7-semestr 1-mavzu: O‘nli kasrni to‘g‘ri kasr ko‘rinishda ifodalash. O‘nli kasrlar ustida arifrnetik amallar


O‘nli kasrlarni oddiy kasr ko‘rinishida ifodalash


Download 352.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana09.11.2023
Hajmi352.08 Kb.
#1759842
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-semestr 1-mavzu O‘nli kasrni to‘g‘ri kasr ko‘rinishda ifodala

O‘nli kasrlarni oddiy kasr ko‘rinishida ifodalash
1. Metrlarda ifodalang: 35 dm; 76 dm; 4 dm; 36 cm; 14 dm, 23 dm
2. Do‘kondan 1 kg 500 g pishloq va undan 300 g kam sariyog‘ xarid 
qilindi. Do‘kondan hammasi bo‘lib qancha mahsulot xarid qilingan?
3. Oddiy kаsr ko‘rinishida yozing: 0,3; 0,7; 0,1; 1,7; 4,2; 7,6


4. To‘g‘ri to‘rtburchak 10 ta teng bo‘lakka bo‘linib, uning 3 ta bo‘lagi bo‘yaldi. 
To‘rtburchakning nechta bo‘lagi va qancha qismi bo‘yalmay qoldi? Javobni oddiy 
va o‘nli kasr ko‘rinishida yozing. 
5. Yarim soat necha minut? Necha sekund? Chorak soat-chi?
6. Oddiy kаsr ko‘rinishida yozing: 0,2; 0,5; 0,1; 4,6; 9,8; 5,7
7. O‘nli kasr ko‘rinishida yozing: Nol butun o‘ndan sakkiz; besh butun o‘ndan 
ikki; o‘n olti butun o‘ndan besh; nol butun o‘ndan uch.
8. 2 yil 4 oy + 4 yil 5 oy 1yil 6 oy – 1 yil 5 oy 7 yil 5 oy – 6 yil 5 oy
3 yil 10 oy + 5 yil 2 oy
9. Oddiy kasr ko‘rinishida yozing: a) surati 3 maxraji 4 b) maxraji 10 surati 9 
d) surati 7 maxraji 3 e) maxraji 12 surati 5

 
10. 45 cm; 56 cm; 76 cm; 84 cm ni metrlarda ifodalang. 36 cm ni metrda ifodalab, 
o‘nli kasr ko‘rinishida yozin. 
Namuna: Yechish: 1 cm = 0,01 m, demak, 36 cm = 0,36 m. 
Javob: 36 cm = 0,36 m. 
11. Kasrlarni o‘qing va maxrajini aytib, oddiy kasr ko‘rinishida yozing: 0,34; 0,5; 
0,17; 0,26; 0,04; 4,48.
Namuna: 0,34 – nol butun yuzdan o‘ttiz to‘rt: 34 /100
O‘nli kasrlarni taqqoslash va tartiblash
O‘nli sanoq sistemasida hаr bir хоnа birliklаri o‘zidаn оldingi хоnа birliklаridаn 
10 mаrtа kichikdir. O‘nli kаsrlаrning ham verguldаn keyingi 1-хоnаsi birlаr 
хоnаsidаn 10 mаrtа kichik, verguldаn keyingi 2-хоnаsi esa birlаr хоnаsidаn 100 
mаrtа kichikdir. O‘nli kasrlarni taqqoslash sonlarni taqqoslash kabi amalga 
oshiriladi. Mаsаlаn, 3,28 o‘nli kаsr 3,38 dan kichik.
1. Ikkita kasrni sonlar o‘qida taqqoslang va kattasini ko‘rsating. 0,8 va 0,7; 0,3
va 0,1; 1,47 va 1,48; 0,9va 0,8; 0,8 va 0,8 
2. Yulduzchalar o‘rniga qanday raqamlar qo‘yilsa, tengsizlik to‘g‘ri bo‘ladi? 0,*6 
> 0,77 2,*1 < 2,41 0,7 < 0,7* 5,8* > 5,86 2,53 < 2,*3 0,1* > 0,15


3. 6,76 va 6,81 sonlari orasida joylashgan maxraji 100 bo‘lgan o‘nli kasrlarni 
yozing.
4. O‘nli kasr ko‘rinishida yozing: 71/ 10; 492 /100; 348/10; 18/100; 
19 /100
5. Yulduzchalar o‘rniga qanday raqamlar qo‘yilsa, tenglik va tengsizliklar to‘g‘ri 
bo‘ladi? 56,* = 56,4 7,5* < 7,53 2.34 > 2,*4 120,* ≤ 120,4 26,* ≥ 26,7
9,57 ≤ 9,5*
6. To‘g‘ri kasrlarni o‘nli kasr ko‘rinishida yozing:7 /10; 9 /100; 36 /100;1/10; 9/10 
7. O‘nli kasrlarni oddiy kasr ko‘rinishida ifodalang:4,4; 0,7; 0,58; 33,08; 0,09; 6,02
8. Quyidagi sonlarning qaysi biri 6 dan katta va 7 dan kichik? 6,7; 7,2; 5,9; 6,2;
6,17; 7,01; 6,99; 5,82 
9. Ikkita o‘nli kasr orasida joylashgan barcha natural sonlarni o‘sish tartibida 
yozing. a) 0,5 va 6,3; b) 4,1 va 8,9; d) 0,15 va 0,89
10. Sonlar o‘qida quyidagi sonlarga mos nuqtalarni belgilang:
a) 0,2; 0,9; 1,1; 1,7 b) 3,3; 3,7; 4,3; 4,8
11. Tenglik to‘g‘ri bo‘lishi uchun yulduzcha o‘rniga o‘nli kasr yozing: 1 mm = * 
cm 1 mm = * dm 1 dm = * m 1 cm = * dm 1 cm = * m

Download 352.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling