7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


Download 1.37 Mb.
bet35/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

Cherkov yig‘inlari III asrdan xristian cherkovi oliy ruhoniylarining cherkovni nazariy, ama-
liy boshqarish muammolarini hal etish uchun chaqiradigan qurultoyi.


  • Katolik cherkovi yurish ishtirokchilariga ayrim yengilliklarni, jumladan, dehqonlarga qarzlaridan kechilishini, ularning oilalari cherkov himoyasiga o‘tishini e’lon qiladi.



Salib yurishlari ishtirokchilarining maqsad va vazifalari.
Dehqonlar salib yurishlarida qatnashish orqali o‘zlarining og‘ir hayotidan qutulib, Sharqda mulkka va baxtli hayotga erishishga umid qilganlar. Salibchilarning ko‘pchilgini, asosan, ritsarlar tashkil etib, aksari boy bo‘lmagan xonadonlardan edilar. Oilaning kichik o‘g‘illari, mayorat tizimi bo‘lganidan, ya’ni meros katta o‘g‘ilga qoldirilgani sababli, ota-onalari merosining katta qismiga umid qilmasalar ham bo‘lardi. Bu holatdagi ritsarlar o‘zlariga shon-shuhrat va boylik istab yo‘lga chiqqanlar. Gersoglar, graflar va hatto ayrim qirollar hamda imperatorlar ham Sharqqa jo‘naydilar. Ular o‘zlariga yangi hududlar va fuqarolarni bo‘ysundirishni maqsad qilganlar. Qo‘shin bilan savdogarlar ham yo‘lga chiqib, ular Sharq mollari bilan savdo qilish orqali tez boyib ketishni orzu qilganlar. Albatta, salib yurishi ishtirokchilari faqat foydani o‘ylagan desa xato bo‘ladi. Moddiy manfaat ularda «payg‘ambar qabri»ni musulmonlardan xalos etish muqaddas ish ekanligiga ishonch bilan mujassamlashgan.


20-§. DASTLABKI SALIB YURISHLARI
Birinchi salib yurishi.
Birinchi salib yurishlariga 1)Fransiya, 2)Italiya va 3)Germaniyaning turli viloyatlaridan kelgan ritsarlar to‘plangan. Ular yaxshi qurollangan, zarur ozuqa va pul bilan ta’minlangan edilar. Vizantiya poytaxti Konstantinopolda 1096-yilning kuzidan to‘plana boshlagan ritsarlarga imperator Aleksey I vassallik qasamyodini qabul qildirgan. Ya’ni Yaqin Sharqda tuzilajak xristian davlatlari Vizantiyaga siyosiy qaram bo‘lishi lozim edi. Yurishlar Suriya bilan Falastinda salibchilarning o‘zdavlatlarini tuzishi bilan yakunlanadi. Ularning ichida Quddus qirolligi salibchilarning asosiy davlati edi. Salibchilar Quddusni egallashda birgina jome masjidida 10 ming musulmonni o‘ldiradilar. Yahudiylar o‘z sinagogasi (ibodatxona)da yondirib yuboriladi. Qirg‘in paytida ko‘plab ayollar va bolalar ham halok bo‘ladi. Shaharliklar uyiga bostirib kirgan ritsar eshikka qalqonni osib qo‘yar va bu uy barcha jihozlari bilan yangi xo‘jayinga o‘tganligini anglatar edi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling