7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


Download 1.37 Mb.
bet8/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

Armorika Fransiyaning shimoli- g‘arbida joylashgan ,brittlarning ommaviy ko‘chishidan so‘ng Bretan nomini olib, bu nomni hozirga qadar saqlab qolgan.\




Brittlar

kelt qabilalaridan bo‘lib, Britaniyaning asosiy aholisi hisoblangan

Drujina

ko‘ngillilardan iborat harbiy bo‘linma. Ushbu bo‘linma bir nåchà o‘ndàn bir nåchà yuzgàchà jàngchini birlàshtirgàn.






Qirol Artur haqida malumotlar

1

U oroldagi so‘nggi rimliklardan edi.

2

VI asrning boshlarida brittlarni birlashtiradi.

3

Amvrosiy Avrelian angl- sakslar tazyiqini deyarli yarim asrga to‘xtatadi.

4

Dostonchilar uni Artorius yoki Artur deb atay boshlashgan.

5

ritsari Lanselot, qirolicha Jinevra, sehrgar Merlin



  • Bosqinga uchramagan kelt qabilalari Irlandiya va Shotlandiyada, qisman Britaniyaning g‘arbiy chekkasida saqlanib qoladi.

  • Istilochilar Britaniya yerlarida yettita qirollik tuzishadi.\

  • Norvegiya yoki Daniya sohilidan chiqqan kema Britaniya orollariga bir necha kun ichida suzib borgan.

  • Xattotlik san’ati markazlari bo‘lgan Irland monastirlari normannlar tomonidan yondirilgan.




Normannlar 842 yilda Londonni bosib olib, talaydilar va yondirib yuboradilar.




  • Deyarli barcha angl-saks qirolliklari daniyaliklar tomonidan bo‘ysundiriladi. Qarshilikni faqat Uesseks qirolligi davom ettiradi.




Qirol Buyuk Alfred

1

871—900 yillarda hukumronlik qilgan

2

Alfred 879-yilda daniyaliklar bilan tinchlik sulhini tuzadi. Unga binoan, butun orol ikki qismga bo‘linib: janubiy hududlar Alfredga, shimoliy hududlar esa daniyaliklarga beriladi. Chegara London va Chechter oralig‘idagi Qadimgi rimliklar qurdirgan tosh yo‘l bo‘ylab o‘tadi. Skandinavlarga qoldirilgan yerlar Denlo nomini oladi.

3

Alfred tinchlik sulhidan yangi kuchli qo‘shin tuzish uchun foydalandi.Har beshta
angl-saks oltinchisini boqishi va qurollantirishi majburiy etib qo‘yiladi.

4

Alfred daniyaliklar qal’alarni qamal qilishni unchalik
xush ko‘rmasligini anglab, o‘z mulklari chegaralarida ko‘plab qal’alar – burglar barpo ettiradi.

5

Qirol Alfred faqat qo‘shin bilan shug‘ullanmagan. U o‘z davrining ma’lumotli kishisi bo‘lgan.

6

Buyuk Alfred davrida «Anglosakson solnomasi» tuzilib, unda yilma-yil muhim voqealar qayd etila boshlanadi.




  • X asrning so‘nggi choragiga kelganda Angliya qirolligi (bu paytda avvalgi Britaniya nomi yangi Angliya atamasi tomonidan uzil-kesil surib chiqarilgan) Daniya qonunlari viloyatini qo‘shib oladi.

  • Bu davrga kelib, Denloga o‘rnashgan daniyaliklar mahalliy aholi bilan ancha yaqinlashib, aralasha boshlagan edi.

  • Daniya qiroli XI asr boshida ingliz sohiliga o‘z qo‘shinini tushiradi

5-§. MUQADDAS RIM IMPERIYASI

  • Franklar imperiyasi 843-yilda uchga bo‘linib ketganida, dastlab ularning hammasini Buyuk Karlning avlodlari boshqargan.

  • 919-yili Sharqiy Frank qirolligida (bo‘lajak Germaniya) mahalliy zodagonlar knyazlardan eng qudratlisi bo‘lgan Saksoniya gersogi Genrixni qirollikka saylaydilar.\




GENRIX I

Genrix I uzoqni ko‘zlab, aql bilan ish boshlab mamlakatni kuchaytirish
yo‘lini tutadi.



Vengerlar bilan 9 yilga tinchlik sulhi tuzadi

Genrix qishloqda yashaydigan har 9 kishidan bittasini tanlab, uni burg (qal’a)ga ko‘chiradi.

Genrix barcha yig‘inlar, cherkov soborlarini, bazmlarni burgda o‘tkazishni buyuradi.




  • Genrix I ning o‘g‘li Otton I (936–973) davrida kuchli nemis otliq qo‘shini vujudga keldi. Uning asosini og‘ir qurollangan ritsarlar otliq qo‘shini tashkil etgan.

  • 955-yilda Bavariyaning Lex daryosi bo‘yida bo‘lib o‘tgan og‘ir jangda vengerlar mag‘lub etiladi. Shundan so‘ng ularning Germaniyaga bosqinlari to‘xtaydi.

  • 962-yilda o‘z qo‘shini bilan Rimga kelgan Otton I ga papa Ioann XII imperatorlik tojini kiydiradi.

  • Yangi imperiya – Muqaddas Rim imperiyasi nomini oladi.

  • Imperiya tarkibiga Germaniya yerlaridan tashqari Italiyaning shimoliy hududlari ham kirgan, lekin bu yerdagi shaharlar german imperatorlariga hech qachon to‘liq bo‘ysunmagan.

  • German imperatorlari o‘z davlatlarini qadimgi Rimning davomchisi deb hisoblaganlar

  • «Dunyo mo‘jizasi » - Otton I ning nabirasi Otton III.




Muqaddas Rim imperiyasi 962-yildan 1806-yilgacha hukm surgan. Xristian katolik cherkovi


homiyligida bo‘lgani uchun unga «muqaddas» nomi berilgan.

  • X asrda Germaniya aholisi imperatorga nisbatan o‘z gersoglarining gapiga ko‘proq quloq solgan.

  • Imperatorning o‘zi esa kerakli odamni cherkov lavozimiga tayinlagan, zarur bo‘lsa yepiskoplarni va hatto, Rim papalarini hech qiyinchiliksiz almashtirgan.

  • Xususan, Otton I Rimda ko‘plab yepiskoplar ishtirokida o‘zi yoqtirmagan papalardan birining ustidan sud jarayonini uyushtirib, uni tahqirli holatda vazifasidan chetlatgan.

  • Otton III o‘zining ustozi Gerbertning Silvestr III (999–1003) nomi bilan Rim papaligiga saylanishiga

erishgan



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling