7 Tish kasalliklarida. Xasanova G


Tuxumak  –  Sophora  japonica  L


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/49
Sana09.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#258764
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
Bog'liq
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari

Tuxumak  –  Sophora  japonica  L.  (yapon  soforasi,  ruscha  -  safora 

yaponskaya) 

Tuxumak  -  dukkakdoshlar  oilasiga  mansub  bo`lib,  bo`yi  20  m  ga 

boradigan, shox-shabbasi keng va  yumaloq  shakldagi  yirik  daraxt.  Vatani 

Xitoy va Yaponiya. 

Ko`p  mamlakatlarda  keng  miqyosda  ekiladi.  O`zbekistonning  yirik 

shaharlarida  manzara  kashf  etuvchi  daraxt  sifatida  ko`cha  yoqalari, 

hiyobonlar  va  oromgoh  joylarda,  anhor  va  ariq  bo`ylarida  o`stiriladi. 

O`simlik  iyun-iyulda  gullab,  avgust  -  sentyabrda  meva  tugadi  va  pishadi. 

Dukkaklari 10 sm atrofida tasbehsimon bo`lib, ochilib ketmaydi. Mevalari 

qora bo`ladi. 

O`simlikning  nafaqat  gul  g`unchalari  va  mevalari  ba`zan  barglari 

ham dorivor mahsulot hisoblanadi. 

Tuxumakning  ochilmagan  gul  g`unchalari  tarkibida  30%  ga  qadar 

rutin  moddasi  mavjud.  Shu  boisdan  ham  tuxumak  rutin  olishda  asosiy 

manbai  bo`lib  xizmat  qiladi.  Mevasida  flavonoidlar,  vitamin  V,  S,  buyoq 

moddalari bo`ladi. 

Stomatologiya  amaliyotida  tuxumak  preparatlari  kataral  gingivit, 

stomatitda, 

parodontitda 

og`iz 


bo`shlig`i 

shilliq 


pardalarining 

yallig`lanishida, gemorragik diatezda davolash uchun qo`llaniladi. 




50 

 

Uy  sharoitida  tuxumak  mevalaridan  ham  nastoyka  tayyorlash 



mumkin. Buning uchun 10 g miqdorda tuxumakning maydalangan mevasi 

90  g  aroqqa  (mabodo  tortib  olishni  imkoniyati  bo`lmasa,  bir-ikki  osh 

qoshiq  maydalangan  meva  yarim  litr  araqqa)  solinib,  10  kun  davomida 

iliq  joyda  qoldirilib,  vaqti-vaqti  bilan  chayqatib  turiladi.  Tindirmadan 

kuniga 30 tomchidan 3 mahal ovqatdan oldin ichiladi. 

Rp: Sophorae japonicae 100 ml 

D.  S.  20  -40  tomchidai  3  mahal  ichiladi.  Nastoykani  suv  bilan  1:10 

nisbatida  suyultirilib  og`iz  chayish  va  applikatsiya  qilish  uchun 

foydalaniladi. 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling