7-sinf jahon tarixi fanidan mavzulashtirilgan
Download 0.76 Mb.
|
7-Sinf Jahon tarixi mavzu.
003-Franklar imperiyasi (37)
Savollar va javobi1. 742-814 yillarda kim yashagan? Buyuk Karl 2. 714-768 yillarda kim yashagan? Pipin Pakana 3. 768-814 yillarda Franklar qirolligini kim boshqargan? Buyuk Karl 4. 800 yildan Franklar imperiyasini kim boshqargan? Buyuk Karl 5. Franklar davlatida Karolinglar sulolasiga kim asos solgan? Pipin Pakana 6. Buyuk Karl necha yil Franklar qirolligini boshqargan? 46 yil 7. Buyuk Karl nechta harbiy yurishga boshchilik qilgan? 53 8. Kimning ismidan «korol», ya’ni «qirol» unvoni kelib chiqqan? Buyuk Karl 9. Buyuk Karlning dastlabki harbiy yurishlari qayerda boshlanadi? Italiyadan 10. Buyuk Karlning dastlabki harbiy yurishlari qachon boshlanadi? 773 yil 11. Germanlarning langobard qabilasi qayerda davlat tuzgan? Italiyada 12. Langobardlarning qaysi qiroli Buyuk Karl tomonidan mag`lub etilganidan so`ng sochi olinib monastirga jo`natiladi? Dezideriy 13. Langobardlar qiroli Buyuk Karl tomonidan mag`lub etilgandan so`ng, sochi olinib qayerga jo`natiladi? Korvey monastiriga 14. Ilk o`rta asrlarda Yevropada nima toju-taxt ramzi hisoblangan? Uzun soch 15. Qachon Buyuk Karl Ispaniyaga dastlabki muvafaqiyatsiz yurish qiladi? 778 yil 16. Ispaniyada arablarga qarshi jangda Buyuk Karlning jiyani, graf … halok bo`ladi? Roland 17. Buyuk Karlning keyingi yurishlari davomida Pireneya yarimorolining arablardan tortib olingan hududlarida nima tashkil etilgan? Ispan markasi 18. Buyuk Karlning Reyn daryosini o`ng sohilida yashagan qaysi qabilalarga qarshi urushlari 30 yildan ortiq (772-804) davom etadi? Saks 19. Rim mahalliy zodagonlari qachon papaga qarshi isyon ko`tardilar? 800 yil 20. Rim mahalliy zodagonlari qaysi papaga qarshi isyon ko`tardilar? Lev III 21. Rim papasi qachon Buyuk Karlga imperatorlik tojini kiydiradi? 800 yil 22. Qaysi Rim papasi Buyuk Karlga imperatorlik tojini kiydiradi? Lev III 23. Rim papasi qayerda Buyuk Karlga imperatorlik tojini kiydiradi? Rimdagi Avliyo Pyotr ibodatxonasida 24. O’rta asrlarda qaysi davlatning doimiy poytaxti yo`q edi? Buyuk Karl davlatini 25. Ritsar nemischa «ritter» so`zidan olingan bo`lib qanday ma’noni bildiradi? Otliq 26. Qaysi so`z nemischa qo`rg`on, mulk degan ma’noni anglatadi? Feod 27. Franklar davlatida yirik qabilalarni kimlar boshqargan? Gersoglar 28. Qaysi tarixiy atama nemischa saylangan harbiy yo`lboshchi, keyinchalik merosiy qabila boshlig`i degan ma’noni anglatadi? Gersog 29. Franklar davlatida qaysi unvon davrlar o`tib eng yuksak unvonlardan biriga aylanadi? Gersog 30. Qaysi tarixiy atama qirol tayinlagan amaldor degan ma’noni anglatadi? Graf 31. Buyuk Karl o`z davlati chegaralarini mustahkamlash uchun nima tuzadi? Marka 32. Qaysi tarixiy atama nemischa chegara harbiy viloyat degan ma’noni anglatadi? Marka 33. Qaysi tarixiy atama nemischa chegara viloyat hokimi degan ma’noni anglatadi? Markgraf 34. Qaysi arab xalifasi o`z elchilari orqali Buyuk Karlga qimmatbaho sovg`alar bilan birga Quddusdagi Iso payg`ambar qabri joylashgan yerni ham taqdim etadi? Horun ar-Rashid 35. Verden shartnomasi qachon imzolangan? 843 yilda 36. Franklar imperiyasi qachon parchalanib ketdi? 843 yilda 37. Franklar imperiyasi o`rnida keyinchalik qaysi davlatlar tashkil topadi? Fransiya, Germaniya, Italiya Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling