7 Tish kasalliklarida. Xasanova G
Tish kasalliklarida qo`llaniladigan dorivor o`simliklar
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari
2.2. Tish kasalliklarida qo`llaniladigan dorivor o`simliklar
Aloy-Aloe-Aloe. (ruscha - aloe drevovidnoe, arabcha - sabr, sabur).
Aloy (sabro`t)-piyozguldoshlarga mansub ko`p yillik o`tsimon o`simlik yoki daraxtsimon o`simlik namunasi, 250 turi qayd qilingan bo`lib, ular asosan Afrika, Arabiston yarim oroli, Madagaskarda, ayniqsa Sokkotra orolida yarim cho`l hududlarda keng tarqalgan. Uni Ovruponing O`rta dengiz sohillarida yovvoyi holda uchratish ham mumkin. Aloy turlarining poyasi tik o`sadi (bo`yi vatanida 4 m gacha yetadi) pastki qismi shoxlangan bo`ladi. Barglari doimo yashil, qilichga o`xshash, yuqori tomoni botiq, pastki tomoni do`ng, qirrasi tikanlar bilan qoplangan. Xonaki aloyning barglari uzunligi 20-65 sm, qalinligi 12-15 mm, sershira bo`ladi. Gullari to`p barg o`rtasidan chiqqan bo`lib, gul o`qiga joylashgan shingilni hosil qiladi. Gul bargi 6 ta, 3 tadan ikki qator joylashgan. Mevasi - uch qirrali, tsilindrsimon ko`sakcha. H. Xolmatovning keltirgan ma`lumotlariga qaraganda, xonalarda aloy turlaridan aksariyat daraxtsimon aloy, eru aloy, guldor aloy, to`q rangli aloy va boshqalar o`stiriladi. Dori turlari tayyorlash maqsadida Gruziya va Markaziy Osiyoda bir yillik o`simlik sifatida daraxtsimon aloy va yo`l-yo`l aloy o`stiriladi. Akademik V.P. Filatov aloy tarkibida inson organizmiga hayotbaxsh ta`sir ko`rsatadigan biogen stimulyatorlar borligini ko`rsatib o`tadi. Aloyning qirqilgan barglari 12 kun davomida qorong`i joyda bir qadar 31
pasaytirilgan haroratda (+ 4-8°S) saqlab turiladigan bo`lsa, mazkur mahsulotdan organizmning sog`ayishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadigan, ashaddiy bakteriyalarga halokatli ta`sir qiladigan omillar hosil bo`ladi. Aloyning bu xususiyatlari klinik sharoitlarda o`rganilib, davolash amaliyotida qo`llanila boshlandi. Aloy tarkibida, jumladan sharbatidan olinadigan mahsulotlar: aloin, emodin kabi antroglikozid asoslari, organik kislotalar, smola, fitontsidlar, oshlovchi moddalar, efir moylari, vitamin S, karotin va boshqa moddalar bor.
Aloy preparatlari yaqqol ko`rinishdagi yallig`lanishga qarshi, jarohatlarni tuzatuvchi hamda kuyishga qarshi xususiyatlariga ega. Ulardan parodontit, kataral va yarali gingvit, surunkali qaytalanadigan aftoz
stomatitlarda yopishtirish (applikatsiyalar) installyatsiya ko`rinishida foydalaniladi. Aloyning suvli ekstrakti teri ostiga nishlanadi, shunda u to`qimalarda modda almashinuvini kuchaytiradi, quvvatbaxsh ta`sirga ega bo`lib, tuzalishi sust kechadigan yallig`lanish jarayonlariga durust ta`sir ko`rsatadi. Preparat 1-2 ml dan ampulalarda chiqariladi, davolash davrida 25-30 marta teri ostiga yuboriladi. Rp.: Succi Aloes 200 ml
D. S. Primochka qilish, jarohatlarni yuvish va og`iz bo`shlig`ining boshqa shikastlanishlarida foydalaniladi. Rp.: Succi Aloes 200ml D. S. 1 choy qoshiqdan kuniga 2 - 3 marta ovqatlanishdan oldin ichiladi. Surunkali qaytalovchi aftoz stomatitlarda davolanish kursi 3 haftadan 2 oygacha davom etadi. Rp.: Extr. Aloes fluidi 2 ml D. t. d. N. 30 in ampul!. D. S. Kunora 2 ml dan teri ostiga 1 % li 1ml novokain bilan yuboriladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling