7-sinf jahon tarixi fanidan mavzulashtirilgan
Download 0.76 Mb.
|
7-Sinf Jahon tarixi mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollar va javobi
012-Xalifalik mamlakatlari madaniyati (15)
Savollar va javobi1. 786~809 yillarda kim arab xalifasi bo`lgan? Horun ar-Rashid 2. «Bayt ul~hikma» ~ donishmandlik uyi qaysi xalifa saroyida tashkil etilgan? Horun ar-Rashid 3. Qachon «Bayt ul~hikma» ~ donishmandlik uyi tashkil etilgan? IX asr boshlarida 4. Kim matematika tarixida birinchi bo`lib algebra faniga asos soladi? Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy 5. Arab xalifaligining qaysi shaharlarida rasadxonalar barpo etilgan? Bag`dod va Damashq 6. Musulmon adabiyoti dastlab qaysi tilda yaratilgan? Arab 7. Musulmon adabiyoti nechanchi asrdan fors tiliga tarjima qilina boshlaydi? X asrdan 8. Sarguzashtlar, afsona va ertaklar asosida yaratilgan arab adabiyotining ajoyib durdonasi? «Ming bir kecha» 9. Al-Humro saroyi qayerda bunyod etilgan? Grenadada 10. Hasan masjidi qayerda bunyod etilgan? Qohirada 11. Ismoil Somoniy maqbarasi qayerda bunyod etilgan? Buxoroda 12. Qaysi dinda tirik jonzotlarni tasvirlash ta’qiqlangani haqidagi aqida keng tarqalgan? Islom 13. Arab yozuvi qayerda oromiylar yoki arab xristianlari ixtiro qilgan oromiy alifbosi asosida yaratilgan? Suriyada 14. Arab yozuvi qachon oromiylar yoki arab xristianlari ixtiro qilgan oromiy alifbosi asosida yaratilgan? VI asrda 15. Arab yozuvi necha harfdan iborat? 28 ta 013-Hindiston ilk o'rta asrlarda (22) Savollar va javobi1. Kushonlar imperiyasining inqirozidan so`ng Hindistonda hokimiyatni kim egallaydi? Chandragupta I 2. 320~340 yillarda Hindistonda kim hukmronlik qilgan? Chandragupta I 3. Guptalar davlati qachon tashkil topgan? 320 yilda 4. Guptalar davlatining poytaxti? Pataliputra 5. Nechanchi asrlarda Guptalar imperiyasi gullab-yashnaydi? IV asrning oxiri V asr boshlarida 6. Hindistonda qaysi imperiya davrida mulkchilik munosabatlari shakllana boshladi? Guptalar imperiyasi 7. Nechanchi asrlarda Hindistonda yer egalari tabaqasi shakllandi? IV-V asrlarda 8. Hindistonda qaysi toifaga mansublar mayit va hatto o`lgan hayvonlarga ham tegishi mumkin emasdi? Braxmanlar 9. Hindistonda qaysi toifaga mansublar soqolini o`zi olish, kirlarni yuvishi ham ta’qiqlangan? Braxmanlar 10. Hindistonda qaysi toifaga mansublar hayvon terisini shilishgan? Shudralar 11. Hindistonda qaysi toifaga mansublar supurish~sidirish ishlarini qilganlar? Shudralar 12. VI asrda shimoli~g`arbdan kimlarning bostirib kirishlari natijasida Hindistonda Guptalar imperiyasi parchalanib, mamlakatning katta qismi istilochilar qo`liga o`tadi? Eftaliylar 13. VII asrda Hindistonda bo`lgan Xitoy tarixchisi? Syuan Szyan 14. VII asrda Hindistonda bo`lgan Xitoy tarixchisining yozishicha, Hindistonda qancha katta-kichik knyazliklar bo`lgan? 70 ta 15. Hindistonda in’om etilgan yer maydoni nima deb ataladi? Grass 16. Qaysi so`z «bo`lak» yoki «qultum» degan ma’noni anglatadi? Grass 17. Hindistonda qaysi yer evaziga harbiy xizmat o`tab berish lozim bo`lgan? Grass 18. Hindistonda o`z xonadoniga mansub bo`lmagan amaldorlarga rojalar yerni ma’lum muddatga foydalanishga berganlar, bunday yerlar qanday nomlangan? Patta 19. G`azna hukmdori qo`shinlari XI asr boshlarida Hindiston shimoliga necha marta bosqinchilik yurishlari uyushtirgan? 17 marta 20. Qaysi G`azna hukmdori qo`shinlari XI asr boshlarida Hindiston shimoliga bosqinchilik yurishlari uyushtirgan? Mahmud G`aznaviy 21. Hindistonda qaysi port~shaharni «dengiz xo`jayini» deb atashardi? Kalikutni 22. Hindiston katta qoyatoshlar, g`orlar ichiga o`yib ishlangan ibodatxonalar ichida eng mashhuri? Ajanta Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling