7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


BUYUK KO'CHISHLARNING SABABLARI


Download 1.37 Mb.
bet4/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

BUYUK KO'CHISHLARNING SABABLARI

1)German qabilalarida aholi sonining ko‘payib borishi natijasida yangi yerlarga bo‘lgan talabning oshishi, mulkiy tabaqalanish kuchayishi german qabilalarini yangi hududlarni egallashga undadi.

2)xunnlarning IV asrdan Sharqdan ko‘chishlari va hujumlari ko‘plab
varvar qabilalarini o‘z yerlaridan siljishga majbur qilgan.

3)Yevropada II asrdan iqlimning soviy boshlashi keyingi asrlarda ekinzorlarni qo‘riqqa, suv havzalari va ularga yaqin yerlarni esa
botqoqliklarga aylantirdi.




  • Rim imperiyasining shimoli-sharqiy chegaralari bo‘ylab joylashgan varvar qabilalari milodiy asr boshlarida ham urug‘chilik jamoasi darajasida yashar edilar.




Frank

Vestgot

Ostgot
German qabilalari Vandal Reyn va Elba daryolari
havzasida joylashganlar. Burgund
Langabord


  • Milodiy asr boshlaridan aholi sonining ko‘payishi xo‘jalikda dehqonchilikning ahamiyatini oshiradi.

  • Rimliklar madaniy taraqqiyotning ancha quyi pog‘onasida turuvchi xalqlami ”varvarlar”deb ataganlar.

  • Qadimgi germanlar tarixi haqidagi boy ma’lumotlarni Yuliy Sezarning «Galliya urushi haqida xotiralar» va Rim tarixchisi Tatsitning «Germaniya»asarlarida uchratamiz.




  • Milodiy IV asrdan bahorgi va kuzgi bug‘doy o‘rniga dukkakli ekinlar ekish, haydalgan yerni ikki dalaga bo‘lib (shuning uchun bu uslub ikki dalali almashlab ekish deyiladi) biriga don sepib, ikkinchisini shudgor qilib dam berish hamda ularni har yili almashtirib turish yo‘lga qo‘yilgan.





  • Germanlarda hunarmandchilikning to‘qimachilik , yog‘ochsozlik (xususan, qayiq yasash), zargarlik, terik ko‘nchilik sohalari taraqqiy etgan.

  • Ichki savdoda eng muhim ashyo temir buyumlar hisoblangan.

  • German qabilalari qo‘shnilari bo‘lgan rimliklarga qullar, chorva mollari, teri, kahrabo yetkazib berib, ulardan vino, nafis gazlamalar, sopol idishlar, zeb-ziynat buyumlari olishgan.

  • Savdo mol ayirboshlash shaklida bo‘lib, faqat imperiya bilan chegara hududlarda rim puli ishlatilgan.

  • IV asrda mulkiy tengsizlik kuchayib, jamoalar boylar va kambag‘allarga ajrala boshladi va zodagonlar, erkin kishilar va yarim ozod kishilar toifalari shakllangan.

  • Konung — qabila boshlig‘i, zodagonlarning oliy vakili. Normann qabilalarida — harbiy yo‘lboshchi.

  • German qabilalari IV—V asrlardan keng hududlarni nazorat qiluvchi qabila ittifoqlariga birlasha boshlagan.

  • Alemann, got, frank qabila ittifoqlari bir necha yuz ming kishidan iborat bo‘lgan.






Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling