7 ona tili javobi docx
Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar kishilik olmoshlari
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
7 - ona tili JAVOBI
3
Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar kishilik olmoshlari hisoblanadi. So‘zlovchi birinchi shaxs, tinglovchi ikkinchi shaxs, nutqdan tashqari barcha shaxs, narsa, voqea-hodisalar o‘zga, ya’ni uchinchi shaxs sifatida qaraladi. Men, biz birinchi shaxs, sen, siz ikkinchi shaxs, u, ular uchinchi shaxs kishilik olmoshlari hisoblanadi. Bulardan men, sen, u birlik, biz, siz (lar), ular ko‘plik ma’nosini bildiradi. Ba’zan biz, siz, ular birlik ma’nosida ham qo‘llaniladi. Biz birlik ma’nosida qo‘llanganda, kamtarlik, bajargan ishida o‘zini ta’kidlamaslik ma’nosini bildiradi. Masalan: Mening uyim o‘rniga Bizning uyimiz. Men g‘olib chiqdim o‘rniga Biz g‘olib chiqdik. Shuningdek, siz, ular yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma’nosini ham bildiradi. Masalan: Sen kelding o‘rniga Siz keldingiz, U keldi o‘rniga Ular keldilar. Siz hurmat ma’nosini bildirganda, ko‘pincha ko‘plik ma’nosini ifodalash uchun unga -lar qo‘shimchasi qo‘shiladi. Masalan: Sizlarga doimo baxt yor bo‘lsin. Men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda, bir n tovushi tushib qoladi va shunday yoziladi. UNING=UNING Uning odam bo’lmaydi = Kiming? U+ing=Uning (bitta n ortgan) Uning kitobi = Kimning? U+ning=Uning (qaratqich, n ortmagan) Bu olmoshlar egalik qo’shimchasini olmaydi: bizim, sizing. U=kim so’rog’iga javob bo’lsa kishilik U=qaysi so’rog’iga javob bo’lsa ko’rsatish U keldi – Kim?=kishilik U kishi keldi – Qaysi kishi?=ko’rsatish Kishilik olmoshlari o‘rnida qo‘llanilib, ko‘pincha shaxsni, ba’zan predmetni ko‘rsatuvchi o‘z so‘zi o‘zlik olmoshi sanaladi. O‘zim, o‘zing, o‘zi so‘zlari ba’zan egalik qo‘shimchalariga mos kishilik olmoshlari bilan mening o‘zim, sening o‘zing, sen o‘zing, uning o‘zi, u o‘zi tarzida qo‘llanadi va bu vaqtda ko‘pincha kishilik olmoshlariga ta’kid ma’nosi yuklanadi. Shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab, maqsad, o‘rin, payt haqida Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling