7 Tish kasalliklarida. Xasanova G


Erqalampir  -  Armoracia  rusticana  Gaertn


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/49
Sana09.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#258764
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49
Bog'liq
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari

Erqalampir  -  Armoracia  rusticana  Gaertn.  (ruscha  -  xren 

obiknovenniy, qozoqcha – javjaprak, qirg`izcha - tuyaqoldirmoq). 

Erqalampir  -  butgullilar  oilasiga  kiruvchi  ko`p  yillik  o`t  o`simlik 

bo`lib,  bo`yi  1  m  gacha  borishi  mumkin.  Ildiz oldi  barglari  yirik,  cho`ziq 

tuxumsimon,  uzun-qisqa  bandlari  yordamida  poyachada  ketma-ket 

joylashgan  bo`ladi.  Barglarining  aksariyati  patsimon  kesik.  Gullari  oq, 

ko`rimsiz, shingilli dastakchaga to`plangan. Mevasi - qo`zoq, ichidagi har 

bir uyachada 4 ta urug`i bo`ladi. 

Bizning  sharoitimizda  yerqalampir  iyun  -  iyul  oyida  gullaydi, 

odatda urug`lari hosil bo`lmaydi. 

Erqalampirning  yovvoyisi  Ovrupo,  Kavkaz,  Sibirda  uchraydi.  Uni 

ba`zan  sernam  joylarda,  ekin  va  o`t-  o`lanlar  orasida  uchratish  mumkin. 

O`rta Osiyoda erqalampir ko`plab ekib o`stiriladi. 

Erqalampirning ildizi o`tkir ta`mli ziravor hamda dori darmon omili 

sifatida ishlatiladi. 



41 

 

Erqalampir  ildizi  tarkibida  glikozid  singari,  mirozin  fermeiti,  oqsil 



tarkibli  antibiotik  modda  -  lizotsim,  fitontsitlar,  efir  moylari,  vitamin  S, 

uglevodlar, alkaloid va boshqa moddalar uchraydi. 

Erqalampir ildizi odatda kuz oyida kavlab olinib, qumda saqlanadi. 

Stomatologiya  amaliyotida  erqalampirdan  o`rinli  foydalanish 

mumkin,  uning  tarkibidagi  lizotsim  moddasi  saprofit  bakteriyalarni 

o`ldirish  xususiyatiga  ega.  Erqalampir  ildizining  sharbatini  suv  bilan 

suyultirib  (1:10  ga  nisbatida)  og`iz  bo`shlig`i  chayiladigan  bo`lsa,  shilliq 

pardalarning  yallig`lanishi  hamda  murtak  bezlarining  yallig`lanishida 

shifolovchi ta`sir ko`rsatadi, 

Erqalampirdan  damlama  tayyorlash  uchun  1  choy  qoshiq 

miqdoridagi  qirg`ichdan  o`tkazilgan  mahsulot  ustiga  1  stakan  suv  quyilib 

2 soat mobaynida damlab qo`yiladi. So`ngra suzib olinib, og`iz bo`shlig`i 

chayiladi. 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling