7 Tish kasalliklarida. Xasanova G


Do`lana- Crataegus pontica C.Koch


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/49
Sana09.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#258764
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
Bog'liq
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari

Do`lana- Crataegus pontica C.Koch. (ruscha - boyarishnik, tojikcha - 

zardan, juj, qizg`izcha - dolono, turkmancha - alyuch, arabcha - zagrur). 

Do`lana  -  ra`noguldoshlarga  mansub  tikanli  daraxt  yoki  butalar 

turkumiga  kiradi.  O`simlikning  bo`yi  8-10  m  gacha  yetishi  mumkin. 

O`simlikning  yirik  barglari  ko`k  -  yashil,  tuksiz,  ustki  va  ostki  tomoni 

siyrak  tukli.  Barglarining  bo`yi  va  eni  deyarli  bir  xil  kattalikda.  Asosi 

keng  ponasimon,  5-7  bo`lakchalarga  bo`lingan  bo`ladi.  Do`lana  gullari 

turiga  qarab,  oq,  pushti,  aksariyat  hollarda  qalqonsimon  murakkab 

to`pgullarga  joylashgan.  Mevalari  turiga  qarab  qizil,  sariq,  xushbo`y  va 

ta`mli bo`lishi mumkin. 

Do`lana  iyunda  gullaydi,  mevalari  sentyabrda  pishadi.  Mevasining 

diametri 15-18 mm, ayrim do`lana turlari mevasining diametri 3 sm gacha 

borishi mumkin. Mevaning ikki-uchta danakchasi bo`ladi. 

Do`lananing  gullari  hamda  mevalari  dorivor  mahsulot  hisoblanadi. 

Do`lana  mevalari  tarkibida  20%  qand,  8%  yog`,  flavonoidlar  (giperazid, 

kvertsetin,  viteksin),  fitosterinlar, xolin,  atsetilxolin, oshlovchi  moddalar, 

karotin, vitamin S, organik kislotalar, krategin moddalari bor. O`zbekistan 

sharoitida o`sadigan do`lanalarning ayrim turlarida vitamin V1 V2, RR, E 

larning borligi ham aniqlangan. 

Do`lana  gullari  tarkibida  yuqorida  ko`rsatib  o`tilgan  moddalarning 

ayrimlari qatorida 0,16% ga yaqin efir moylari bo`ladi. 

Stomatologiya 

amaliyotida 

do`lana 

preparatlari 

parodontitni 

davolash  bilan  bog`liq  bo`lgan  umumiy  muolajalarda  tinchlantiruvchi 

hamda  allergiya  holatlarida  desensibilizatsiyalovchi  omil  sifatida  tavsiya 

etiladi.  Do`lana  preparatlari  tanglay  murtaklarining  yallig`lanishida 

foydali omil hisoblanadi. 

Uy  sharoitida  do`lana  gullaridan  quyidagicha  damlama  tayyorlash, 

mumkin:  5  g  (1  osh  qoshiq)  maydalangan  do`lana  gullarini  sirlangan 

idishga  solib,  ustiga  200  ml  (1  stakan)  issiq  qaynagan  suv  solinadi,  usti 




40 

 

berikitilib,  qaynab  turgan  suv  «hammom»da  15  minut  saqlab  turiladi. 



So`ngra  uy  haroratida  sovitiladi  (15  minut)  va  suzib  olinadi.  Dokada 

qolgan  mahsulotni  siqib,  sharbati  chiqariladi.  Damlamaning  umumiy 

hajmi  200  ml  bo`lgunicha  qaynatilgan  suv  qo`shiladi.  Damlamadan 

kuniga 2-3 marta ovqatlanishdan 30 minut oldin yarim stakandan ichiladi. 

Rp: Ynf. Grataegi ex 20,0 —200 mi 

D. S. Yarim stakandan 3 mahal ovqatlanish- dan oldin ichiladi. 

Rp: Extr. Grataegi fiuidi 25 nil 

D.  S.  Yarim  stakan  suvga  20  —  30  tomchidan  solinib  kuniga  3 

mahal ovqatlanishdan oldin ichiladi. 

Rp: T —gae Grataegi 25 m! 

O.  S.  Yarim  stakan  suvga  40  tomchidan  solib,  kuniga  3  mahal 

ovqatlanishdan oldin ichiladi. 




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling