7 Tish kasalliklarida. Xasanova G


Yalpiz - Mentha arvensis L


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/49
Sana09.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#258764
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
Bog'liq
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari

Yalpiz - Mentha arvensis L. (ruscha-myata perechnaya; qozoqcha- 

jalbus;  tojikcha  -  zulba,  xulba,  pudina;  turkmancha  -  narpiz;  arabcha  - 

pudinaj). 

Yalpiz  turlari  -  labguldoshlar  oilasiga  mansub  ko`p  yillik  o`t 

o`simlik  bo`lib,  poyasi  to`rt  qirrali,  tik  o`suvchi,  tuklar  bilan  qoplangan. 

O`simlik  barglari  nashtarsimon,  ellipsimon,  yoki  qisqa  bandi  bilan 

poyachalarda  qarama-qarshi  joylashgan.  Gullari  mayda,  poya  uchida 

boshoqsimon  yoki  halqasimon  to`pgulni  tashkil  qiladi.  Mevasi  g`iloflar 

ichida saqlanadigan bir urug`li to`rtta yong`oqcha. 

Yalpiz  nomi  bilan  yuritiladigan  giyohlarning  turi  juda  ko`p. 

Markaziy  Osiyo  sharoitida  osiyo  yalpizi,  suv  yalpizi,  qora  yalpiz  kabilar, 

shular bilan birga madaniy holda o`stiriladigan o`tkir yalpizlar mavjud. 

Odatda  yalpiz  tabiiy  xolda  namli  joylarda,  o`tloqlarda,  ariq,  jilg`a 

bo`ylarnda o`sadi. 

Jaydari  yalpizlar  juda  qadim  zamonlardan  beri  oshko`k,  ziravor 

sifatida, shuningdek bir qator kasalliklar davosi bo`lib xizmat qilib keladi. 

Yalpiz tarkibida turiga qarab har xil miqdorda efir moylari (mentol, 

menton,  pinen,  flandren,  tseniol,  kezliol,  jasmin),  organik  kislotalar 

(sirka, valerian kislotasi), flavonoidlar, karotin, ramnoza, glyukoza, rutin, 



51 

 

vitamin  S,  gesperidin,  betain,  mineral  tuzlar  va  yana  boshqa  moddalarni 



saqlaydi. 

Yalpiz  preparatlari  og`riq  qoldirish  xususiyatiga  ega  bo`lib, 

antiseptik ta`siri mavjudligi tufayli stomatologiya amaliyotida ishlatiladi. 

O`tkir  ta`mli  yalpizdan  sanoat  miqyosida  olinadigan  moy  (ol 

Menthae  piperitae)  o`z  tarkibida  50%  ga  yaqin  mentol  saqlaydi.  Shaffof, 

och-sarg`ish  rangga  ega  bo`lgan  yalpiz  isli  bu  modda  tish  tozalash 

kukunlari,  pastalari,  eleksirlari  tarkibiga  kiradi.  Shuningdek  yalpiz  moyi 

og`izning noxush isini ketkazuvchi dezodorant eritmalarda foydalaniladi. 

Rp: Menthae piperitae 3,0 Spritus althilicu 70% ad 20,0  

M.  D.  S.  1  stakan  suvga  20  tomchi  tomizilib  og`iz  bo`shlig`i 

chayiladi. 

Rp: Menthae piperitae 50 ml 

D.  S.  1  choy  qoshig`i  1  stakan  suvga  solinib  og`iz  bo`shlig`i 

chayiladi. 

Yalpiz  barglaridan  tayyorlangan  damlama  og`riqsizlantiruvchi 

sifatida,  shuningdek  nevralgiyada,  tish  og`rig`ida  foydalaniladi,  tashqi 

muolaja sifatida antiseptik xususiyati uchun stomatitlarda va yuqori nafas 

yo`llarining shamollashida tavsiya etiladi. 

Rp: Menthae piperitae 100,0 

D. S. 2 choy qoshiq maydalangan barglar 1 stakan qaynoq suvda 20 

minut damlanadi, suzilgach og`iz bo`shlig`i chayiladi. 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling