7 Tish kasalliklarida. Xasanova G
Behi - Cydonia oblonga Mill
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari
Behi - Cydonia oblonga Mill. (ruscha - ayva prodolgovataya;
tojikcha - bixi; turkmancha - begi). Behi atirguldoshlar oilasiga mansub, bo`yi 12 m gacha boradigan sershox daraxt. O`simlikning yosh novda va barglari tukli bo`lib, barglari tuxumsimon yoki keng ellipssimon. Ularning bo`yi 5-10 sm, eni 7,5 sm gacha bo`lishi mumkin. Barglarining bandi kalta, shoxlarda ketma-ket joylashgan. Mevasi tukli, sariq yoki tillarang, og`irligi ba`zida 3 kg gacha borishi mumkin. Meva yetilib pishganida sershira bo`ladi, ularning ko`rinishi yumaloq yoki biroz cho`ziq bo`lishi mumkin. Mazasi chuchmal, biroz burushtiruvchi. Mevadagi urug`lar bir nechtadan bo`lib, ularning usti shilliq parda bilan qoplangan bo`ladi.
34
O`simlik bahor o`rtalarida gullaydi, gullari pushti yoki oq bo`lishi mumkin, uning otalik ustunchalari binafsha yoki sariq bo`ladi. Mevasi sentyabr - oktyabr oylarida pishib yetiladi, Behi O`zbekistonning barcha viloyatlarida yetishtiriladi. Behi mevalarining shifobaxshligi qadim zamondan ma`lum, Uning mevalari tarkibida 12% ga qadar qand, 5% ga yaqin organik kislotalar (olma, uzum, limon kislotalari), efir moylari, pektin va oshlovchi moddalar, vitamin S, temir, mis, kaltsiy tuzlari mavjud. Behi urug`larida 20% atrofida shilliq, glikozid amigdalin, 8% dan oshiq moy, kraxmal, oshlovchi va oqsil moddalar, emulsin bor. Stomatologiya amaliyotida behi urug`lari asosida tayyorlanadigan shilliqli suyuqlik (5 hissa behi urug`ini 100 hissa suv bilan damlab chayqash vositasida hosil qilinadi) o`rab oluvchi samarali omil sifatida deskvamativ glossit, gingivit, parodontit kasalliklarida applikatsiya (yopishtirish) yo`li bilan foydalanadi. Behi urug`laridan shilliqli suyuqlik tayyorlashda faqat butun urug`lardan foydalaniladi, chunki urug`ning qobig`i buziladigan bo`lsa, urug` endospermasidagi amigdalin glikozidi erib chiqishi mumkin. Odatda behi urug`lari mevalardan ajratib olingach (faqat yetilib pishgani mevalardan ajratib olinishi kerak), ozoda sathli joylarda muhofazalangan ochiq havoda yoxud maxsus qurituvchi moslamali joylarda (sushilka) quritib mahsulot tayyorlanadi.
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling