7-sinf o’zbekiston tarixi
Download 212.64 Kb.
|
7-sinf O\'zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollar va javobi
030-Amir Temur - markazlashgan davlat asoschisi (14)
Savollar va javobi1. Amir Temurning hokimiyatga kelishini qo'llab quvvatlagan Sayyid Baraka qayerda unga tabl va yalov bergan edi? Termiz yaqinidagi Biyo qishlog'ida 2. O’rta asrlarda tabl va yalov nimaning ramzi bo’lgan? oliy hokimiyatning 3. Balx shahri Amir Temurga taslim bo’lgan sanani aniqlang. 1370 yil 10 aprel 4. Amir Temur qachon qurultoy o'tkazadi? 1370-yil 11-aprel 5. 1370 yilda Amir Temur Samarqandda qurultoy chaqirganida qurultoyda ishtirok etmagan amir Zinda Chashm qayerning hokimi edi? Shibirg’on 6. Amir Temur tomonidan 1370 yilda bo'ysundirgan hududni aniqlang. Shibirg’on 7. Amir Temur hukmronligi yillarida Yassi deb qaysi hudud aytilgan? Turkiston 8. Amir Temur 1381 yilda qo'lga kiritgan shahar va hududlarni aniqlang. Hirot, Seiston, Mozandaron 9. Amir Temurga jangsiz taslim bo’lgan hududlarni aniqlang. A va C 10. Mo'gullar davrida bo'linib ketgan Shimoliy Xorazm qaysi davlatga qaram edi? Oltin O'rda 11. Chig’atoy ulusiga bo’ysungan Janubiy Xorazmning markazi qaysi shahar bo’lgan? Kat 12. XIV asrning 60-yillari oxirida Oltin O'rdadagi g'alayonlardan foydalanib, kimlar Shimoliy Xorazmda hokimiyatni qo'lga kiritgan edilar? Qo'ng'irot so'fiylari 13. Amir Temir Xorazmga dastlabki yurishini qilgan yilni aniqlang. 1372 yil 14. Amir Temur Xorazmni uzil-kesil bo’ysundirgan sanani aniqlang. 1388 yil 031-Amir Temurning harbiy yurishlari (29) Savollar va javobi1. Amir Temur davlati tashkil topayotgan davrda unga katta xavf solib turgan davlatni aniqlang. A va B 2. Amir Temur Oltin O'rdaga nisbatan qanday siyosat olib borgan edi? hamma javob to'g'ri 3. Amir Temur yordamida Oltin O’rda taxtini egallagan shaxsni aniqlang. To’xtamishxon 4. Amir Temur xoin To'xtamishxonga qarshi necha marta yurish qilgan edi? uch marta 5. Amir Temur va To’xtamishxon o’rtasida bo’lib o’tgan so’nggi jangi qayerda bo’lib o’tadi? Shimoliy Kavkazda 6. 1395 yil aprelda bo'lib o'tgan jangda Amir Temur To'xtamishxon qo'shinlariga qarshi qanday taktika qo'llaydi? dushmanga qarshi otdan tushib, uni kamondan o'qqa tutish 7. Rus tarixchilaridan kimlar Amir Temurning To'xtamishxon ustidan g'alabasi Rus knyazliklarining birlashishlari uchun buyuk ahamiyat kasb etgan deb yozishgan edi? B.D.Grekov, A.Yu.Yakubovskiy 8. Amir Temur davrida Shom deb qaysi davlat atalgan? Suriya 9. Amir Temurning uch yillik yurishi bo’lib o’tgan yillarni aniqlang. 1386-1388 yillar 10. Amir Temurning uch yillik yurishlari davomida bosib olingan hududlarni aniqlang. Eron, Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Armanistondagi yerlar 11. Amir Temurning besh yillik yurishlari bo'lib o'tgan yillarni aniqlang. 1392-1396 yillar 12. Amir Temur yurishlari davrida muzaffariylar, jaloyiriylar sulolasiga mansub hukmdorlar qayerda faoliyat yuritar edilar? Eronda 13. 1398-1399 yillarda Amir Temur qaysi hududni bosib olgan edi? Hindiston 14. Amir Temurning besh yillik yurishlarida bosib olingan hududlarni aniqlang. G’arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkaz 15. Amir Temurning yetti yillik yurishlari bo'lib o'tgan yillarni aniqlang. 1399-1404 yillar 16. Yildirim so'zining ma'nosini aniqlang. chaqmoq, yashin 17. Anqara jangida Amir Temur qo'shinlari soni qancha edi? 200 ming 18. Amir Temur va Sulton Boyazid o’rtasidagi Anqara jangi bo’lib o’tgan sanani aniqlang. 1402 yil 20 iyul 19. Anqara jangida Amir Temur Sulton Boyazid bilan yana kimni asirga olgan edi? Muso Chalabiy 20. 1403 yil 9 martda…. Sulton Boyazid asirlikda vafot etdi 21. Amir Temur qaysi shaharni ishg’ol etganidan keyin salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham berdi? Izmir 22. Anqara jangidan keyin Amir Temurga itoatkorlik izhor etgan davlatni aniqlang. Misr 23. Anqara jangidan keyin Amir Temurni muborakbod etgan Fransiya qirolini va uning hukmronlik yillarini aniqlang? Karl VI 1380-1422-yillar 24. Anqara jangidan keyin Amir Temurni muborakbod etgan Genrix III qayerning hukmdori va uning hukmronlik yillarini ayting? Kastiliya va Leon 1390-1407-yillar 25. Amir Temurning hukmronlik yillarini belgilang? 1370-1405-yillar 26. Anqara jangidan keyin Amir Temurni muborakbod etgan Angliya qiroli Genrix IV hukmronlik qilgan yillarni aniqlang. 1399-1413 yillar 27. 1404 yil 27 noyabrda Amir Temur qayerni bosib olish uchun qo'shin bilan yurishga otlangan edi? Xitoy 28. Amir Temur o'z yurishlari davrida qaysi davlatdagi siyosiy tarqoqlik va boshboshdoqliklarga barham bergan edi? hamma javob to'g'ri 29. Amir Temur tomonidan qayta qurilgan shaharni aniqlang. h.j.t Download 212.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling