7. Pаrmаlаrning klаssifikаtsiyasi. Rеjа


Download 1.48 Mb.
bet4/13
Sana28.03.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1303270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-mustaqil kesish

Geometrik parametrlar
Vintli ariqchaning qiyalik burchagi deb parma o’qi va o’qi va diametri parmaniki bilan mos keladigan silindrik yuza bilan parmaning oldi yuzasi kesishgan vintli chiziq uchiga urinma bilan hosil bo’lgan burchak aytiladi.
Kesuvchi qirralar parma o’qiga qarab egilgan va o’zaro uchdagi 2φ burchagini hosil qiladi (plandagi asosiy burchak). Parma uchidagi burchakni ko’paytirgan sari kesuvchi tig’ning aktiv uzunligi kichrayadi va kesik qalinligi oshadi. Bu esa kesuvchi qirra uzunligining birligiga to’g’ri keluvchi kuchlanishlarning oshishiga olib keladi va parmaning jadallik bilan yeyilishiga imkon yaratadi. Ma’lumki, parmaning normal ishlashi, qirindining ariqchalar bo’ylab chiqib ketishi ishonchli ta’minlansa va siqilish va o’ralib qolish kuzatilmasagina amalga oshirilishi mumkin. Tadqiqotlar ko’satishicha, parma uchidagi burchagining oshirilishi kesuvchi qirralar bo’ylab oldi burchaklarning silliqroq o’zgarishiga olib keladi, bu esa parmaning kesish hususiyatiga ta’sir qiladi.
Orqa burchak α parma konstruksiyasining asosiy elementi hisoblanadi, uning o’lchami asbob turg’unligiga katta ta’sir etadi.
Spiralsimon parmalarning charxlanishi
Asbobning edirilgan qismlarini olib tashlash, yangi tig’larni hosil qilish va kesish hususiyatlarini qayta tiklash uchun barcha mumkin bo’lgan standart parmalarni charxlash usullari ishlab chiqilgan.
Parmani charxlash shakli ishliv beriladigan material va asbob diametriga qarab tanlanadi. Spiralsimon parmalarning asosiy charxlov shakllari 26-rasmda keltirilgan.
Normal qayrovsiz (H) – diametric 12 mmgacha bo’lgan parmalar uchun. Po’lat, po’latli quyma, cho’yanlarga ishlov berishda universal qo’llaniladigan pramalarda ishlatiladi.
Normal ko’ndalang qirrasi qayralgan (НП) – σв ≤ 500 MPA bo’lgan ustki qatlami olinmagan po’latli quymalarga ishlov berish uchun. Ko’ndalang yuzani qayrash uzunlikni kamaytaridi va kesish sharoitini yaxshilaydi.
Normal ko’ndalang qirra va tasmachasi qayralgan (НПЛ) – diamteri 12…80 mm bo’lgan parmalar uchun. Po’latlarga, σв > 500 MPa bo’lgan ustki qatlami olingan po’latli quymalarga va ustki qatlami olinmagan cho’yanlarga ishlov berishda qo’llaniladi. 3-4 mm uzunlikda tasmachaning enini 0,1-0,2 mmgacha charxlash parmaning eng tarang qismida ishqalanishni kamaytiradi va kesish sharoitini yaxshilaydi.
Qo’sh ko’ndlang yuzasi qayralgan (ДП) – σв ≥ 500 MPa bo’lgan po’latli quymaga va ustki qatlami olinmagan cho’yanga ishlov berish uchun. Kesuvchi qirra uzunligi ortadi, qirindi qalinligi kamayadi, issiqlik tarqalishi yaxshilanadi, turg’unlik sezilarli darajada oshadi.
Qo’sh ko’ndlang yuza va tasmaschasi qayralgan (ДПЛ) – σв ≥ 500 MPa bo’lgan po’latli quyma va ustki qatlami olinmagan cho’yanga ishlov berish uchun universal parmalarda qo’llaniladi.
Qo’sh qayralgan va ko’ndalang qirrasi kesilgan (ДП-2) – mo’rt materiallarga ishlov berish uchun.




Normal qayrovsiz (H)


Normal ko’ndalang qirrasi qayralgan (НП)




Normal ko’ndalang qirra va tasmachasi qayralgan (НПЛ)


Qo’sh ko’ndlang yuzasi qayralgan (ДП)




Qo’sh ko’ndlang yuza va tasmaschasi qayralgan (ДПЛ)




Qo’sh qayralgan va ko’ndalang qirrasi kesilgan (ДП-2)




Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling