7 Tish kasalliklarida. Xasanova G
Bo`ymodaron - Achillea millefolium L
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari
Bo`ymodaron - Achillea millefolium L. (Ruscha - tisyachelistnik
obiknovenniy, (Qozoqcha - akbas jusan, aksheshek, minjapraq, tojikcha – buyma - doroni oddi, turkmancha - boybodron, arabcha – alfi - lavrok, baranjasib, forscha - buymudaron). Bo`ymodaron - murakkabguldoshlar oilasiga kiruvchi ko`p yillik o`t o`simlik bo`lib, bo`yi 70-80 sm ga etadi. Barglari patsimon qirqilgan, yashil rangli, ustki tomoni tukli, ular poyachada bandsiz ketma-ket joylashgan. Poyaning uchida yassi to`pgullar savatcha ko`rinishida joylashgan bo`lib, ranglari kumushsimon - oqish bo`ladi. Mevasi - kulrang pista. O`zbekiston sharoitida bo`ymodaron iyun, avgust oylarida gullaydi, mevasi yozning oxiri va kuz boshlarida yetiladi. O`zbekistonning adir, qir, o`tloq, tog` yonbag`irlari, yo`l atroflari, bog`larida, mayda shag`allik qiyaliklarida uchraydi. Bo`ymodaronning dorivor mahsuloti - uning yer ustki qismi hisoblanadi. Odatda o`simlik qiyg`os gullash davrida o`rib olinib, quritilib yanchiladi. Bo`ymodaronning dorivor mahsuloti tarkibida 0,7 - 1,2% miqdorda efir moylari mavjud bo`lib, uning tarkibiga timol, kavakrol, p-tsimol, terpinen, terpineol, borneol, tsingiberen, seskviterpen, koriofillen kiradi. Bular orasida timol 42% gacha bo`lib, o`simlikning dorivorlik qimmatini belgilaydi. Shuningdek bo`ymodaron tarkibida vitamin S, K, karotin, fitontsidlar, glikoalkoloid axillein, flavonoidlar, organik kislotalar (urosol, oleanol, qahva, xlorogen, xin kislotalari), oshlovchi va achchiq moddalar bor. 37
Stomatologiya amaliyotida bo`ymodaron preparatlari (damlama hamda suyuq ekstrakt) og`iz bo`shlig`ining shilliq qavatidagi tuzalishi qiyin
bo`lgan yaralarda, parodontitda, gingivit - stomatitlarda foydalaniladi. Uy sharoitida bo`ymodaron o`ti asosida quyidagicha damlama tayyorlanadi: 15 g (2 osh qoshiq) mahsulotni sirlangan idishga solib, ustiga 200 ml (1 stakan) qaynoq suv quyilib, og`zi berkitilgach, qaynab turgan suv «hammomi»da 15 minut ushlab turiladi. So`ngra uy haroratida 45 minut sovutiladi va suzib olinadi. Sharbatning hajmi 200 ml bo`lgunicha qaynatib sovutilgan suv qo`shiladi. Tayyorlangan damlama salqin joylarda 2 sutkalik muhlat bilan saqlanadi. Rp: Ynf herbae Millefolii ex 15,0 - 200 ml D. S. Milklardan qon ketganida va boshqa yallig`lanish bilan kechadigan kasalliklarda kuniga 3 - 4 mahal ovqatlanishdan so`ng og`iz bo`shlig`i chayiladi. Rp: Extr. Millefolii fluidi —30 ml. D.S. 1 choy qoshig`ini 1 stakan qaynatilgan iliq suvga solib og`iz chayiladi.
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling