7 Tish kasalliklarida. Xasanova G


Annobjiyda  -  Zizyphus  jujuba  Mill


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/49
Sana09.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#258764
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
Bog'liq
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari

Annobjiyda  -  Zizyphus  jujuba  Mill.  (o`zbekcha  -  chilonjiyda, 

jilonjiyda, tojikcha - chaylon, turkmancha - adatki arkap, ruscha - unabi). 

Annobjiyda  -  jumrutdoshlar  oilasiga  kiradigan,  bo`yi  2-5  m  ga 

yetadigan  daraxt.  Mazkur  oilada  60  turkum  va  900  dan  ziyod  tur  bo`lib, 

uning  keng  tarqalgan  joylari  Xitoy,  Hindiston  va  ba`zi  O`rta  Er  dengizi 

bo`yi  mamlakatlari  hisoblanadi.  Shuningdek  bu  o`simlik  Bolqon  yarim 

oroli,  Turkiya,  Afg`oniston,  Mo`g`iliston,  Quriya,  Yaponiya,  Osiyoning 

janubidagi  mamlakatlar,  Afrika,  Avstraliya,  Yangi  Zelandiya  kabi 

joylarda o`sadi. 

Ma`lumotlarga 

qaraganda, 

annobjiyda 

Markaziy 

Osiyo 

respublikalari  va  Janubiy  Qozog`iston  tog`larining  o`rta  qismida,  dengiz 



sathidan  1500  m  gacha  balandlikdagi  tosh  -  shag`al  tuproqli  qiyaliklarda, 

tepaliklarda uchraydi.  

Annobjiydaning  jaydari,  oddiy  hamda  madaniy  navlari  bo`lib,  ular 

bir-biridan  tashqi  ko`rinishi,  mevalarining  shakli,  salmog`i  bilan  ajralib 

turadi. 

Annobjiyda  novdalari  tukli,  eski  novdalari  tuksiz  bo`lib,  barglari 

cho`ziq  tuxumsimon,  bandli  bargining  uch  qismi  biroz  uchli-cho`ziqroq, 

cheti  to`mtoq  tishli.  Ular  shoxchalarda  ketma-ket  joylashgan.  Kosacha 

barglari 

tuxumsimon, 

uch 

qismi 


o`tkirlashgan, 

Gultojbarglari 

kosachabarglarndan  qisqa,  asosiga  qarab  toraygan.  Mevasi  danakli 

dumaloq  yoki  cho`ziqroq  tillarang,  qizg`ish  -  sariq  bo`lishi  mumkin. 

O`simlik  iyun  -  iyul  oylarida  gullab,  mevasi  avgust  -  sentyabrda  pishadi. 

Annobjiyda  madaniy  navlari  mevasining  kattaligi  6  sm  gacha,  eni  5  sm 

gacha borishi mumkin. 

Jilonjiyda  -  annobjiydaning  mevasi  tarkibida  20-30%  qand,  2,5% 

gacha organik ishqorlar, danagida 33% gacha moy, S darmondorisi, oqsil, 

efir moyi, shilliq, oshlovchi va boshqa moddalar bor. 




33 

 

O`simlikning  barglari  tarkibida  700  mg  gacha  S  darmondorisi, 



1,77%  glikozidlar,  2,64%  gacha  organik  kislotalar,  saponinlar, 

alkaloidlar,  fitontsidlar,  2,5%  gacha  qand  moddalari,  karotin,  1,6%  rutin, 

1,7% anesteziya (a`zoni karaxtlaydigan) qiluvchi birikma, 7,7% oshlovchi 

va  boshqa  moddalar  bor.  Daraxt  po`stlog`i  tarkibida  qand,  organik 

ishqorlar, oshlovchi va boshqa moddalar uchraydi. 

Annobjiyda  bilan  shotut  mevalari  asosida  damlama  tayyorlab 

iste`mol 

etiladigan 

bo`lsa, 

bo`g`ma, 

qizilcha 

hamda 


chechak 

kasalliklariga  ijobiy  ta`sir  ko`rsatadi,  agar  damlama  bilan  og`iz 

chayiladigan bo`lsa, og`izdagi jarohatlanishlarga davolik qiladi. 

Hozir  annobjiyda  asosida  «Jilonjiyda»  nomi  bilan  atalgan  tish 

pastasi  sanoat  miqyosida  chiqarilmoqda.  Bu  pastadan  foydalaniladigan 

bo`lsa,  nafaqat  tishlarning  bepand  bo`lishidan  saqlab  qolmasdan  balki 

og`iz bo`shlig`idagi illatli yara - chaqalardan asraydi, elikishdan saqlaydi. 

Rp.: Fructum Zizyphus jujuba 

200,0 

D.  S.  2  osh  qoshiq  maydalangan  meva  1  stakan  qaynoq  suv  bilan  1 



soat damlangach, suzilib og`iz bo`shlig`i chayiladi. 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling