7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


Download 1.37 Mb.
bet33/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

Vizantiya hamda Osiyo mamlakatlarini dengiz orqali bog`lagan

Ispaniya

Italiya

Janubiy Fransiya

2

Shimoliy savdo yo`l






Boltiq dengizi orqali

London

Bryugge

Lyubek

Novgorod


Shimoliy savdo yo‘li bo‘ylab joylashgan Germaniyaning 70 dan ziyod shaharlari Ganza shaharlar ittifoqiga kirgan. Levant yo‘lida joylashgan Venetsiya va Genuyalar kuchli dengiz floti tuzib, ularning savdodagi raqobati ba’zida urushlarga ham aylangan.
O‘rta yer dengiz sohillari bo‘ylab italiyalik savdogarlar o‘zlarining savdo manzilgohlari – faktoriyalar tizimini yaratishgan. Ularning ko‘pchiligi genuyalik va venetsiyaliklar bo‘lishgan. Bu dengiz
respublikalari ajoyib savdo va harbiy flotlariga ega bo‘lishgan. Ularning kemalari.
Venetsiyalik savdogarlar – Pololar oilasi vakillari XIII asrda mo‘g‘ullar xonining Osiyoning ichkarisidagi qarorgohiga yetib boradi. Marko Polo 25 yil davom etgan sayohatining 17 yilini Xitoyni egallagan mo‘g‘ullar xoni Xubilay saroyida xizmatda o‘tkazib, yevropaliklardan birinchi bo‘lib bu sirli o‘lkalarni o‘z kitobida tavsiflaydi.

Yevropaning ko‘pchilik shaharlarida dastlab bozorlar haftaning 1–2 kunida bo‘lgan. Doimiy bozorlar faqat yirik shaharlarda uchragan.



1)Mol ayirboshlash va 2)savdoning o‘sishi shaharlarda bozorlar qurilishiga ehtiyoj tug‘dirgan. Jumladan, Londondagi birinchi yopiq bozor Blekuelxoll XIV asr oxirida qurib bitkazilgan. Bozorlar ma’lum buyumlar yoki mahsulotlarni sotishga ixtisoslasha borgan.
Banklar, yarmarkalar va birjalar.
Dastlabki banklar XIV–XV asrlarda Italiyaning yirik shaharlarida paydo bo‘lgan.
Bank – (italyancha, banko) – kursi, sarrof do‘konidagi o‘rindiq nomidan olingan.
Yarmarkalar mol ayirboshlashning kengayishiga xizmat qilgan.Yarmarka – ulgurji savdo bo‘ladigan, turli mamlakat savdogarlari qatnashadigan, mol sotish va ayirboshlash joyi nomi bo‘lgan.
O‘rta asrlar Yevropasining eng mashhur yarmarkasi Fransiyaning shimoli-sharqidagi Shampan grafligida (markazi Reyms shahri) bo‘lgan. Savdoning yuksalib borishi natijasida Yevropada turli mamlakatlar savdogarlari to‘planib, pullarini almashtiradigan joylar – birjalar vujudga keladi.
Birja atamasi Bryugge shahridagi «Burse» mehmonxonasi yaqinida savdogarlar to‘planadigan
joy nomidan olingan.







Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling