7 Tish kasalliklarida. Xasanova G


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/49
Sana09.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#258764
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49
Bog'liq
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari

Na`matak - Rosa canina L. (mahalliy, nomlari: o`zbekcha - xorgul, 

oqxorgul,  itburun,  taqmagul,  itmurut,  ruscha  -  shipovnik,  roza  sobachiy, 

tojikcha  -  xorgul,  xorguli  safid,  ra`no,  gulixori,  qozoqcha  -  itmurun, 

turkmancha  -  xamircha,  qirg`izcha  -  it  murun,  arabcha  —  dliq,  forscha  - 

hulhul) 

Na`matak turlari butasimon o`simlik bo`lib, ayrimlarining bo`yi 6 m 

gacha  borishi  mumkin.  Poyasi  egiluvchan,  tikanli,  yaltiroq  qo`ng`ir  qizil 

yosh  novdalari  bir  oz  yashil  yoki  qo`ngir-yashil  ranglidir.  Barglari  toq 

patli  tuxumsimon  va  arrasimon  qirrali.  Qo`shimcha  barglari  bilan 

birlashib ketgan ham bo`lishi mumkin. O`simlik gullari yirik yakka yoki 2 

tadan  shoxchalarga  o`rnashgan.  Gultoji  oq,  qizil,  pushti,  to`q  qizil,  sariq 

rangli  bo`lishi  mumkin.  Mevasi  -  gul  o`rnidan  tarkib  topuvchi  shirador 

soxta meva. 

O`zbekiston  sharoitida  na`matak  turlari  asosan  may  oylaridan 

boshlab  butun  yoz  davomida  gullaydi,  mevasi  esa  iyul  oylaridan  to  kech 



47 

 

kuzgacha  pishib  yetiladi.  Na`matak  mevalari  turlariga  qarab  og`irligi, 



rangi  va  katta-kichikligi,  novda  po`stlog`ining  ko`rinishi,  tikondorligi 

bilan farqlanadi. 

Na`matak mevalari tarkibida ko`p miqdorda vitamin S (4-8% ba`zan 

18%  gacha  boradi),  R,  K,  V  guruhi,  karotinlar  bilan  bir  qatorda  organik 

kislotalar  (olma  kislotasi-  1,8-2%  gacha,  limon  kislotasi  2%  atrofida) 

pektin  va  oshlovchi  moddalar,  likopin  va  riboksantin,  shuningdek  kaliy, 

temir,  marganets,  fosfor,  kaltsiy,  magniy  tuzlari  mavjud.  Meva 

urug`larida vitamin E bor. 

Stomatologiya  amaliyotida  na`matak  preparatlari  lavsha  (zangila) 

kasalligida,  vitaminlar  yetishmasligi  bilan  bog`liq  asoratli  kasalliklarda, 

shuningdek  na`matak  moyi  mahalliy  ishlatish  bilan  milk  kasalliklari, 

og`iz bo`shlig`ining shilliq pardalarining ozorlanishida foydalaniladi. 

Uy  sharotida  na`matak  mevalaridan  qaynatma  tayyorlash  uchun 

og`zi  yopiladigan  idishga  2  stakan  suv  quyiladi  va  bir  osh  qoshiq 

maydalangan  (yong`oqchalaridan  xolos  qilingan)  mevalardan  solinib,  10 

minut davomida qaynatiladi, so`ngra bir sutka davomida qo`yib qo`yiladi. 

Qaynatma  doka  vositasida  suzilgach,  unga  biroz  shakar  qo`shib  shira 

beriladi.  Qaynatmadan  kuniga  3  mahal  ovqatdan  oldin  yarim  stakandan 

ichiladi. 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling