7 Tish kasalliklarida. Xasanova G
Bargizub (Bo`zchi) - Plantago major L
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari
Bargizub (Bo`zchi) - Plantago major L. (Ruscha - podorojnik
bolshoy; qozoqcha - boqa jab- rak, taibdori, joljelken: qirg`izcha - baqayapirmoq; tojikcha - filgo`sh; forscha - bortang; arabcha - lisa-nil xamal; turkmancha - uli atgulak). Bo`zchi - katta zubturum va nashtar barg zubturum xalq tabobatida keng qo`llanilanadi, ko`p yillik o`tsimon o`simlik. Uning yo`g`on, kalta ildizi bo`lib, juda ko`p ipsimon ildizchalar qamragan bo`ladi. Poyasi
35
nayza ko`rinishida, yagona yoki bir nechta bo`lishi mumkin, ularning kattaligi 10-70 sm keladi va u boshoqsimon to`pgul bilan tugaydi. Barglarining cheti tekis yoki biroz tishli bo`lib, umumiy ko`rinishi keng tuxumsimon yoki keng ellipssimon, uchsiz, asos qismi odatda dumaloqlashgan bo`ladi, barglarda 3-7-9 ta tomiri bo`lishi mumkin. Gullari mayda, ko`rimsiz boshoqqa to`plangan, Mevasi - tuxumsimon, ko`p urug`li ko`sakcha, ular to`q jigarrang, qo`ng`ir, yiltillaydi. O`simlik may-sentyabr oylarida gullaydi. Bo`zchi keng tarqalgan o`simlik bo`lib, uni tashlandiq yerlarda, nam o`tloqlarda, ariq, jilg`a, soy, daryo bo`ylarida, to`qaylarda umuman begona o`t sifatida aholi istiqomat qiladigan joylarda, yo`l yoqalarida uchratish mumkin. Bo`zchining barglari dorivor mahsulot sifatida o`simlik ayni gullash davrida terib olinadi. Mutloq holda o`simlikni tagi bilan o`rib olish yaramaydi, bu bo`zchizorlarning kamayib ketishiga olib keladi. Bo`zchi barglari tarkibida aukubin glikozidi, shilliq (11% atrofida), achchiq hamda oshlovchi moddalar, flavonoidlar, organik kislotalar, provitamin A, vitamin S va K, ko`p miqdorda mannit va 1,3% sorbit, shuningdek oz miqdorda alkaloidlarni saqlaydi. Stomatologiya amaliyotida bo`zchi preparatlarining et oldiruvchi hamda mikroblarga qarshi xususiyatlaridan o`rinli foydalaniladi. Jumladan, o`simlik barglari asosida tayyorlangan damlama yoki barglarning sarxil shirasi tashqi muolaja sifatida ijobiy natija beradi. O`imlik damlamasi bilan og`iz chayiladigan yoki applikatsiya sifatida foydalaniladigan bo`lsa, yarali gingivit - stomatitda, shuningdek eroziyali, aftozli hamda postgrippozli stomatitda shifolovchi omil hisoblanadi. Bo`zchining sarxil barg shirasi xuruj qilib asorat berayotgan parodontitni kechishida tish - milk «cho`ntak» lariga ishlov beriladi. Mazkur maqsadda bo`zchi bargidan 10 g olib, 90 ml shaftoli moyi hamda 36
10 g vazelinli surtma tayyorlanadi. Surtma tish - milk cho`ntaklariga kirgizilib, 1-2 sutka mobaynida himoyalovchi bog`lama qo`yib qo`yiladi, Rp: Succi Plantaginis 250 ml D. S. Tish - milk cho`ntaklariga ishlov berish uchun.
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling