7 Tish kasalliklarida. Xasanova G


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/49
Sana09.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#258764
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
Bog'liq
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari

Og`izning badbo`y hidi. Ba`zi odamlarning og`zidan noxush hid anqib 

turadi.  Og`izdan  badbo`y  hid  kelishiga  mahalliy  tabiatdagi  turli  sabablar 

(og`iz  bo`shlig`ining  holatiga  qarab),  tana  a`zolari  va  tizim  kasalliklari 

sabab bo`ladi. 

Yarali  va  gangrenali  stomatitlar,  gangrenaga  uchragan  tishlar,  tish 

karashlari  yig`ilishi,  tishdagi  yumshoq  karash,  parodontoz  (yiringli  turi) 

hamda  og`iz  orastaligiga  e`tiborsizlik,  yomon  turgan  protezlar,  kechasi 

olinmaydigan  sun`iy  tishlar,  surunkali  milk  illatining  ajralishi,  ovqat 

qoldiqlarining  burmalarda  yig`ilishi  kabi  holatlar  mahalliy  sabablarga 

kiritilishi mumkin. 

Og`izdan  badbo`y  hid  anqishiga  yuqori  nafas  yo`llarining  surunkali 

yallig`lanishi, surunkali kechadigan tumov, gaymorit, qizilo`ngach, me`da 

-  ichak  kasalliklari  va  boshqa  omillar  sabab  bo`ladi.  Bunda  me`da 

ichidagi  narsaning  uzoq  turib  qolishi  sababli  yetarli  harakatlanmasligi, 

jigar  kasalligi,  diabet,  qon  kasalliklari,  buyrak  kasalliklari  ham  ma`lum 

darajada  og`izdan  badbo`y  is  kelishiga  olib  kelishi  mumkin.  Ba`zi 

hollarda,  so`lakning  kam  ajralishi  natijasida  og`iz  bo`shlig`ining  qurishi, 

nerv sistemasi buzilishi oqibatida ham og`iz islanishi mumkin. 

Yuqorida  aytib  o`tilgan  stomatologik  kasalliklarning  oldini  olish, 

shuningdek  sodir  bo`lgan  xastaliklarni  davolash  maqsadida  tibbiy  dori-




30 

 

darmonlar  bilan  bir  qatorda  shifobaxsh  o`simlik  mahsulotlaridan 



tayyorlanadigan vositalar (qaynatma, damlama, tindirma va boshqa.) bilan 

turli muolajalar qilish borasida so`z yuritiladi. 

Har  bir  dorivor  omilni  o`z  o`rnida  tadbirkorlik  bilan  ishlatiladigan 

bo`lsa, so`zsiz stomatologik xastaliklardan forig` bo`lish osonlashadi. 

 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling