7 Tish kasalliklarida. Xasanova G
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari
Qoraqat- Ribes nigrum L. (ruscha - smorodina chernaya, qozoqcha
- taskaragat, karagat). Qoraqat - qoraqatdoshlar oilasiga kiruvchi o`simlik bo`lib, bo`yi 1 - 1,5 m keladi. Barglari oddiy 3-4 bo`lakli poyada bandi bilan ketma-ket o`rnashgan. Gullari shingil, mayda, ikki uyli. Mevasi turiga karab, qora, qizil tillorang bo`lishi mumkin. Mevalar xushbo`y, yumaloq, ko`purug`li meva.
52
Qoraqatning 150 turi qayd etilgan. O`zbekistonda qoraqatning 5 turi ma`lum bo`lib, shundan 2 turi tabiiy holda uchraydi. Qoraqat tabiiy holda namli joylarda, oqar suv bo`ylarida, o`tloqlarda uchrashi mumkin. O`simlik may-iyun oyida gullab, mevalari iyun-avgustda yetiladi, ularning vazni 4 g gacha borishi mumkin. Qoraqatning mevalari, barglari hamda g`unchalari dorivorligi bilan ma`lum. Qoraqat mevalari tarkibida 4,5-12,8% qand moddalari, 2-4,5% organik kislotalar (olma, limon, qahrabo va boshqa), mineral tuzlar, jumladan kaliy (365 mg), temir (0,9 mg), vitaminlardan S (80-400 mg), R, V2, V6) E, K, flavonoidlar bor, marganets, rux, molibden, kobalt, mis, yod kabi elementlar jo bo`lgan. Qoraqatning barglarida salmoqli miqdorda vitamin S va efir moylari mavjud.
Zamonaviy tibbiyotda qoraqat o`simligining dorivor preparatlari (damlama, qaynatma) lavsha (singa) kasalligida va boshqa avitaminoz bilan bog`liq xastaliklarda, og`ir dardni boshidan kechirgan kishilarga darmonbaxsh omil sifatida tavsiya etiladi. Qoraqat mevalari va barglari anemiya, skorbut kabi kasalliklarda foydalaniladi. Qoraqat mevalari asosida tayyorlanadigan yig`ma-choylar ham mavjud. Qoraqat barglari asosida kuyidagicha damlama tayyorlanadi: 3-4 osh qoshiq qoraqat barglarini 1 stakan qaynoq suv bilan 1-2 soat mobaynida damlab qo`yiladi, suzib olingach, sharbatidan kuniga 2-3 marta yarim stakandan ichiladi. Rp: Frustum Ribis nigri 200,0 D. S. 2 osh qoshiq meva 1 stakan qaynoq suv bilan 1-2 soat damlangach suzilib, 1/3 stakandan kuniga 3 - 4 mahal ichiladi. Rp: Dec fruct Ribis nigri ex 50,0 - 200,0 D. S. 1/3 stakandan kuniga 3 - 4 marta ichiladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling