7 ona tili javobi docx


Sifatdosh va harakat nomlari


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana28.02.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1237687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
7 - ona tili JAVOBI

Sifatdosh va harakat nomlari tarkibidagi egalik qo‘shimchalari harakat
bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi. Shuning uchun qaratqich kelishigini
olgan shaxs bildiruvchi so‘zning qo‘llanishiga ko‘pincha ehtiyoj bo‘lmaydi.
Terak, qishloq, bolalik singari ikki va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik
qo‘shimchasi qo‘shilganda, asos qismning oxirgi k,q tovushi g va g‘ tarzida
talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.
Qorin, o‘g‘il, singil kabi ikkinchi bo‘g‘inida unlisi ishtirok etgan so‘zlarga egalik
qo‘shimchasi qo‘shilganda, ikkinchi bo‘g‘indagi i unlisi tushib qoladi va shunday
yoziladi.
Nok, chok singari bir bo‘g‘inli, idrok, ishtirok singari ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga
egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda, asos qismda hech qanday o‘zgarish
bo‘lmaydi.
Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlarida qo‘llangan III shaxs
egalik qo‘shimchasi shaxsga qarashlilik ma’nosini emas, balki
xoslikumumdan ajratilganlikni bildiradi.
Avvallari, tuni, kechasi, kunduzi - bularda egalik qotib qogan.
Sifatdosh, harakat nomida egalik – shaxs,son bildiradi


11
KELISHIK SHAKLLARI
Ot, olmosh va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, ularni boshqa so‘zlarga bog‘lash
uchun xizmat qiluvchi grammatik shakllar tizimi kelishik shakllari sanaladi.
Kelishik shakllari doimo tobe so‘zga qo‘shiladi. O‘zbek tilida oltita kelishik
mavjud bo‘lib, ularning har qaysisining o‘z nomi va shakli bor. Ot va otlashgan
so‘zlarning egalik qo‘shimchalari bilan shaxs va sonda hamda kelishik
qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi turlanish deyiladi.
(EGALIK, KELISHIK - TURLANISH)
Bosh kelishik shakli maxsus qo‘shimchaga ega emas. Bu shakl kim?, nima?,

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling