7 Tish kasalliklarida. Xasanova G


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/49
Sana09.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#258764
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
Bog'liq
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari

Stomatit.  Bu  og`iz  bo`shlig`i  shilliq  qavatining  yallig`lanishidir.  U 

aftoz, yara, dori-darmonlar bilan zararlanishida va og`iz bo`shlig`i shilliq 

qavati  ishqorlar,  kislotalar  bilan  kuyganda  kuzatiladi.  Stomatitlar  alohida 

kasallik  holida  kechishi  va  boshqa  kasalliklar  (qizamiq,  qizilcha,  gripp, 

me`da-ichak kasalliklari) ning belgisi bo`lishi mumkin. 

Aftoz  stomatitida  lab,  lunj,  tanglay,  til  shilliq  qavatida  sarg`imtir  - 

kulrang  yoki  sarg`imtir  -  qizil  karash  bilan  qoplangan  dumaloq 

kungurasimon shakldagi afta (yaracha) hosil bo`ladi. Tibbiyotda o`tkir va 

surunkali qaytalovchi aftoz stomatit tafovut qilinadi. 



O`tkir  avtoz  stomatit  ko`pincha  1  yoshdan  11  yoshgacha  bo`lgan 

bolalarda  uchraydi.  Dastlab  aftalar  siyrak  bo`lib,  keyinchalik  ularning 

soni  ko`payadi.  Til  yuganchasi,  uchi,  til  yoni  tomonlaridagi  va  labdagi 

aftalar juda azob beradi. 




27 

 

Aftali  stomatit  aksariyat  hollarda  surunkali  qaytalanadi.  Bunday 

hollarda aftalar kam bo`ladi va og`riq aytarli sezilmaydi. 

Stomatitlarning  kataral,  dori-darmonlar  keltirib  chiqaradigan 

zamburug`lar paydo qiladigan, vitaminlarning yetishmasligi, jarohatlanish 

bilan  bog`liq  turlari  qayd  etiladi.  Shuningdek,  chekish  va  quvvatli  spirtli 

ichimliklar  ichish,  juda  issiq  yoki  sovuq  ovqat  yeyish  ham  stomatitni 

paydo qilishi mumkin. 



Gerpetik stomatit. Bu xil kasallikka viruslar sabab bo`lishi mumkin. 

Buni  xalq  iborasida  uchuq  yoki  yassi  temiratki  deb  ataladi.  Gerpetik 

stomatitning  o`tkir  va  surunkali  qaytalanuvchi  turi  mavjud.  O`tkir  xilida 

labning  shilliq  pardasi  va  unga  yondoshgan  terida  pufakchalar  paydo 

bo`ladi.  Surunkali  gerpetik  stomatit  kishi  a`zolarida  infektsiya  o`choqlari 

bo`lganida,  shikastlanish,  jarohatlanish  sodir  bo`lishi  natijasida  bemor 

quvvatdan  ketganda  va  boshqa  holatlarda  sodir  bo`ladi.  Kasallik  tez-tez 

qaytalab turishi bilan kechadi. 



Glossalgiya.  Mazkur  og`iz  bo`shlig`iga  oid  kasalligida  tilning  bir 

yoki  ikki  qismi  achishib,  o`tkir  narsa  qadalgandek,  og`rib  uvishadi. 

Bemorning  go`yo  tili  kuygandek  bo`ladi.  Bu  hol  ko`pincha  ovqat 

yeganda,  so`zlashganda  kuchayadi.  Tilning  yuzaki  ko`rinishida  aytarli 

o`zgarish  sezilmasa-da,  diqqat  bilan  nazar  solganida  xiyol  qizarishlik 

qayd  etilishi  mumkin.  Bunday  xastalikka  odamning  asab  tizimi,  me`da-

ichak,  qon  kasalliklari  hamda  modda  almashinuvining  buzilishi  sabab 

bo`lishi mumkin. 



Glossit.  Bu,  tilning  yallig`lanishi  bilan  bog`liq  kasallik  bo`lib, 

aksariyat  yemirilgan  tishning  o`tkir  zirxlari  tegib  chaqa  bo`lganda,  tish 

protezi  noto`g`ri  tayyorlanganda,  til  kuyganda  sodir  bo`lishi  mumkin. 

Tilning  shishishi,  ta`m  bilish  sezgisining  pasayishi,  ovqat  chaynaganda, 

gaplashganda,  tilda  noxush  og`riq  paydo  bo`lishi  kasallikning  o`ziga  xos 

belgilaridan hisoblanadi. 




28 

 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling