7 ona tili javobi docx


va, hamda sof bog‘lovchilari, bilan


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana28.02.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1237687
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
7 - ona tili JAVOBI

va, hamda sof bog‘lovchilaribilan ko‘makchi-bog‘lovchisi-u (-yu), -da, ham
yuklama-bog‘lovchilari mansubdir. Bulardan ham bog‘lovchi vazifasida yakka
va takror holda qo‘llaniladi. -u (-yu), -da o‘zi qo‘shilayotgan so‘zdan chiziqcha
bilan ajratiladi.
O‘zaro bog‘lanayotgan bo‘lak yoki gaplardan birini boshqasidan ayirib
ko‘rsatuvchi bog‘lovchilar ayiruv bog‘lovchilari hisoblanadi. Masalan: yo, yoki,
yo ... yo, goh ... goh, dam ... dam, ba’zan ... ba’zan, bir ... bir kabi. Takror
qo‘llanuvchi ayiruv bog‘lovchisi oldidan yozuvda vergul qo‘yiladi.
O‘zaro zidlik munosabatida bo‘lgan uyushiq bo‘laklar yoki gaplarni bir-biriga
bog‘lab keluvchi ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari zidlov bog‘lovchilari
sanaladi. Balki so‘zi ko‘pincha zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llanadi.
Masalan: Bu jarang-jurung ovozlar uning g‘ashini keltirmas, balki xayolini
chalg‘itib, unga orom bag‘ishlardi. Yozuvda zidlov boglovchilaridan oldin
vergul qo‘yiladi.


20
Uyushiq bo‘lak va gaplarni inkor ma’nosini yuklagan holda bog‘lovchi na... na
yordamchisi inkor bog‘lovchisi sanaladi. Bunda gapning kesimi tasdiq shaklida
bo‘ladi. Na... na yuklama vazifasida ham kelishi mumkin. Bunda gapning kesimi inkor
shaklida bo‘ladi.
Bog‘lovchilar qollanishiga ko‘ra yakka va takror bog‘lovchilarga bo‘linadi. Va,
ammo, lekin, biroq, chunki, yo kabi bog‘lovchilar yakka, yo... yo, dam... dam, goh...
goh bog‘-lovchilari esa takror bog‘lovchilar sanaladi.
O‘zaro tobe munosabatida bo‘lgan gap bo‘laklari va gaplarni bog‘lash uchun
ishlatiladigan bog‘lovchilar ergashtiruvchi bog‘lovchi sanaladi.
Chunki, ya’ni, agar, garchi singari so‘zlar ergashtiruvchi bog‘lovchilardir.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling