7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


-§. FRANKLAR. FRANKLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI


Download 1.37 Mb.
bet5/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

2-§. FRANKLAR. FRANKLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI

  • Buyuk ko‘chishlar boshlanishiga qadar german qabilalariga mansub franklar Reyn daryosi quyi oqimidagi hududlarda yashaganlar.

  • G ‘arbiy Rim imperiyasining inqirozidan keyin Galliyada rim noibi Egidiy mustaqil knyazlik tuzadi.

  • 486-yilda Xlodvig franklar davlatiga asos soladi.

  • Franklar tuzgan davlat dastlab sulolalar nomi bilan atalgan.

  • X asrdan Parij atrofidagi viloyat II de Frans davlat nomiga asos bo‘ladi va u Fransiya deb atala boshlandi.

  • Varvar qabilalari yo‘lboshchilari ichida birinchi bo‘lib Xlodvig xristianlikni Rimdan qabul qiladi.

  • Luara daryosidan shimoldagi german qabilalari esa yana uzoq yillar urug‘ jamoa bo‘lib yashashda davom etganlar.

  • Davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xlodvigning vorislari boshqaruvi paytida qirollar — alohida xizmatlari evaziga jangchilar va yaqin hamkorlariga yirik yer-mulk — benefitsiylar taqdim etganlar.

Benefitsiy

(lotincha) — senyoming o‘z vassaliga harbiy xizmati evaziga in’om etgan yer-mulk. Sharqda u iqto’ deb nomlangan.



Senyor

(lotincha, katta) — o ‘rta asrlarda G ‘arbiy Yevropada ixtiyorida qaram dehqonlari va mayda feodal-vassallari bo‘lgan yer egasi.

Vassallik

G ‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bir feodalning boshqa feodalga bo‘ysunish tartibi.




  • Feodallarning yerlarida VI asr oxiridan boshlab qullar, kolonlardan tashqari o‘z erkinligini yo‘qotgan franklar ham ishlaganlar.

  • Xlodvigning vorislari davrida Burgundiya va Provansni bosib oladi.

  • Franklar germanlarning tyuring, alemann, bavar qabilalarini ham bo‘ysundirib, ularni har yili o‘lpon to‘lashga majbur etadilar.







  • Franklar soliq tartiblarini rimliklardan qabul qilganlar.

  • Mahalliy boshqaruv asosini erkin franklarning yuzlik yig‘inlari tashkil etib, uning boshlig‘i, yuzboshisitungin deb nomlangan.

  • VI asr oxiridan franklarning chek yerlari dehqon oilasining sotishi yoki in’om etishi mumkin bo‘lgan mulki — allodga aylanadi.

  • Qirol Xilperik davrida yangi qonun chiqarilib, u o‘g‘il voris bo‘lmasa, yerni avvalgidek jamoaga emas, marhumning qizi, singlisi yoki ukasiga o‘tish huquqini tasdiqlaydi.

Allod (yunoncha) — yerga to‘la egalik qilish; G‘arbiy Yevropa feodal jamiyatida avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadigan yer-mulk.






T/r

Sali haqiqati haqida ma’lumotlar

1

Xlodvig buyrug‘iga binoan yozilgan franklarning an’anaviy odatlari to‘plami

2

To‘plamning nomi unga faqat franklarning sali qabilasi qonunlari kiritilganligini anglatadi.

3

Qirol, aslida, bu qoidalar orqali biror narsa izohtalab bo‘lsa, buning uchun qirolga murojaat qilinishi, u esa o‘z manfaatlari yuzasidan javob berishini o ‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

4

“Sali haqiqati” franklarda qirol hokimiyatining kuchayganini ko’rsatadi.

5

“Sali haqiqati”da franklar hayoti, ularning urf-odatlari, xo’jaligi, diniy e’tiqodlariga oid ko'plab ma'lumotlar mavjud.


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling