7 Tish kasalliklarida. Xasanova G


Zig`ir-Linum  humile  Mill


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/49
Sana09.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#258764
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
Bog'liq
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari

Zig`ir-Linum  humile  Mill.  (ruscha  -len  kudryash,  qozoqcha  - 

zig`ir, tojikcha- zagir). 

Zig`ir  -  zig`irdoshlarga  mansub  bir  yillik  va  ko`p  yillik  o`tsimon 

(ba`zan  butasimon)  o`simliklar  turkumiga  kiradi.  Ilmiy  manbalarda 

zig`irning  300  ga  yaqin  turi  qayd  etiladi.  Ular  barcha  qit`alarning 

subtropik  va  o`rta  iqlimlarida  uchraydi.  Shulardan  bir  necha  yovvoyi  turi 

mamlakatimizda  ham  o`sadi.  Zig`ir  xalq  xo`jaligida  alohida  o`rin  tutib, 

ularning ba`zilaridan moyli va tolali o`simlik sifatida foydalaniladi. 

O`zbekiston sharoitida o`stiriladigan zig`irning moyli turining bo`yi 

30-70  sm  gacha  yetadigan  o`t  o`simlik  bo`lib,  poyasi  tik  o`suvchi, 

tsiliidrsimon,  shoxlangan.  Bargi  lantsetsimon  yoki  chiziqsimon,  o`tkir 

uchli  bo`lib,  poya  va  shoxlarida  bandsiz  ketma-ket  joylashgan.  Gullari 

zangori  rangli,  poya  va  shoxlari  uchida  bittadan  o`rnashgan.  O`simlik 

aprel-may  oylarida  gullab,  iyun  -  iyul  oylarida  pishib  etiladi.  Urug`lari 

yapasqi bo`lib, 10 tadan ko`sakchaga joylashgan. 

Zig`ir  urug`lari  tarkibida  30-42%  turish  jarayonida  qurib  qoladigan 

yog`,  karotin,  linamarin  glikozidi,  shilliq,  oqsil  va  boshqa  moddalar 



44 

 

mavjud.  Zig`ir  moylari  tarkibida  linolen,  linolev,  olein,  palmitin,  stearin 



kislotalarining  glideridlari  kiradi.  Urug`lari  qobig`ida  yuqori  molekulali 

birikmalar  bo`lib,  ular  gidrolizlanganida  linokafein,  likotsi-  namaringa 

parchalanadi. 

Stomatologiya  amaliyotida  zig`ir  moyi  yallig`lanishga  qarshi,  o`rab 

oluvchi  vosita  sifatida  foydalaniladi,  u  jarohatlarning  tuzalishiga 

omilkorlik  qiladi,  og`iz  bo`shlig`idagi  shilliq  qavatlarning  et  olishiga 

yordam beradi. 

Zig`ir  moyi  qotor,  qavishqoq  parda  (elastik  plyonka)  hosil  qilish 

qobiliyati  tufayli  iarodont  kasalligini  davolashda  tez  qotuvchi  boglama 

(povyazka) tayyorlashda foydalaniladi. 

Rp: Dec. Seminis Lini ex 10,0 — 300,0 

D. S. Kuniga 3 — 4 mahal og`nz bo`shlig`ini chayqash uchun. 




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling