm. Ikki transformatorli tarmoqlash podstantsiyalar sxemalari: a–avtomat peremichkali; b–avtomatsiz peremichkali. Ikkita ajratkich QS3, QS4 lardan iborat tahmir peremichkali sxemani qoʻllash mumkin boʻlib, ajratkichlardan biri normal rejimda uzilgan (16.2–rasm, b). Buzilish W1 liniyada turg`un boʻlgan da Q1 va Q3 uziladi hamda AVR tahsirida 6–10 kV tomonidagi QB ulanib, iste`molchilarni T2 dan tahminlaydi. Agar liniya taʻmir qilinadigan boʻlsa, podstantsiya navbatchisi yoki koʻchma operativ guruh tomonidan QS1 uziladi, QS3, QS4 peremichkalar ulanadi va Q3 ulanadi, soʻngra QB uzilib, T1 yuklama ostida bo`ladi. Bu sxemada W1 taʻmir qilinsa, T1 ni W2 liniyadan (yoki T2 ni W1 liniyadan) tahminlash mumkin. Soddalashtirilgan sxemalarni yanada takomillashtirish yuqori kuchlanishli yuklama oʻchirgichlarini bir, ikki va uch yonalishda qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunday oʻchirgichlar faqat podstantsiyalarni oʻtayotgan liniyalarga ulabgina qolmay, ularni sektsiyalash imkoniyatini ham beradi Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling