7-modul. Elketr stansiy a va podstansiyalarning sxemalari, yerlatgichlari


 Yerga tutashtiruvchi qurilmalarning vazifasi va tuzilishi. Yerga tutashtiruvchi qurilmalarni


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana07.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1340145
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
16-ma`ruza. SPEK 3-kurs

 
16.4. Yerga tutashtiruvchi qurilmalarning vazifasi va tuzilishi. Yerga tutashtiruvchi qurilmalarni 
xisoblash.  
Erga tutashtirish uchun tabiiy va sunhiy yerga tutashtirgichlar qoʻllaniladi. Tabiiy yerga 
tutashtirgich sifatida vodoprovod trubasi, kabellar qobigʻi, poydevorlar va imoratlarning metall 
qismlari, tayanchlar poydevori, shuningdek, tross–tayanch tizimlari qoʻllanilib, ular yer bilan 
ishonchli tutashgan bo`ladi. 
Sun`iy yerga tutashtirgich sifatida metall sterjenlar, burchakliklar, polosalar qoʻllanilib, ular yer 
bilan ishonchli kontakt hosil qilish uchun tuproqqa koʻmiladi. 
Erga tutashtirgich (truba, burchaklik, sterjen) larning soni yerga tutashtirish qurilmasining 
kerakli qarshiligiga yoki ruxsat etiladigan tegish kuchlayishiga qarab hisoblab aniqlanadi. Sunhiy 
yerga tutashtirgichlar shunday joylanadiki, bunda elektr asbob–uskunalar bilan band boʻlgan
maydondagi elektr potentsiali mumkin qadar bir xil tarqalishini tahminlanadi. SHu maqsadda OTQ 
maydonida asbob–uskunalar boʻylab hamda koʻndalang yonalishda chuqurligi 0,5–0,7 m gacha 
boʻlgan yerga tutashtiruvchi toʻr hosil qilinib, yerga tutashtiruvchi polosalar yotqiziladi va unga 
yerga tutashtirilishi lozim boʻlgan asbob–uskunalar ulanadi. 
17.6–rasmda ochiq taqsimlash qurilmasida yerga tutashtiruvchi konturning joylashish reja, 
shuningdek, OTQ territoriyasida potentsiallarning oʻzgarish egri chizigʻi koʻsatilgan. 
Apparatlardan birining izolyatsiyasi buzilsa, uning korpusi va yerga tutashtiruvchi kontur 
ma`lum U
3
= I
3
r
z
 potentsial ostida boʻladi. I
z
tokining yerga tutashtiruvchi elektrodlar orqali oqib 
oʻtishi ular atrofidagi yer potentsialining asta–sekin kamayishiga olib keladi. Yerga tutashtirish konturi 
ichidagi potentsiallar tenglashadi, shuning uchun buzilgan uskunaga tekkan kishi uncha katta 
boʻlmagan potentsiallar ayirmasi U
pr
(tegish kuchlanishi) ostida boʻlib, u yerga tutashtirgichning 
potentsialining ma`lum qismini tashkil etadi: 


з
п
пр
U
k
U

(17-1)
bunda k
n
tegib ketish kuchlanishi koeffitsienti, uning qiymati yerga tutashtirgich bilan 
odamdan tokning oʻtish sharoitiga bog`liq. 
Odimiy kuchlanish, ya`ni 0,8 m oraliqdagi konturning ichida joylashgan ikki nuqta orasidagi 
potentsiallar ayirmasi katta boʻlmaydi (U
od.1
). Qonturdan tashqarida potentsiallarning tarqalish egri 
chizigʻi yanada qiyaroq, shuning uchun 
odimiy kuchlanish (U
od.2
) gacha ortadi. 
Yerga tutashadigan toklar katta boʻlganda 
odimiy kuchlanish U
od.1
ni kamaytirish 
uchun 
konturning 
kirish 
va 
chiqish 
chetlariga qoʻshimcha poʻlat polosalar 
yotqiziladi. 
Himoyaviy 
yerga 
tutashtirishning vazifasi U
z
, U
pr
, U
od

kuchlanishlarini xavfsiz kattaliklargacha 
kamaytirishdan iborat. 
Erga 
tutashtirilmagan 
yoki 
rezonansli yerga tutashtirilgan neytralli (6; 
10; 35 kV li tarmoqlar) tizilmalarda yerga 
tutashtirgichlardagi potentsial ( U

) kattaligi 
cheklanadi, ya`ni yerga tutashtiruvchi 
qurilmaning qarshiligi R
z
normalanadi. 
CHunki faza yerga tutashganda uncha katta 
boʻlmagan sigʻim tokining oʻtishiga olib 
keladi va bu rejim uzoq davom etishi 
mumkin. Yerga tutashgan qismlarga 
tegilgan paytda kuchlanish ostida qolish 
ehtimoli ortadi. 
Erga 
neytrali 
effektiv 
tutashtirilgan 110 kV va undan yuqori 
tarmoqlar tizilmalarda faza yerga tutashsa, qisqa tutashuv boʻladi va releli himoya uni tez uzadi. 
Buning natijasida kuchlanish U
pr
, U
od
ostida qolish ehtimoli kamayadi. 
Bir fazali QT toklari ancha katta boʻlganligi uchun yerga tutashtirgichdagi potentsial 
keskin ortadi. Bu tizilmalardagi U
pr
miqdori normalanadi va uning kattaligi odam tanasidan 
tokning oʻtish muddatiga qarab aniqlanadi. 
U
od
kuchlanishi normalanmaydi, chunki odam uchun tokning oyoqdan oʻtish yoʻli, 
qoʻldan–oyoqqacha oʻtgan yoʻlga qaraganda xavfsizroq. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling