7-sinf o’zbekiston tarixi


Download 212.64 Kb.
bet63/69
Sana17.06.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1541922
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69
Bog'liq
7-sinf O\'zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to\'plami

033-Mamlakat obodonchiligi yo’lida (15)

Savollar va javobi


1. Amir Temur o’zining obodonchilik ishlarini amalga oshirar ekan, Bag’dod shahrida qanday inshoot qurdiradi?
 madrasa
2. Amir Temur o’zining obodonchilik ishlarini amalga oshirar ekan, Tabriz shahrida qanday inshoot qurdiradi?
 masjid
3. Amir Temur o’zining obodonchilik ishlarini amalga oshirar ekan, Sheroz shahrida qanday inshoot qurdiradi?
 saroy
4. Amir Temur tomonidan qurilgan Oqsaroy qayerda bunyod etilgan edi?
Shahrisabz
5. "Agar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq" degan mashhur xitobnoma qayerda yozilgan edi?
 Shahrisabzdagi Oqsaroyda
6. Amir Temur tomonidan qaytadan bunyod etilgan Samarqand tevaragi necha darvozali qal’a bilan o’ralib chiqadi?
 6 ta
7. Quyidagilardan qay biri Amir Temur davrida Samarqand darvozasi bo'lmagan?
Namozgoh
8. Amir Temur qarorgohlaridan qay biri to’rt qavatli bo’lgan?
 Ko’ksaroy
9. 1404 yilda Samarqandda bo'lgan Klavixo qaysi davlatning elchisi bo'lgan?
 Ispaniya
10. Amir Temur ispan elchisini o’zi bunyod etgan qaysi bog’da qabul qilgan edi?
 Bog’i Dilkusho
11. Amir Temurning mashhur bog'laridan bo'lgan Bog'i Dilkusho Samarqandning qay tarafida joylashgan edi?
sharqida
12. Amir Temur davrida Movarounnahrga Xurosondan nimalar olib kelingan?
 ma'danlar
13. Amir Temur davrida Movarounnahrga Hind va Sinddan nimalar olib kelingan?
 yoqut, olmos
14. Amir Temur davrida Movarounnahrga Xitoydan nimalar olib kelingan?
 atlas, choy, yashin toshi, mushk
15. 1404-yilda Samarqandda bo'lgan Ispaniya elchisi Klavixo qayerdan 800 tuyalik karvon kelganini yozib qoldirgan?
 Xonbaliqdan


034-G’arbiy Yevropa davlatlari bilan aloqalar (12)

Savollar va javobi


1. Boyaziddan mag'lubiyatga uchragan Kichik Osiyo mamlakatlari hukmdorlari Amir Temurning qayerdagi qarorgohiga borib panoh topgan edilar?
 Qorabog'dagi
2. Amir Temur Boyazid bilan to'qnashuvda qayerning kemalaridan foydalanishni ko'zlagan edi?
Konstantinopol va Trapezund
3. 1402 yil 15 may kuni Amir Temur kimga xat yo’llaydi?
 Konstantinopol noibi Ioann VII Paleolog
4. Amir Temur 1402 yil yozida kimlarga maxsus elchilar orqali xat jo'natgan edi?
 Fransiya va Angliyaga
5. Amir Temurning elchilari qachon Parijga yetib borgan edilar?
 1403 yilning mayida
6. 1403 yilning 15 iyunida kim Amir Temurga javob maktubi jo'natgan edi?
 Fransiya qiroli Karl VI
7. Amir Temurning Angliya qiroli Genrix IV bilan munosabatlarida faol ishtirok etgan shaxsni aniqlang.
 g'arbiy viloyatlar hukmdori Mironshoh
8. Amir Temurning qaysi o’g’li G’arbda “katolik dinining xomiysi” nomi bilan mashhur bo’lgan?
 Mironshoh
9. Amir Temurning Ispaniyaga jo'natgan elchisini aniqlang.
 Muhammadqozi
10. Klavixo boschiligidagi Ispaniya elchilari qachon Samarqandda bo'lgan edilar?
 1404 yilning sentabr-noyabr oylarida
11. Amir Temur qarorgohidagi elchilar nimaga 1404 yilning 21 noyabrida Samarqanddan jo'natib yuborilgan edilar?
 Amir Temurning Xitoyga yurishi boshlanishi munosabati bilan
12. “Buyuk Temur tarixi” va “Temur qarorgohi” asarlarining muallifini aniqlang.
 Klavixo



Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling