7. Pаrmаlаrning klаssifikаtsiyasi. Rеjа


Parmaning konstruktiv elementlari


Download 1.48 Mb.
bet3/13
Sana28.03.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1303270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-mustaqil kesish

Parmaning konstruktiv elementlari
Spiralsimon parmalar quydagi asosiy qismarlga ega (rasm 25):
kesuvch 3, yo’naltiruvchi 1 yoki kalibrlovchi, quyruq 5 va birlashtiruvchi 4 (bo’yin). Kesuvchi va yo’naltiruvchi qusmlar birgalikda ikkita vintli ariqchalar bilan jihozlangan ishchi qismni 2 tashkil etadi.
Spiralsimon parmaning kesuvchi qismi ikkita tishdan iborat. Ular parmalash jarayonida o’zining kesuvchi qirralari 9 bilan zagatovka materialiga teshib kiradi, uni qirindi ko’rinishida kesib oladi va vintli ariqlar bo’ylab olib chiqiladi. Ishchi qism parmaning asosiy qismi hisoblanadi. Parmaning ish sharoiti asosan kesuvchi qismning konstruksiyasiga qarab aniqlanadi.
Parmaning oldingi yuzalari 10 deb qirindi chiqib ketadigan vintli ariqlarning yuzalari hisoblanadi. Orqa yuzalar 11 deb parma kesish yuzasiga yo’naltirilgan tishning yuzasi hisoblanadi. Orqa yuzalar tekis, vintli, konussimon yoki silindrik ko’rinishida charxlanishi mumkin. Parmaning ikkala tishining ham orqa yuzalari kesishgan chiziq, parmaning markaziy zonasida joylashgan ko’ndalang kesuvchi qirrani 13 hosil etadi.
Parmaning yo’naltiruvchi qismi ish vaqtida asbobning yo’nalishini hosil etish uchun mo’ljallangan. Shuning uchun u ikkita yo’naltiruvchi vintli tasmachaga (spiralsimon faskalar) 12 ega. Ular ishlov berilgan yuzani bezatishda (kalibrlash) ishtirok etadi. Bundan tashqari yo’naltiruvchi qism asbobni qayat charxlash uchun ham xizmat qiladi.

Rasm 25 – Spiralsimon parma
Konussimon (panjalik 6) (rasm 25, a) yoki silindirik (tasmali 7 yoki tasmasiz) (rasm 25, b) shakllarda bo’lishi mumkin bo’lgan quyruq parmani dastgohga mahkamlash uchun qizmat etadi. Eng ko’p hollarda parmaning ishchi qismi tezkesar po’latdan, quyruq esa stal 45 dan tayyorlanadi. Ishchi qism va quyruq payvandlash yo’li bilan birlashtiriladi. Sanoatda bundan tashqari qattiq qotishmali parmalar ham ishlatiladi. Bunaqa parmalarning kesuvchi qismi qattiq qotishmali plastinalar bilan jihozlanadi. Kichik diametrdagi qattiq qotishmali parmalarning ishchi qismi butunlay qattiq qotishmadan taxlanishi mumkin.
Parmalangan teshiklarning diametri xar doim parma diametridan katta bo’ladi. Parma diametri va u parmalagan teshik diametrining ayirmasi teshik razbivkasi deyiladi. 10…20 mm diametridagi stanadart parmalar razbivkasi 0,15…0,25 mm tashkil etadi. Teshiklar razbivkasining sababi parmaning etarlicha aniqlikda charxlanmaganligi va parma bilan parmalovchi dastgoh shpindelining o’qlari mos bo’lmasligi hisoblanadi.
Razbivkani kamaytirish va parmani siqilishini oldini olish uchun parmalanyotgan teshikda parma diametric kesuvchi qism yo’nalishi tomondan bir oz kamaytiriladi. Diametr kichrayshini teskari konussimonlik deb atash va ishchi qismdan l0=100 mm masofada diametrlaring ayirmasini hisoblash qabul qilingan.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling