Yandi mavzu bayoni (10 minut). Elektron darslik yordamida tushuntiriladi. 1. Ko'phadni ko'paytuvchilarga ajratish qoidalari. Ko'phadni ko'paytuvchilarga ajratishda ba'zan bir emas, balki bir necha usullar qo'llaniladi. Quyidagi misollarni ko‘raylik: 1-misol. a3 – a ko'phadni ko'paytuvchilarga ajrating: Yechish: berilgan ifodada a ni qavsdan tashqariga chiqaramiz: a3 – a = a(a2 – 1) , so‘ngra qavs ichidagi ifodaga kvadratlar ayirmasi formulasini qo'llaymiz: a(a2 – 1) = a(a + 1)(a – 1) . Bu yerda ikkita usuldan foydalanilgan: umumiy ko'paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish va kvadratlar ayirmasi formulasini qo'llash. ko'phadni ko'paytuvchilarga ajratish.
2-misol. (a2 + 1)2 – 4a2 ko'phadni ko'paytuvchilarga ajrating:
Yechish: berilgan ifodaga kvadratlar ayirmasi formulasini tadbiq qilamiz:
(a2 + 1)2 – 4a2 = (a2 + 1)2 – (2a)2 = ((a2 + 1) – 2a)( (a2 + 1) + 2a) =
= (a2 + 1 – 2a)( a2 + 1 + 2a) = (a2 – 2a + 1)( a2 + 2a + 1) .
Hosil bo‘lgan ifodadagi 1-qavs a – 1 ning kvadrati, 2-qavs esa a + 1 ning kvadratidir:
(a2 – 2a + 1)( a2 + 2a + 1) = (a – 1)2(a + 1)2 .
Bu yerda qo'shiluvchilar umumiy ko'paytuvchiga ega emasligi sababli, avval kvadratlar ayirmasi formulasidan foydalanildi, so'ngra yig'indi va ayirma kvadratlarining formulalaridan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |