7 ona tili javobi docx


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana28.02.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1237687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
7 - ona tili JAVOBI

soroqni bildiruvchi olmoshlar so‘roq olmoshlari sanaladi. So‘roq olmoshlari
ishtirok etgan gaplar so‘roq gap hisoblanadi. Bunday gaplar so‘roq ohangi bilan
talaffuz qilinadi va yozuvda gap oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi: Siz qaysi
kitoblarni o‘qigansiz?
Har so‘zi so‘roq olmoshlariga, bir so‘ziga qo‘shilib to‘pdan ajratilgan shaxs,
narsa, belgilarni bildiradigan belgilash olmoshlarini hosil qiladi.
Hamma, barcha, bari, butun olmoshlari esa shaxs, narsa, belgi, harakatlarni
jamlab ifodalaydi. Demak, to‘pdan ajratilgan yoki jamlab ko‘rsatilgan shaxs,
narsa, belgi, harakat-holatlarni ifodalaydigan
olmoshlar
BELGILASH
OLMOSHLARI sanaladi.


4
So‘roq olmoshlariga alla- yoki -dir qo‘shimchasini qo‘shish yo‘li bilan gumon
olmoshlari hosil qilinadi.
Alla- qo‘shimchasi so‘roq olmoshlari oldidan, -dir qo‘shimchasi esa so‘roq
olmoshlari so‘ngidan qo‘shiladi. (allamahal - ravish)
Har ikki qo‘shimcha asos qism bilan qo‘shib yoziladi. Narsa so‘zi faqat alla-
qo‘shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi.
Bir so‘zi kishi, narsa, nima kabi so‘zlarga qo‘shilib, bu so‘zlarga gumon
ma’nosini yuklaydi. Ularni kimdir, nimadir, qachondir singari gumon
olmoshlari bilan almashtirish mumkin. Bunday vaqtda bir so‘zi gumon olmoshi
o‘rnida qo‘llangan bo‘ladi. Shu bilan birga birov so‘zi ham kimdir so‘zi bilan
erkin almashina olgani uchun gumon olmoshi hisoblanadi.
So‘roq olmoshlari va bir, narsa, nima so‘zlari oldidan hech so‘zining qo‘llanishi
natijasida bo‘lishsizlik olmoshlari hosil bo‘ladi. Hech kim, hech nima, hech
qachon, hech qanday, hech qancha, hech narsa, hech bir so‘zlari bo‘lishsizlik
olmoshlari sanaladi va ular yozuvda ajratib yoziladi.
Olmoshlar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft va takroriy bo‘ladi.
Faqat bir asosdan iborat bo‘lgan olmoshlar sodda, ikki asosdan tashkil topgan
olmoshlar qo‘shma olmoshlar hisoblanadi.
Kim?, nima?, hamma, barcha singari tub olmoshlar, kimdir, qaysidir, allakim,
allaqanday singari yasama olmoshlar sodda olmoshlardir.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling