7-sinf uchun ona tili va adabiyot fanidan test


Download 54.5 Kb.
Sana06.11.2020
Hajmi54.5 Kb.
#141446
Bog'liq
7-синф тестлар


7-SINF UCHUN ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN TEST


  1. Mening onam shifokor. Gapda qaydan munosabat shakli qo’llangan?

a) lug’aviy shakl b) egalik shakli

c) kelishik shakli d) kelishik va egalik shakli




  1. Qaysi qatordagi qo’shimchalar ismlarni boshqa so’zlarga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladi?

a) egalik qo’shimchalari b) kelishik qo’shimchalari

c) bog’lamalar d) so’z yasovchi qo’shimchalar




  1. Uning xovlisini ko’rib, Saidaning og’zi ochilib qoldi. Ushbu gapdagi qaralmish qaysi javobda berilgan?

a) uning, Saidaning b) hovlisi, og’zi

c) ko’rib, ochilib d) ko’rib, qoldi




  1. U o’qish niyatida shaharga yo’l oldi. Jo’nalish kelishigi shakldagi so’z gapda qanday vazifada kelgan?

a) ega b) kesim c) to’ldiruvchi d) hol


  1. Ismlarning munosabat shakllari qo’shimchalarning qaysi turiga kiradi?

a) sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalari

b) lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalari

c) so’z yasovchi qo’shimchalari

d) munosabat shakllari qo’shimchalarning hech qaysi turiga kirmaydi




  1. Egalik qo’shimchasini olgan so’z o’zi bog’langan so’zda qaysi kelishik qo’shimchasining bo’lishini talab qiladi?

a) qaratqich kelishigi b) tushum kelishigi

c) jo’nalish kelishigi d) o’rin-payt kelishigi




  1. Ismlarning egalik qo’shimchalari bilan shaxs va sonda hamda kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishiga nima deyiladi?

a) so’z yasalishi b) tuslanish

c) so’z o’zgarishi d) turlanish




  1. Xovlidan oy yanglig’ go’zal qiz chiqib keldi. Gapdagi kshmakchining ma`nosini aniqlang.

a) chegara ma`nosi b) maqsad ma`nosi

c) o’xshatish ma`nosi d) yo’naltirish ma`nosi




  1. Qaysi qatordagi birikmalarda –i egalik ko’shimchasi qarashlilik ma`nosini bildirayapti?

a) Farg’ona viloyati b) O’zbekiston Respublikasi

c) Mustaqillik maydoni d) O’tkir Hoshimov asarlari



  1. Atash ma`noli so’zlar yoki ular o’rnida qo’llanib, ma`lum so’roqlarga javob buluvchi va gapda ma`lum gap bo’lagi vazifasida keluvchi so’zlar...

a) mustaqil so’zlar b) yordamchi so’zlar

c) alohida so’zlar d) undalmalar




  1. Qaysi kelishik qo’shimchasi butundan qism ma`nosini anglatadi?

a) qaratqich kelishigi b) tushum kelishigi

c) o’rin-payt kelishigi d) chiqish kelishigi




  1. Qaysi qatordagi qo’shimchalar yangi so’z hosil qiladi?

a) –ga, –da, –dan b) –chi, –dosh, –kor

c) –la, –illa, –a d) –zor, –iston, –loq, –la




  1. Qaysi adib 1914-1915 yillarda “Yangi saodat”, “Uchrashuv” singari milliy romanlar yaratgan?

a) Abdurauf Fitrat b) Hamza Hakimzoda Niyoziy

c) Abdulla Qodiriy d) Umar Sayfiddin




  1. Tushuntirish va tasvirlash so’zlariga berilgan to’g’ri izoxni belgilang.

a) tushuntirish fanga ham, adabiyotga ham xos

b) tasvirlash fanga ham, adabiyotga ham xos

c) fan tasvirlaydi, adabiyot tushuntiradi

d) fan “nima bo’lganini” tushuntiradi, adabiyot “qanday bo’lganini” tasvirlaydi




  1. Qaysi qatorda Asqad Muxtor asarlari berilgan?

a) “Jamila”, “Asrga tabigullik kun”, “Qiyomat”

b) “Chinor”, “Opa-singillar”, “Buxoroning jin ko’chalari”

c) “Oq olti”, “To’lqinlar”, “Qush tili”

d) “Cho’loq turna”, “Tuproq ko’chalar”, “Bulut to’sgan ov”




  1. Omonatga xiyonat qilmaslik kabi olijanob tuyg’ular qaysi asarning g’oyasi hisoblanadi

a) “Jannat qidirganlar” b) “Qiyomat qarz”

c) “Oltin zanglamas” d) “Guldursun”




  1. Xalq dostonlarida qahramonning harakati tezlashgan holatlar necha bo’g’inli barmoq vaznida kuylanadi

a) o’n bir hijoli vaznda b) to’qqiz bo’g’inli vaznda

c) sakkiz bo’g’ingi vaznda d) etti hijoli vaznda




  1. “Mehr va Suhayl” hikoyasida mas’ulliyatli damda shaxsiy ishtiyoqi tufayli asirga tushgan obrazni ko’rsating

a) Navdar b) No’mon c) Mehr d) Suhayl


  1. A. Navoiyning “Mehr va Suhayl” asarida Jobir qo’lida asira bo’lib turgan Mehr Suhayl ishqida vola-yu zor bo’lib, bog’ni aylanib yuradi. Bu bog’da xilma-xil daraxtlar ko’p ammo bir guldan bo’lak gul yo’q edi. Bu gulning nomi qaysi javobda ko’rsatilgan?

a) Atirgul b) Nilufar c) Lola d) Binafsha


  1. Mayni qo’yki, vola-u zor ul

Jon berib vasliga xaridor ul”

Baytda shoir qanday she’riy san’atdan foydalangan?

a) tanosub b) tazod c) tashbeh d) iyhom


  1. “Daxshat” hikoyasida qorong’ida go’ristonda choy qaynatib, damlab qaytayotgan Unsunning yelkasiga kim yoki nimaminib oladi?

  2. Raviy haqida ma’lumot bering

  3. Ravshanbekka xosiyatli uzukni kim beradi?

  4. Na…na inkor bog’lovchisi qo’llangan gaplarning kesimi qanday shaklda bo’ladi?

  5. Qaysi kelishik shakllari doimo bir xil gap bo’lagi vasifasida keladi?



KALITI


    1. D

    2. B

    3. B

    4. D

    5. A

    6. A

    7. D

    8. C

    9. D

    10. A

    11. D

    12. B

    13. B







    14. D

    15. A

    16. B

    17. A

    18. Dodxonning maymuni

    19. Raviy –ohangdoshlikni tashkil etuvchi asos yoki negiz oxiridagi har bir qofiyadosh so’zdagi bir xil tovush

    20. Og’a yunus pari

    21. Bo’lishli shaklda

    22. Qaratqich kelishigi (ning-aniqlovchi), tushum kelishigi (-ni-to’ldiruvchi)



8-SINF ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN TEST


  1. So’zning gapda gap bo’lagi vazifasida kelishi so’z turkumlarining qanday belgisi hisoblanadi?

a ) morfologik belgisi b) sintaktik belgisi

c) leksik belgisi d) uslubiy belgisi




  1. So’z birikmalarida hokim so’z boshqa so’zlar bilan qanday yo’l orqali bog’lanadi.

a) faqat teng bog’lanish bilan

b) teng va tobe bog’lanish bilan

c) faqat tobe bog’lanish bilan

d) kelishiklar va ko’makchilar orqali bog’lanishi mumkin




  1. Qaysi qatorda tobe so’z bilan hokim so’zning faqat moslashuvi birikishi berilgan?

a) buloq suvi, oq paxta, ilonning yog’i

b) maktab kutubxonasi, bog’ eshigi,bahor havosi

c) tonggi konsert, baxmal ko’rpa,toza kuylak

d) yer yong’oq, bizning uy, kitob muqovasi




  1. So’z qo’shilmasidagi so’zlarning tobe bog’lanishi qaysiqatorda berilgan?

a) yoritadi, ammo isitmaydi b) dam qizarib, dam oqardi

c) taklif mulohazalar d) to’lqinlanib gapirmoq




  1. qaysi qatorda otli birikma berilgan?

a) chiroyli yozmoq b) yaxshi kayfiyat

c) kitobni o’qib d) hikoyani bayon qilmoq




  1. Keltirilgan atamalarning qaysi biri sintaksisga tegishli

a) Orttirma nisbat b) Modal soz

c) Taqlid so’z d) Tobe so’z




  1. Qaysi qatorda tobe so’z bilan hokim so’zning moslashuvli birikishi berilgan?

a) Do’stga sadoqat b) Chiroyli yozmoq

c) Maktab hovlisi d) Suv bilan to’ldirmoq




  1. Boshqaruv yo’li bilan birikkan so’z birikmalari qatorini aniqlang

a) kichik korxona, yakuniy baho

b) san’at bayrami, dugonamning singlisi

c) olma terish, sayr haqida suhbatlashish

d)Valining uyi,paxtakorlar yutug’i




  1. Misollarning qaysi biri ritorik so’roq gap?

a) Shunday go’zal yur dunyoning qayerida bor?

b) Xo’sh o’zingizning ahvolingiz qanday do’stim?

c) Soatim to’xtab qolibdi?- Buzilibdimi?

d) Nimadan xafasiz? Kim xafa qildi?




  1. Biri ikkinchisiga tobe bo’lgan bo’laklar o’zaro grammatik shakllar yordamisiz bog’lansa, qanday aloqa sanaladi?

a) Teng aloqa b) Bitishuvli aloqa

c) Boshqaruvli aloqa d) Moslashuvli aloqa




  1. Berilgan birikmalarning qaysilarida sifat boshqaruvchi vasifasida kelgan?

a) kamalakdek egik, onadek aziz

b) qalampirdan achchiq, men uchun aziz

c) asalday shirin, nonday aziz

d) barchasida sifat boshqaruvchi vazifasida kelgan




  1. Quyidagi gapda ega qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan? Yurgan-daryo, o’tirgan –bo’yro

a) Ot bilan b) Otlashgan sifat bilan

c) Fe’l bilan d) Otlashgan sifatdosh bilan




  1. Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” dostonini tugallagach uni kimga taqdim etadi?

a) Eltarash xoqonga b) Nosriddin To’qbug’axonga

c) Tavg’ach ulug’ Bug’ra Qoraxonga d) Bug’u Tarxonga




  1. A.Navoiy “Majolis un-nafois” tazkirasida qaysi ijodkorni “...o’z zamonasining malik ul-kalomi erdi...” deb ta`riflaydi?

a) Yusuf Xos Hojib b) Lutfiyni

c) Xorazmiyni d) Atoiyni




  1. “Qutadg’u bilig” asaridagi qahramonlar qanday razmiy ma`noga ega? Bir biriga mos javoblarni belgilang.

1) Kuntug’di 2) Oyto’ldi 3) O’qdirmish 4) O’zg’urmish

a) qanoat, ofiyat, ya`ni sog’lomlik ramzi; b) aql va zakovat ramzi; c) adolat ramzi; d) baxt va davlat ramzi


a) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a b) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b

c) 1-a, 2-d, 3-c, 4-a d) 1-b, 2-c, 3-b, 4-d




  1. Nodiraning turkiy devonida nechta g’azal mavjud?

a) 189 ta b) 169 ta c) 150 ta d) 192 ta


  1. Hamzaning “Zaharli hayot...” dramasining so’nggi to’rtinchi sahnasi qanday tugaydi?

a) Maryamxonning zahar ichib o’lishi bilan

b) Maryamxonning onasi – soraning ohu nolalari bilan

c) yozuvchi izohi bilan

d) Mahmudxonning Maryamxon qabri oldida o’zini o’ldirish bilan




  1. “Kuntug’mish” dostonida qaysi holatlar, asosan she`riy yo’l bilan ifodalanadi?

1) voqealar 2) sarguzashlar 3) qahramonlar tavsifi 4) ruhiy kechinmalar

a) 1, 2 b) 2, 3 c) 2, 4 d) 3, 4




  1. A.Navoiyning bir g’azalida “deyin” so’zi necha marta takrorlanadi?

a) 25 b) 10 c) 15 d) 20


  1. Nodiraning “Firoqnoma” asari bilan qaysi shoirning she`ri o’rtasida bog’liqliq bor?

a) A.Oripovning “Ayol” she`ri

b) A.Oripovning “Onajon” she`ri

c) M.YUsufning “O’zbekning ayollari” she`ri

d) M.YUsufning “Turkistonning onalari” she`ri




  1. “Qutadg’u bilig” asarida bek ikki narsa bilan elni buzadi, degan fikr aytilgan. Bu ikki narsa nima?

  2. “Kuntug’mish” dostonida Qoraxon podsho Kuntug’mishni davolash uchun kimlarni chaqiradi?

  3. Hamzaning o’zbek dramaturgiyasini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan 1926-1927-yillarda yaratilgan draalarini belgilang.

  4. Gaplar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

  5. Qanday xususiyatiga ko’ra gaplar sodda va qo’shma turlarga ajratiladi?



KALITI


  1. B

  2. C

  3. B

  4. D

  5. B

  6. D

  7. C

  8. C

  9. A

  10. B

  11. B

  12. D

  13. C

  14. B

  15. A

  16. A

  17. D

  18. D

  19. D

  20. A

  21. Zo’rlik va qo’lillik.

  22. Qushnochni olib kelib qoqdirib, baxshini olib kelib o’qitib, eshonni olib kelib, xalqqa qilib qarata berdi.

  23. “Faranji sirlari”, “Maysaraning ishi”.

  24. Sodda va qo’shma gaplar.

  25. Grammatik asosiga ko’ra.

Download 54.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling